www.ziyouz.com kutubxonasi
82
Stendal mamnun holda xo‘rsinib qo‘ydi va ko‘zlarini yumdi. So‘nggi g‘ishtni qaladi-da, bosib, zichlab
qo‘ydi.
— Reguiescat in pace, aziz do‘stim!
U tezgina mag‘oradan chiqib ketdi.
Yarim tunda soatlar dastlab bong urganda, uyning yettita zalida hamma narsa sukunat qo‘yniga
g‘arq bo‘lgandi.
Qizil O’lim paydo bo‘ldi.
Stendal bir lahza eshik tagida to‘xtab qoldi, yana bir karra hamma narsaga ko‘z yugurtirib chiqdi.
Uydan yugurib chiqdi-da, handaq orqali vertolet kutib turgan joyga shoshildi.
— Tayyormi, Pays?
— Tayyor.
Ular jilmaygancha ulug‘vor binoga qarashdi. Xuddi zilzilada bo‘lganidek, uy o‘rtasidan eriy boshladi
va bu ajoyib manzaradan zavqlangan Stendal orqa tomonda turgan Payksning past ovozda xirgoyi
qilib aytgan so‘zlarini eshitdi:
— “... ko‘z oldimda qudratli devorlar nurab tushdi va ag‘anadi. Bamisoli minglab sharsharalar kabi
anchagacha guvillagan ovoz chalinib turdi va chuqur qora qo‘ltiq Esherlar Uyi xarobalari uzra unsiz va
tund bir holda ko‘zdan yo‘qoldi”.
Vertolet g‘arb tomonga yo‘l olgancha biqirlab qaynayotgan ko‘l uzra uchib borardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |