Avgust 2005
KYeKSA ODAMLAR
Va nihoyat, — xuddi kutilganidek — Marsga keksa odamlar kelib qo‘na boshladi: ular hayqiroq
kashshoflar, nozik didli shubhaparastlar, ustasi farang musofirlar, pok rizq qidirgan xayolparast voizlar
solgan izdan yo‘lga tushgan edilar. Adoyi tamom bo‘lgan va ojiz odamlar, qiladigan bor-yo‘q ishlari o‘z
yuraklariga quloq solishu, o‘z tomirlarini paypaslab bo‘lgan odamlar, tishsiz og‘izlari bilan suyuq dorini
tinimsiz yutadigan odamlar, ilgari noyabrda umumiy vagonda Kaliforniyaga, aprelda esa uchinchi toifa
paroxodda Italiyaga yo‘l oladigan bu jonli xilqatlar, bu mushtdek-mushtdek xilqatlar ham nihoyat
Marsda paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |