www.ziyouz.com kutubxonasi
79
Payks bosh irg‘adi.
— U o‘zining o‘rniga robotni yuboribdi. Men uni axlatkuydirgichni tozalayotganimda topib oldim.
Ikkalasi shubhali murvatlarga qaradi.
— Bu har daqiqada politsiya bostirib kelishi mumkin deganini bildiradimi? — dedi Payks. —
Rejalarimiz barbod bo‘ldi.
— Bu ma’lum emas, — Stendal aylanib yurgan sariq, ko‘k, qizg‘ish odamlarga qaradi. Musiqa keng
va g‘uborli zallardan uzoq-uzoqlarga taralardi. — Garret shaxsan o‘zi kelishiga ishonadigan darajada
ahmoq bo‘lmasam kerak, lekin shoshmang-chi!
— Nima bo‘ldi?
— Hech narsa, aytarli hech narsa yo‘q. Garret bizga robotni yuboribdi, ammo biz ham shunday
qaytardikki, agar u juda ham sinchkovlik bilan qaramaydigan bo‘lsa, bizning firibimizni payqamasligi
hech gap emas.
— Bo‘lmasa-chi!
— Yanagi safar u o‘zi keladi. Endi u unga hech narsa xavf solmasligiga ishonadi. O’z odamingiz
bilan uni har daqiqada kutib turing! Sharobdan yana oling, Payks!
Katta qo‘ng‘iroq bong urdi.
— O’lay agar, bu o‘sha. Boring, mister Garretni ichkariga olib kiring.
Rapuntsel oltin sochlarini pastga tushirdi.
— Mister Stendalmisiz?
— Mister Garret, haqiqiy Garretmisiz?
— O’ziman. — Garret namiqqan devorlar va chir aylanayotgan odamlarga sinchkovlik bilan nazar
soldi; — o‘zim ko‘ray degan bo‘lsa kerak. Robotlarga ishonib bo‘lmaydi. Boz ustiga, begona
robotlarga. Bir yo‘la men ehtiyotkorlik yuzasidan Buzuvchilarni chaqirdim. Bu maraz maskan
devorlarini buzish uchun ular bir soatdan keyin yetib kelishadi.
Stendal ta’zim qildi.
— Ogohlantirganingiz uchun rahmat. — U qo‘li bilan ishora qilib qo‘ydi: — Hozircha sizni ko‘ngil
ochishga taklif qilaman. Ozgina sharob ketadimi?
— Yo‘q, yo‘q, tashakkur. Nimalar bo‘layapti u yerda? Inson tanazzulining chegarasi qaerda?
— O’zingiz amin bo‘lasiz, mister Garret.
— Tubanlik, — dedi Garret.
— Eng jirkanch tubanlik, — tasdiqladi Stendal.
Qaerdadir ayol chiyilladi. Pishloqdek oppoq miss Paup yugurib kelardi.
— Shunday narsa yuz berdiki, aytishga tilim bormaydi! Ko‘z oldimda maymun miss Blantni bo‘g‘di
va mo‘riga itarib yubordi.
Ular quvurga qarashdi va pastda osilib turgan uzun sariq sochlarni ko‘rishdi. Garret qichqirib
yubordi.
— Dahshat! — cho‘qinib dedi miss Paup. U birdaniga tildan qoldi, ko‘zlarini pirpiratdi-da, o‘girildi:
— Miss Blant!
— Ha, — miss Blant uning yonida turardi.
— Axir men sizni hozirgina pechka quvuri ichida ko‘rgan edim-ku!
— Yo‘q, — kuldi miss Blant. — Bu robot edi, mening nusxam. Mohirona ko‘chirma!
— Lekin, lekin...
— Yoshlaringizni arting, jonginam. Men soppa-sog‘man. O’zimga qarashimga ruxsat bering. Mana,
men qaerda ekanman! Ha, mo‘rida xuddi siz aytgandek. G’aroyib-a, to‘g‘rimi?
Miss Blant kulgancha u yerdan ketdi.
— Ichasizmi, Garret?
— Ichganim bo‘lsin. Sal asabiylashdim. Ey xudo, bu qanaqa joy bo‘ldi-a. Faqat buzib tashlashga
yaraydi, xolos. Menga qolsa bir lahzada... — Garret Sharobni sipqordi.
Yangi qichqiriq. Mister Steffensning yelkasida zinadan pastga qarab to‘rtta oq quyonni olib kelar
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |