www.ziyouz.com kutubxonasi
76
— Tayyordir, Payks?
Payks nigohini stoldan oldi.
— Ha, ser.
— A’lo ish.
— Tekin nonni yemaymiz, mister Stendal, — past ovozda javob berdi Payks; robotning qayishqoq
qovog‘ini ko‘tardi-da, unga shisha ko‘z olmasini solib qo‘ydi va unga kauchuk mushaklarini chaqqonlik
bilan yopishtirdi. — Shunday...
— Quyma, mister Garret.
— Qiziq, siz uni nima qilasiz, ser? — Payks boshini irg‘ab chinakam o‘lik Garret yotgan tosh plita
tomonni ko‘rsatdi.
— Yaxshisi kuydirish-da, Payks. Bizga ikkita mister Garretning nima keragi bor.
Payks Garretni g‘ishtin axlat kuydirgich oldiga sudrab bordi.
— Yaxshi qoling.
U mister Garretni ichkariga itarib yubordi-da, eshikni yopdi.
Stendal robot Garretga yuzlandi.
— Vazifangiz sizga aniqmi, Garret?
— Ha, ser. — Robot gavdasini ko‘tarib o‘tirib qoldi, — men Axloq Iqlimi Boshqarmasiga qaytib
borishim kerak. Qo‘shimcha ma’ruzani taqdim etishim kerak. Operatsiyani kam deganda 48 soatga
cho‘zishim kerak. Men yanada batafsilroq tadqiq o‘tkazishim kerakligini aytishim kerak.
— To‘g‘ri, Garret. Muvaffaqiyat tilayman.
Robot shoshilib Garretning raketasi oldiga o‘tdi, unga chiqda-da, parvoz qilib ketdi.
Stendal burilib qaradi.
— Xo‘sh, Payks endi bugungi oqshomga qolgan taklifnomalarni tarqatamiz. O’ylaymanki, yaxshi
bo‘ladi. Siz nima deysiz?
— Agar 20 yil kutganimizni hisobga olsak, hattoki juda yaxshi bo‘ladi.
Ular bir-biriga ko‘z qisib qo‘ydi.
Soat rosa 7. Stendal soatiga qaradi. Endi ko‘p qolgani yo‘q. U o‘rindiqda o‘tirgancha qo‘lidagi
xeresli qadahni aylantirar edi. Ularning ustida, dub to‘sinlar oralig‘ida ko‘zlarini yiltillatib nozikkina mis
suyakli rezina terili ko‘rshapalaklar chiyillardi. U ko‘rshapalaklarni olqishlagancha qadahni ko‘tardi.
— Muvaffaqiyatimiz uchun!
U o‘zini orqaga tashladi, ko‘zlarini yumdi va hammasini xayolan bir boshdan tekshirib chiqdi.
Qariganida bir ko‘nglini bo‘shatib oladi... Adabiyotni qatag‘on qilgani uchun, gulxan uchun bu
antiseptik hukumatdan qasos oladi. Yillar g‘azab to‘planib keldi, nafrat to‘planib keldi... va karaxt
bo‘lgan qalbi tubida zimdan, asta-sekin fikr pishib yetila boshladi. U Payksni uchratgan o‘sha uch yil
oldingi vaqtgacha shunday bo‘lgan edi.
Ha, aynan Payksni. Shafqatsiz yuragi achchiq ishqorga to‘ldirilgan qing‘ir qora quduqdek bo‘lib
qolgan Payksni. Payks kim o‘zi? Ularning ichidan eng ulug‘i, tamom-vassalom! Payks — minglab
murtaklar, tutun, moviy tuman, oq yomg‘ir, ko‘rshapalak, darrandani o‘zida mujassam qilgan odam,
mana Payks kim! “Lon Chenidan yaxshiroq patriarxmi?” — o‘zidan so‘radi Stendal. Qadimgi filmlarda
ko‘rgan Cheni, qatorasiga bir necha oqshom tomosha qilgan edi... Ha, Chenidan yaxshiroq. Boshqa
keksa aktyordan ko‘ra yaxshiroq — anovi Karloff degani bor-u, o‘shandan ancha-muncha yaxshi!
Lyugosi-chi? Unga qiyoslab bo‘lmaydi! Payks — yagona, qiyosi yo‘q. Nima bo‘pti: uni talon-toroj
qilishdi, to‘qimalar huquqini olib qo‘yishdi, hech yoqqa borolmaydi, birovga dardini aytib sololmaydi.
Hatto o‘zi uchun ko‘zgu oldida o‘ynashni ham taqiqlab qo‘yishdi!
Sho‘rlik Payks — aql bovar qilmas, qurolsizlantirilgan Payks! Sening filmlaringni musodara qilgan,
xuddi kinokameradan tasma halqasini sug‘urgandek qorningdan ichak-chavoqlaringni sug‘urib olgan,
g‘ijimlagan, pechkaga tashlagan, yoqib yuborgan o‘sha oqshomda sen nimalarni his qilgan eding! Ellik
ming kitobni boy berib, evaziga hech narsa olmaganing senga og‘ir botgan edimi? Ha, ha. Stendal
azbaroyi g‘azabdan qo‘llari muzlab ketayotganini his qildi. Bir kuni — bundan ham tabiiyroq bo‘lishi
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |