Aprel 2005
EShYeR II
“Bugungi xira, qorong‘i, sas-sadosiz kuz kunida men otda tanho o‘zim g‘alati cho‘l joyda ketar
edim, osmonda bulutlar qo‘rg‘oshinday og‘ir osilib turar edi va nihoyat yerga oqshom qorong‘iligi
cho‘kib kela boshlaganda Esherning mungli qo‘rg‘oni oldida paydo bo‘ldim...”
Mister Uilyam Stendal kitob o‘qishdan to‘xtadi, ana uning qarshisida, uncha baland bo‘lmagan qora
qir ustida — Qo‘rg‘on va uchli toshga 2005 yil deb o‘yib yozilgan.
Me’mor mister Bigelou dedi:
— Uy tayyor. Kalitni qabul qiling, mister Stendal.
Jim-jit kuzgi quyosh ostida yonma-yon turgancha ular sukut saqlar edilar.
Qarg‘a qanotidek qop-qora maysa uzra ularning oyoqlari ostida chizmalar shitirlar edi.
— Esherlar uyi, — mamnun holda dedi mister Stendal. —Loyihalashtirilgan, qurilgan, sotib olingan,
puli to‘langan. Menimcha, mister Po rosa quvongan bo‘lar edi.
Mister Bigelou qoshini chimirdi.
— Hamma narsa ko‘nglingizdagidekmi, ser?
— Ha!
— Naqshi o‘zidagidekmi? Ko‘rinishi zerikarli va dahshatlimi?
— Haddan tashqari dahshatli, haddan tashqari zerikarli!
— Devorlari tundmi?
— Ajoyib!
— Hovuz yetarli darajada “Qora va ma’yus”mi?
— Aql bovar qilmas darajada qora va ma’yus.
— Terak-chi? U o‘zingiz bilgandek, qurib-qaqshagan va barglari to‘kilgan qilib bo‘yalganmi?
— Nafrat qilar darajada!
Mister Bigelou me’moriy loyiha bilan solishtirib ko‘rdi. U navbatdagi topshiriqni birma-bir aytib
chiqdi:
— Butun ansambl “yurakning muzlatuvchi, lo‘qillatuvchi, simillatuvchi og‘rig‘ini, fikrlardagi noxush
bo‘shliqni” bera oladimi? Uy, hovuz, qo‘rg‘on?..
— Mehnatingizga gap yo‘q, mister Bigelou, qasam ichamanki, qoyil qilgansiz.
— Minnatdorman. Mendan nima talab etilishini mutlaqo bilmas edim. Xudoga shukurki, sizning o‘z
raketalaringiz bor, aks holda zarur jihozlarni bu yerga eltib kelishga hech qachon yo‘l qo‘ymas edilar.
E’tibor qiling-a, bu yerda har doim nimqorong‘ulik, bu puchmoqda har doim oktyabr, qachon
qaramang dashtu biyobon, hayotdan nom-nishon yo‘q, o‘lik. Bu bizdan ozmuncha mehnat talab
qilmadi. DDT dan o‘n ming tonna ketdi. Biz hamma narsani o‘ldirdik, na bir ilon, na bir baqa, na bir
Mars pashshasi qoldi! Abadiy nimqorong‘ulik, mister Stendal, bu mening g‘ururimdir. Pinhoniy
mashinalar quyosh nurini yutadi. Bu yerda har doim “noxushlik”.
Stendal ana shunday san’at bilan yaratilgan noxushlik, qo‘rg‘oshin og‘irligi, nafas bo‘g‘uvchi
bug‘lanishlar, butun “muhit”dan bahra ola boshladi. Uyning o‘zini aytmaysizmi? Sharti ketib, parti
qolgan maskan, dahshatli hovuz, mog‘or, qiyomat-qoyim alomatlari! Sintetik ashyolarmi, yoki shunga
o‘xshagan yana allambalolarmi-ey. Bu yog‘ini o‘zingiz topib olaverasiz.
U kuz osmoniga qarab qo‘ydi. Allaqaerda baland-balandlarda, olis-olislarda quyosh turibdi.
Allaqaerda sayyorada Mars apreli, oltin aprel hukmron, ko‘m-ko‘k osmon. Allaqaerda yuksakliklarda
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |