Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

 
2004-2005 
 
YaNGI NOMLAR 
 
Ular yetib keldilar-da, hayratomuz moviy yerlarni egalladilar va ularga o‘z nomlarini qo‘ydilar. 
Xinkston-Krik daryosi va Lyustig-Korners dalasi, Blek-River daryosi va Driskoll-Forest o‘rmoni, 
Peregrin-Mauntin tog‘i va Uayldertaun shahri paydo bo‘ldi — hammasi odamlar sharafiga va odamlar 
sodir etgan voqealar sharafiga qo‘yilgan nomlar edi. Marsliklar dastlabki yerliklarni o‘ldirgan joyda 
Rettaun shahri paydo bo‘ldi — bu nom qon bilan bog‘liq. Mana bu yerda esa ikkinchi ekspeditsiya 
halok bo‘lgan — nomi ham shundan kelib chiqqan. Ikkinchi urinish; fazogirlar qo‘nayotganda olovli 
snaryadlari bilan yerni to‘zitgan hamma joyda bir g‘aram shag‘aldek otlar, nomlar qolgan; o‘z-o‘zidan 
ma’lumki, Spender-Xill tog‘i va uzun Nataniel-York shahri nomini tashlab o‘tishning iloji bo‘lmagan... 
Ko‘hna Mars nomlari suv, havo, tog‘larning nomlari bo‘lgan. Janubda erigan qorlarning nomlari 
qurigan dengizga borib quyuluvchi kanallarning tosh o‘zanlariga qarab oqqan. Xoki dahmalarda 
yotgan ko‘zboyloqchilarning nomlari, minora va yodgorliklarning nomlari. Raketalar marmarlarni 
tariqday tirqiratgan, ko‘hna shaharlar nomlari yozilgan chinni idishlarni chil-chil qilgan ko‘yi xuddi 
bolg‘alarga o‘xshab mana shu nomlar ustiga yopirilib tushgan va singan buyumlar g‘arami uzra yangi 
nom ko‘rsatkich taxtachalari qad ko‘tardi: Ayron-Taun, Stiltaun, Alyuminium-Siti, Elektr-Rik-Villedj, 
Korntaun, Greyn-Villa, Detroyt II — Yerdan kelgan tanish mexanik, ma’dan nomlari. 
Shaharlar qad ko‘targanda esa, qabristonlar paydo bo‘ldi. Ularga ham nomlar qo‘yildi: Yashil 
Burchak, Oq To‘slar, Tinch, Adr, Biroz Dam Ol — dastlabki marhumlar o‘z qabrlariga kelib yotdilar... 
Hamma narsa ipga tizilgandek orasta bo‘lgach, hamma narsa risoladagidek o‘z joyiga tushgach, 
shaharlar mustahkam o‘rnashib oldi va xilvat joyni topishning endi iloji bo‘lmay qoldi — shundagina 
Yerdan tajribali va bilag‘on odamlar kela boshladilar. Ular mehmonga va ta’tilga kelar edilar, sovg‘alar 
sotib olgani va rasmga tushgani kelar edilar — “Mars havosidan nafas olgani”, — ular tadqiqot ishlari 
olib borgani va ijtimoiy qonunlarni hayotga tatbiq etgani kelar edilar; ular o‘zlari bilan yulduzlarini, 
unvonlarini, qoida va nizomlarini olib kelar edilar, Yerni chirindi axlatdek qoplab olgan to‘rachilik 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
urug‘larini olib kelishni ham unutmagan edilar va ularni Marsda unishi mumkin bo‘lgan har qanday 
joyga eka boshladilar. Ular turmush va axloq qonunchilari bo‘ldilar; pand-nasihat va o‘gitlardan 
qulog‘i tinchishi uchun Marsga ko‘chib kelgan odamlarni iymon yo‘liga boshqarishga, undashga va 
turtishga tirishdilar. Shunisi qiziqki, bu narsa ushbu odamlardan birontasiga zarracha malol 
kelmayotgandi. 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish