www.ziyouz.com kutubxonasi
78
Kurash Jamiyatining a’zolari, eski bayramlar — “barcha muqaddas bayramlar” va “Gay Foksni man
qiluvchilar” bilan kurashuvchilar, ko‘rshapalaklarning qotillari, kitoblarga qiron keltiruvchilar,
mash’albozlar; barchalari hech bir istisnosiz odamlarga Marsga birinchi bo‘lib oddiy, dag‘al yo‘llar bilan
uchib kelish, marsliklarni go‘rga tiqish, manzilgohlarni ifloslardan tozalash, shaharlar qurish, yo‘llarni
ta’mirlash va umuman turli-tuman tartibsizliklarni bartaraf etish imkonini taqdim etgan odobli va
axloqli, vijdoni pok fuqarolar. Keyin esa, Xavfsizlik mustahkam qaror topgandan so‘ng bu Quvonch
G’oratgarlari, bu qon o‘rniga formalinli va yodli nastoyka rangli ko‘zi bor nusxalar o‘zlarining Axloq
Iqlimini ko‘chat qilib o‘tqazish va barchaga muruvvat ila saxovat ulashish uchun paydo bo‘ldilar.
Ularning barchasi esa — uning do‘stlari! Ha, ha, o‘tgan yili Yerda u ehtiyotkorlik va o‘ta tavoze bilan
ularning har biri bilan tanishgan, har biriga o‘z mavqeini ko‘z-ko‘z qilgan edi.
— Bepoyon O’lim ma’vosiga xush kelibsizlar! — qichqirdi u.
— Menga qarang, Stendal! Bu nima degan gap?
— Hali ko‘rasizlar, hammangiz yechiningiz! Anavi yerda hujralar bor. U yerda tayyorlab qo‘yilgan
liboslarni kiyinglar, erkaklar bu tarafga, ayollar u tarafga.
Mehmonlar bir oz taraddudlangancha turib qoldilar.
— Bilmadim, bu yerda qolsak qalay bo‘larkin, — dedi miss Paup. — Bu yer menga yoqmayapti. Bu
yerda kufrning hidi kelayapti.
— Hech narsa qilmaydi, bor-yo‘g‘i libos bayrami!
— Bular bari qonunga qarshi emasmikan deb qo‘rqaman. — Mister Steffens ehtiyotkorlik bilan
burnini tortib qo‘ydi.
— Bas! — kulib yubordi Stendal. — Bir gal quvnasangiz quvnabsiz-da. Ertaga hammasi ostin-ustin
bo‘ladi. Hujralarga tarqalinglar!
Uyda hayot qaynab, borliq yashnab ketdi, burro-burro hazil so‘zlari yangradi, oq sichqonlar
mittigina cho‘plari bilan mittigina g‘ijjaklarini ishqalayotgan pakanalarning navosi ostida mitti kadrilga
raqs tushar, qurum bosgan to‘sinlar ostida bayroqchalar hilpirar va ko‘rshapalak galalari muzdek,
serkayf, ko‘pikli Sharob purkayotgan jag‘lari keng ochiq o‘laksaxo‘rlar yonida charx urib uchar edilar.
Libosli ayyomning barcha yetti zalidan o‘tib, ariqcha jildirardi. Mehmonlar o‘zlarini shunga tashlashdi
va qarasalarki, bu Xeres arig‘i ekan! Maskarad dominosiga yashiringan yelkalaridan yillarni itqitib
tashlab, mehmonlar kabinalardan otilib chiqdilar va ular kiyib olgan niqoblar ularning xayolot va
dahshatlarni muhokama qilish huquqidan mahrum etdi. Qip-qizil libosli ayollar charx urib aylanar va
xandon tashlab kular edilar. Erkaklar ularning ortidan yaltoqlanib ergashardilar. Devorlarda
allakimlarning soyalari suzardi, unda-bunda hech nimani aks ettirmaydigan ko‘zgular osig‘liq edi.
— Bizlar barimiz qonxo‘rlarmiz! — kuldi mister Fletcher. — O’liklarmiz.
Har biri boshqa rangdagi yettita zal: biri moviy, biri qirmiziy, biri yashil, biri pushti, yana biri oq,
oltinchisi binafsharang, yettinchisiga qora baxmal qoplangan. Qora zalda ebent qirg‘oqlari bo‘g‘iq
zang chaldi. Zaldan-zalga, xayoliy robotlar o‘rtasida, Sonyalar va tentak lyapniklar, Troyalyalar va
Ulkanlar, Qora Mushuklar va Oq Qirolichalar o‘rtasida shirakayf mehmonlar gandiraklar edilar va
ularning chalkash oyoqlari ostida pol og‘ir va bo‘g‘iq g‘ichirlar edi, go‘yo ular ostiga yashiringan yurak
o‘z hayajonini tutib turolmayotgandek.
— Mister Stendal!
Shivirlab...
— Mister Stendal!
Ularning yonginasida O’lim niqobidagi dahshatli darranda turardi. Bu Payks edi.
— Biz xilvatda gaplashib olishimiz kerak.
— Nima gap?
— Mana. — Payks unga qoq suyak qo‘lini uzatdi. Uning qo‘lida bir hovuch eritilgan, qoraygan
halqachalar, gaykalar, murvatlar, boltlar bor edi.
Stendal ularga uzoq qarab qoldi, so‘ng Payksni yo‘lakka boshlab ketdi.
— Garretmi? — so‘radi u shivirlab.
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |