STENDALNING QIZILVA QORA RAMONIDA SOREL OBRAZI
REJA;
Stendal
Qizil va Qora ramoni
Sorel obraziga
Stendal (Stendhal) (taxallusi; asl ism-sharifi Anri Mari Beyl) (1783.23.1, Grenobl 1842.23.3, Parij) — fransuz yozuvchisi. Advokat oilasida tugilgan. 1799 yilda harbiy vazirlik xizmatiga kirgan, Napoleon I armiyasida xizmatda boʻlgan (1806—14). Soʻng Italiyaga kelib, J. Bayron bilan tanishgan. Italyan romantiklarining "Conciliatore" ("Yarashtiruvchi") jurnali bilan hamkorlik qilgan. 1815 yildan boshlab S.ning dastlabki asarlari eʼlon qilina boshlagan. Bu asarlardagi respublikachilik ruhi va cherkov shaʼniga aytilgan nomunosib soʻzlar Avstriya politsiyasida S.ga nisbatan shubha uygʻotadi. Hayoti xavf ostida qolgan S. 1821 yilda Parijga qaytib, maqolalar yozadi, romantizm haqidagi munozaralarga kirishadi va publitsistik risolalar eʼlon qiladi. 1830-yil Iyul inqilobidan keyin S. dastlab Triyestda, soʻngra Rim yaqinidagi bir shaharchada fransuz konsuli lavozimida xizmat qiladi. S. Hayotining bu shaharchadagi soʻnggi 10 yili qizgʻin ijod bilan kechadi. S. ijodi 18—19-asrlarning tutash nuq,tasida boshlanganiga qaramay, u imperiya qalokatga uchragunga qadar xavaskor yozuvchi darajasidan yuqori koʻtarilmadi. 1814 yildan Tiklanish (Restavratsiya)ning soʻngiga qadar boʻlgan davrda S.ning ijtimoiyfalsafiy va adabiyestetik qarashlari uzilkesil shakllandi. U shu davrda "Gaydn, Motsart va Metastazio hayoti" (1817), "Italiyadagi rang-tasvir tarixi", "Rim, Neapol va Florensiya" (1817), "Muhabbat toʻgʻrisida" (1822), "Rossini hayoti" (1824), "Rasin va Shekspir" (1823—25), "Rim boʻylab sayr" (1829) singari publitsistik, falsafiypsixologik, shuningdek, sanʼat haqidagi asarlari va yoʻl xotiralarini eʼlon qildi. U qariyb 30-yil davom etgan tayyorgarlikdan keyin yirik badiiy asarlar yozishga kirishib, "Armans" (3 j.li, 1927), "Kizil va kora" (1831), "Parma ibodatxonasi" (1939) romanlari, "Vanina Vanini" (1829) xikoyasi, "Vittoriya Akkoramboni", "Chenchi" (1837), "Gersoginya Palliano" (1838) va "Kastrolik abbatisa" (1839) singari yoʻl xotiralarini yaratdi. Bundan tashkari, S. shu davrda "Xudbinning xotiralari" (1832) va "Anri Bryular hayoti" (1835) avtobiografik kissalari, "Lyusyen Leven" (1834—36), "Lamyel" (1839—42) romanlari, "Minna Vangel" (1829—36) qissasi va boshqa asarlarini yezdi.
Tanqidiy realizmning shaxsga tarixiylik prinsipi asosida yondashish, voqealar va harakterlarning haqqoniyligiga erishish, xulqatvorlarni sinchkovlik bilan oʻrganish, ongshuur harakatini taxlil etish haqidagi talablari S. realizmining asosini tashkil etadi. S. "Armans" romanida shu prinsiplarga amal qilishga uringan boʻlsada, bu prinsiplar yozuvchining shoh asari — "Kizil va kora" romanida oʻzining mukammal ifodasini topgan.
"Kizil va kora" romani S. ning yuksak mahorati bilan 19-asrning taeutiliy xronikasi darajasiga koʻtarildi. Asarda "salon hayotidan koʻrinishlar"gina emas, balki Tiklanish davridagi qariyb butun Fransiyaning hayoti oʻz aksini topgan. S. Jyulyen Sorel obrazini yaratish orqali fransuz jamiyatining ijtimoiy tabiatini va bu jamiyatda kechgan kurashni katta badiiy kuch bilan koʻrsatgan. S.ning tugallanmay qolgan "Lyusyen Leven" romanida esa Iyul monarxiyasining dastlabki yillaridagi siyosiy-ijtimoiy va xususiy hayotning keng manzarasi tasvirlangan. S. ijodi fransuz adabiyotining keyingi taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi va jagʻon miqyosida shuhrat qozondi. S.ning tasvirlash maxrrati, jamiyat hayotini badiiy taxlil kilish sanʼati romandan romanga oʻsib boradi. S. adabiyotshunoslik, sanʼat tarixi, falsafa va psixologiya masalalariga oid asarlar ham yaratgan. Uning asosiy asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida sinfiy ziddiyatlar kuchaya boshlandi. Eng yangi davr chet el adabiyotidagi adabiy oqim – tanqidiy realizm sanaladi. Bu oqim Stendal, Balzak, Dikkens va boshqa adiblarning asarlarida o`z aksini topdi. Zolya, Mopassan va Frans (Fransiya), Gardi, Shou, Uells, (Angliya), G.Mann, T.Mann (Germaniya), M.Tven va J.London (Amerika Qo`shma Shtatlari) dandir.
Emil Zolya 1840-1902-yillarda yashab ijod etdi. Yozuvchi “Ninon ertaklari”, “Klotning tavbasi”, “Marsel sirlari” va boshqa romanlarni yaratdi. “Tereza Raken” asarining muqaddimasida Zolya o`zining ilmiy romanlarida xarakterlarni emas, balki tiperamentlarni o`rganish haqida so`z yuritadi. Naturalizm adabiyoti Zolyaning eksperimental roman “Romanist naturalistlar”, “Naturlizm teatri” maqolalarida to`la bayon qilingan.
Zolya hayotining so`nggi yillarida yangi seriyadagi romanlari “Uch shahar” trilogiyasi va “To`rt injil” shaklidagi asarlarni yaratdi. Yozuvchining “Rugon Makkarlar” romani 20 ta qismdan iborat. “Bir oila misolida qon va muhit masalalarini tekshirish”, “Davlat tuntarishidan boshlab, hozirgi kungacha bo`lgan butun imperiya hayotini tasvirlash” masalalarini qo`ydi. Zolya “Rugonlar mansabi” romanida bir kichik shahardagi hayot misolida ikkinchi imperiya tartiblariga qarshi kurashlarni aks ettiradi.
Gi de Mopassan 1856-1893-yillar yashab ijod etdi. Mopassan Normandiyada kambag`allashib qolgan eski dvoryan urug`iga mansub oilada tug`ilgan. Mopassan juda yoshligidan she’r va hikoyalar yozishga kirishgan. Nozik ditli onasi ulug` yozuvchi Flover uning ijodi bilan qiziqqan. Mopassan ilk asarlarini nashr qildirishga shoshilmagan. Uning “Do`ndiq” hikoyasi Mopassan ijodining ikkinchi davri boshlanganligini ko`rsatadi.
Mopassanning “Hayot”, “Azizim” romanlari yozuvchi ijodining ma’rifatchilik g`oyalari tasvirlanganligi bilan xarakterlanadi. Mopassan ijodiga Turgenev, Tolstoy, Chexov va boshqa yozuvchilar yuksak baho berganlar.
Fransuz ishchilar sinfining adabiyotda inqilobiy ruhda aks etishi yuzaga keldi. Parij kommunasi o`z ichidan proletariatning istak orzularini ifodalagan Ejen Pote, Luiza Mishel, Lion Kladel kabi shoir va yozuvchilarni yetkazib chiqardi. Parij kommunasi adabiyotida sharafli o`rinni egallagan san’atkorlardan biri Ejen Potedir. 1816-1887-yillar Fransiyada yashab ijod etgan. “Internatsional” qo`shig`i Yevropaning barcha tillariga va boshqa tillarga tarjima qilingan.
XX asr boshlariga kelib, Amerika ijtimoiy hayotida katta o`zgarishlar ro`y berdi. Amerikaning o`ziga xos taraqqiyot yo`li bor. U yerda hamma uchun borabar imkoniyatlar mavjud. Adabiy taxallusi Mark Tven bo`lgan Semyuel Lengxorn Klemens Amerika demoktarik adabiyotining yirik vakili bo`lgan. Mark Tven Missisipi daryosida kemada ishlaydi. Ushbu laqabni olishi ham shu davrga to`g`ri keladi (ikki dengiz o`lchovi-yo`l yaxshi, degan ma’noni bildirar edi). Yozuvchining “Xitoylikning xati”, “Kalaverasidan chiqqan mashhur sakrab yuruvchi qurbaqa”, “Tennesiyada jurnalistika” kabi yumoristik hikoyalar yaratgan. Mark Tven tarixiy mavzudagi romanlardan biri “Shahzoda va gado” yaratdi. Yozuvchining “Qirol Artur saroyidagi Konnektikutlik Yanki” tarixiy fantastik roman yozdi.
Amerika realistik hayotining mashhur vakillaridan biri Jek Londondir. J.London 1876-1916-yillar yashab ijod etdi. J.London ijodi shimol hayotidan olib yozilgan “Yo`ldagilar sharafi uchun”, “Oq sukunat”, “Bo`rivachcha”, “Qirq mil narida” va boshqa hikoyalarni yaratdi. J.London “Martin Iden” romanida xalq ichidan chiqqan qahramonning aqliy va jismoniy jihatdan kuchli bo`lgan matros yigit Martin Iden tasvirlanadi. Martin Iden badavlat Morzlar saroyida tasodifan bo`lgan vaqtda dastlab shoshib qoladi. Iden Morzning xotini tamagir bir ayol ekanligining shohidi bo`ladi.
Teodor Drayzer 1871-1945-yillar XX asrning birinchi yarmi Amerika adabiyotining yirik yozuvchisi bo`ldi. Drayzer “Baxti qaro Kerri” romanining qahramoni kambag`al fermer qizi Korolina Miberni bo`lgan. Yozuvchining “Jenni Gerxard”, “Istak trilogiyasi” va boshqa asarlari jahon tillariga tarjima qilingan.
Ernest Heminguey ijodining ahamiyati. Ernest Xeminguey 1899-1961-yillarda yashab ijod etdi. Amerikaning Ouk-park shahrida tug`ilgan. Yozuvchi “Bizning zamonda” kitobida Nik Adamsning yoshligi, sevgisi va oilasi haqida hikoya qilsa, qonli urush voqealarini unga qarshi qo`yadi. “Alvido, qurol” romani yozuvchi ijodida alohida ajralib turadi.Asarda yozuvchi urush qabohatlariga shaxsiy hayotni qarshi qo`yadi. Genri Ketrin Barkliga bo`lgan urush dahshatlaridan ham qutulishga intiladi.
“Chol va dengiz” 1952-yil yozilgan. Asar qahramoni Santyago baliq oviga boradi. Lekin to`riga hech qanday baliq tushmaydi. Cholga bir to`da baliq xujum qiladi. Lekin Santyago sarosimaga tushmay baliqlar bilan kurashini davom ettiradi. Chol bir akulani o`ldirgandan so`ng ikkinchisi unga tashlanadi. Uning pichog`i sinib qoladi. Qiyinchilik bilan unga qarshi kurashadi. Chol Santyago qirg`oqqa borganda kurashgan baliqlarining faqatgina suyagi qolgan bo`ladi. Bu orqali yozuvchi chol Santyagoning yolg`iz emasligi va uning irodasini bukib bo`lmasligiga ishora qilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |