Anatomiya fanining rivojlanish tarixi eramizdan oldingi uzoq o`tmishga borib ta‘qaladi. Qadimda diniy
aqidalarga ko`ra murdani кеsib o`rganish gunoh sanalib bu usul bilan odam tuzilishini o`rganishga
intilganlar o`lim jazosiga hukm etilgan.
Eramizdan oldingi XX asrda yashagan hind tabibi Bxaskara Bxatshe «Anatomiya targ`iboti» asarida
a‘zolar, muskullar, qon tomirlar, nervlar to`g`risida yuzaki ma‘lumotlarni to`plagan.
Anatomiyaning asosiy rivojlanish davri qadimiy yunonlar mamlakatida boshlanib Gippokrat, Pifogor,
Arastu, (Aristotel) kabi allomalar tarbiyalangan maktablar tashkil etilgan.
Buqrot (Gippokrat) – eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashab, tibbiyot sohasida o`zigacha bo`lgan
ma‘lumotlarni to`plagan, kuzatish va tekshirishlari asosida 72 ta asr yozgan yurak- qon tomirlar tuzulishi
to`grisida ma‘lumot bergan.
Arastu (Aristotel)- eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashab, nervlar paylardan farqi borligini aorta qon
tomiri yurakdan boshlanishini aniqlagan atoqli olim anatom, faylasufdir.
Gerofil – eramizdan oldingi 300 yillarda yashagan.Ichki a`zolarni kesib o`rgangan,harakatchan va
sezuvchi nervlarni aniqlagan.
Jolinus Hakim (Klavdiy Galen) (130-210)- anatomiya, fiziologiya falsafa va biologiyani mukammal bilgan.
U suyaklar muskullar bosh va orqa miya anatomiyasini o`rgangan.
Jolinus hxayvonlar yuragi va qon tomirlarini o`rganib arteriyalarda havo emas balki qon oqishini birinchi
bo`lib isbotlagan. U davrda murdani yorib odam anatomiyasini o`rganish mumkin bo`lmaganligi uchun
odam a‘zolarining tuzilishini hayvonlarda o`rganishga majbur bo`lgan, shu tufayli uning anatomik
ma‘lumotlarida ayrim xatoliklar bo`lgan.
Abu Ali ibn Sino (930-1037) – Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog`ida tug`ilgan. Dastlabki bilimni
Buxoroda olib 17 yoshlik chog`idayoq fanlarni mukammal bilgan. U Xorazm va Eronda saroy tabibi bo`lib
xizmat qilgan. Ibn Sino yuzdan ortiq asar yaratgan, bulardan eng yirigi – «Tib qonunlari» besh jildli bo'lib
birinchi tomi anatomiya va fiziologiyaga bag`ishlangan. Ushbu kitobga tibbiyot sohasidagi dunyoda
bo'lgan barcha ma‘lumotlarni to'plabgina qolmasdan o'z tekshirishlari va tushunchalari bilan fanni
yanada boyitgan. Kitob turli tillarda qayta-qayta nashr qilingan bo'lib tibbiyotda asosiy qo`llanma sifatida
hanuzgacha xizmat qilmoqda.
Ibn Sino organizmni o'rganishda odam konstitutsiyasiga birinchi bo'lib e’tibor berdi. «Tib qonunlari»
kitobida ichki kasalliklar, xirurgiya farmakologiya gigiyena va tibbiyotning boshqa qismlari to`grisida
batafsil ma‘lumotlar berilgan. «Tib qonunlari» o`zbek tilida birinchi marta 1954-1956 yillarda Toshkentda
bosilib chiqqan.
Vilyam Garvey (1578-1657)- anatom va fiziolog bo`lib o`z kuzatish va tajribalari asosida 1626 yilda e‘lon
qilingan «Hayvonlarda yurak va qon harakati to`grisida anatomik tekshirishlar» degan ilmiy asarida katta
va kichik qon aylanish doiralarini birinchi marta ilmiy ravishda isbotlab bergan.Garviy qonni arteriyadan
venaga ko`zga ko`rinmaydigan mayda tomirchalar orqali o`tadi deb taxmin qilgan.
M. Malpigi (1628-1694) arteriya bilan venani bir biriga qo`shib turadigan kapillyarlar borligini mikroskop
ostida ko`rib isbotladi.
Fredrik Ryuish (1638-1731)- qon tomirlariga rangli moddalar yuborib o`rgangan va preparatlar
tayyorlangan.
XII-XIII asrlarda ya‘ni uyg`onish davrida anatomiya faniga qiziqish Italiyada, keyin Fransiyada ochilgan
tibbiyot maktablarida yangitdan boshlandi. Olimlar talabi bilan har besh yilda bir marta murdani ochib
o`rganishga ruxsat berilgan.Natijada,dunyoda birinchi bo`lib Mondino da Lyutsi 1326 yilda ikki murdani
o`rganib, olingan ma‘lumotlar asosida anatomiya darsligini yozdi.
Leonardo da Vinchi (1452-1519)- Italiyalik rassom, matematik, injiner va faylasufdir, u 30 dan ortiq
murdalarni kesib o`rgangan va a‘zolar rasmini chizib chiqqan. U dunyoda birinchi bulib muskillarning
ishlash dinamikani o`rganib, shu bilan plastik anatomiyaga asos solgan.
Andrey Vezaliy (1514-1564) – «Anatomiya jadvallari» atlasini va «odam tanasining tuzilishi to`grisidagi
yetti kitob» ni yozdi.
Gabriel Fallopiy (1523-1562) tarixda birinchi bo`lib kalla suyaklarining tuzilishi va taraqiyoti, muskullar,
jinsiy a‘zolar, bachadon nayi, eshitish va ko`rish a‘zolarini o`rganib «Anatomik kuzatishlar» kitobini
yozgan.
B. Evstaxiy (1510-1574) – Vezaliyning anatomiyadagi ayrim xatolarini to`g`riladi. U tishlar, buyraklar,
eshitish a‘zolarini o`rganib birinchi marta halqum bilan o`rta quloq bo`shlig`ini qo`shib turuvchi eshitish
yo`lini aniqladi. Kuzatishlar asosida 1714 – yilda «Anatomiya qo`llanmalari» asarini nashr ettirdi.
I. Purkin`e (1787-1869) suyak hujayralari, yurak muskullaridagi alohida o`tkazish tolalari, nerv
tolalarining mikroskopik tuzilishini o`rganadi.
Rossiyada XVII- asrgacha vrachlar chetdan taklif etilib, faqat imperator saroylaridagina xizmat qilganlar.
Ammo XVII asrning o`rtalarida toun epidimeyasi Moskvada birinchi tibbiyot maktabining (1654 yil)
ochilishiga sabab bo`lgan.
Pyotr 1 Peterburg va Kronshtadtda, keyinchalik boshqa shaharlarda ham harbiy gospitallar qoshida
tibbiyot maktablari ochtirgan va brinchi navbatda odam anatomiyasi fani bilan shug`ullanishni da`vat
etgan.
Pyotr 1 ning tashabussi bilan Peterburgda tibbiyot akademiyasi tashkil etilgan. Akademiyaga ishlagan
olimlardan biri M. V. Ломоnоsов (1711-1765) nervizm g`oyalarini targ`ib etgan anatomiyani o`rganishga
davat etgan vа tabiyatshunoslik faniga asos solgan olim bo`lgan. Uning tashabbusi bilan ochilgan
universitet qoshida tibbiyot fakulteti bo`lgan.
N. I. Pirogov (1810-1881) – rus harbiy- dala jarrohligining asoschisi va topograf anatomidir. U odam
organizmidagi a‘zolarni muzlatib, qotirib, qavatma- qavat qilib kesib o`rgangan. Fassiyalar, muskullar va
qon tomirlarni o`rgandi va “Muzlatilgan murdalarni arralab o`rganilgan topografik anatomiya” atlasini
(1859yil) yozdi.
V. I. Bets (1834-94) Kiyev unevirsiteti proffesori, anatom.U bosh miyaning po`stloq qavatini, buyrak usti
bezi va jigardagi qon aylanish tartibini urgangan .
I.M.Sechenov (1829-1905) nervizm g`oyalarinig asoschisi bo`lib u organizmni bir butun bo`lib tashqi
muhit bilan bog`lanishini isbotladi.I.M. Sechenov 1863 yilda “Bosh miya reflekslari” kitobini yozdi
I.P.Pavlov (1849-1936) odam markaziy nerv tizimi fiziologiyasini o`rganishga salmoqli hissa qushgan. U
brinchi bo`lib ikkita signal tizimi to`g`risida, shartli riflekslar va oliy nerv tizimining faoliyati to`grisidagi
nazariyani ilgari surib tugallangan ta‘limot yaratdi.
Koʻz — koʻrish aʼzosi; umurtqasiz baʼzi hayvonlar (jumladan, hasharotlar, boshoyoqli mollyuskalar),
umurtqali barcha hayvonlar va odam yorugʻlik taʼsirlarini K. bilan sezadi. Umurtqasiz hayvonlarning
aksarisida bir qadar murakkab koʻrish aʼzolari (mas, fasetkali koʻzlar) K. vazifasini oʻtaydi. Umurtqali
hayvonlar va odamning juft K.lari kallaning koʻz kosalarida (orbitalarda) joylashgan boʻlib, K. soqqasi
(koʻrish analizatorining periferik qismi — asli koʻz) va yordamchi qismlar (K. qovoklari, K. yoshi
apparatlari va koʻzni harakatlantiruvchi muskullar)dan iborat. K. soqqasi (diametri 22–24 mm cha)
koʻrish yoʻli orqali bosh miya bilan bogʻlangan.
Koʻz
Schematic diagram of the human eye.svg
K. soqqasining oldingi qismida mugoʻz parda — dioptrik (yorugʻlikni singdiradigan) apparat, koʻz gavhari,
suvsimon suyuqlik va shishasimon tana, shuningdek, akkomodatsiya uchun xizmat qiladigan kipriksimon
tana va rangdor parda bor (bu parda tasvirni yorugʻ sezgir toʻr parda — retinaga oʻtkazadi). K.
soqqasining devori bir-biriga zich takalib turgan 3 ta pardadan iborat. K.ning tashqi — fibroz pardasi
ikkiga boʻlinadi: orqada sklera yoki oqsil parda — eng qalin parda, u ta-yanch va himoya vazifasini
oʻtaydi; oldinda mugoʻz parda — yaltiroq, gumbazcha shaklidagi parda oqsil parda doirasiga soat
shishasidek joylashgan. Oq fibroz parda tagida qon tomirlarga boy tomirli parda joylashadi. U 3 qismdan
iborat: rangdor parda — doira shaklida boʻlib, turli odamlarda koʻk, yashil, zangori, sariq, toʻq sariq va
hatto qora rangda boʻladi, bu rangdor parda toʻqimasida joylashgan boʻyovchi modda (melanin)ga
bogʻliq. Rangdor parda koʻzga jilo beradi. Agar melanin pigmenti boʻlmasa, K. qizgʻish rangli boʻladi.
Rangdor parda markazida dumaloq tyoshik bor, uni koʻz qorachigʻi deyiladi. Rangdor parda tarkibida qon
tomirlar, nozik muskul tolalari boʻlib, ularning qisqaribyozilishi tufayli qorachiq kengayibtorayadi. U
yorugʻda torayib, qorongʻida kengayib, koʻzga tushadigan nurlarni chegaralaydi.
Yorugʻ sezgir ichki parda — toʻr parda K.ning sezuvchi (retseptor) apparati boʻlib, 10 qanatdan tuzilgan;
boʻlardan eng muhimi koʻrish hujayralari — tayoqcha va kolbacha hujayralar qanati yorugʻni sezishdan
tashqari, rangni ham ajratadi. Toʻr parda markazidagi sariq dogʻ narsalarni miridan sirigacha ajratib, aniq
koʻrishga imkon beradi. Sariq dogʻ yaqinidagi koʻr dogʻ — toʻr pardaning sezmaydigan qismidir. Toʻr
pardadan nerv tolalari shu yerga (koʻr dogʻga) yigʻilib keladi va koʻrish nervini hosil qiladi. Bu nerv sklera
orqali oʻtib, kalla boʻshligʻiga kiradi va ikkinchi koʻzning koʻrish nervi bilan kesishib, koʻrish yoʻlini hosil
qiladi, bu yoʻl bosh miyaning ensa boʻlagigacha davom etadi. Bosh miyaning har bir yarim sharida ikkala
K. ning koʻrish markazi bor.
Koʻz yoshi koʻz soqqasi va qovoqlarning shilliq pardasini namlab turadi. Qovoqlar 2 ta teri burmasidan
iborat boʻlib, ichida zich biriktiruvchi toʻqima va K. ni yumuvchi doira muskullar bor. Qovoqlarning
chetida kipriklar (yuqori qovokda 100—150 va pastki qovoqda 50—70) oʻsadi va yogʻ bezchalarining
yoʻllari ochiladi, ularning yalligʻlanishi govmijja deb ataladi. Kipriklar K.ni yot jismlar (chang zarralari)
tushishidan sakdaydi. Kipriklar notoʻgʻri oʻsganda shox parda shikastlanishi va kasallanishi mumkin
(qarang Trixiaz, Koʻz kasalliklari, Koʻz shikastlanishi).
Koʻrish jarayoni tashqi dunyodagi narsalardan qaytadigan yoki sochiladigan yorugʻlik nurlarining K.ga
taʼsir etishiga asoslanadi. Mohiyati shundan iboratki, tashqi dunyodagi narsalardan koʻzga keluvchi
yorugʻlik nurlari koʻzning tiniq muhitlari (mugoʻz parda, suyuqlik, gavhar va shishasimon tana) orqali oʻtib
va ularda sinib, toʻr pardaga toʻshadi va uning hujayralari (tayoqchalar va kolbachalar)da fotokimyoviy
reaksiyani vujudga keltiradi (oʻsha hujayralarda yorugʻ sezgir moddalar parchalanadi), natijada yorugʻlik
energiyasi nerv impulsi (qoʻzgʻalish)ga aylanadi, bu impuls toʻr pardadan bosh miyadagi koʻrish yoʻli
orqali bosh miya poʻstlogʻining ensa qismlaridagi koʻrish markazlariga boradi, yorugʻlik taʼsirlari ana shu
markazlarda muayyan obrazlar sifatida idrok etiladi. Kolbachalar kundoʻzi, tayoqchalar esa qosh
qorayganda yoki tunda koʻradigan hujayralardir. Shunday koʻrish tufayli odam uzoqdagi miltillagan sham
alangasidan tortib oftobga qadar turli miqdordagi yorugʻlikni idrok eta oladi. K.ning turli ravshanlikdagi
yorugʻlikni idrok eta olishi K. adaptatsiyasi deyiladi; K. qorongʻida va yorugʻda koʻrishga moslasha oladi.
K.ning koʻrish quvvati (oʻtkirligi) turli kishilarda turlicha; bu sariq dogʻ elementlarining xossalariga va
boshqa sabablarga bogʻliq. U maxsus jadvallar yordamida tekshiriladi. K.ning qizil rangni ajrata olmasligi
daltonizm deb ataladi (yana qarang Uzoqdan koʻrish, Yaqindan koʻrish).
Muskullar, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish
xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak
muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi.
Koʻndalangtargil va silliq M.ga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari
devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil boʻladi.
Silliq M. kishi ixtiyoridan tashqari qisqaradi, shuning uchun ular gʻayriixtiyoriy M. deyiladi. Silliq muskul
nuqul mezenximadan vujudga keladi. Muskul tolasi uzunasiga ketgan muskul xujayrasidan iborat boʻlib,
yupqa elastik pardasi — sarkolemmasi, sitoplazmasi — sarkoplazmasi, koʻp yadrolari va organo-idlari
bor. Muskul tolasining qisqaruvchi tuzilmasi — uzun ipga oʻxshaydigan miofibrillar tolaning bir uchidan
ikkinchi uchigacha davom ladi. Koʻndalan gtargʻil M.ga skelet muskullari va yurak muskuli (miokard)
kiradi. Koʻndalangtargʻil muskullar toʻqimasi kishining ixtiyoriga boʻysunadi. har qaysi muskul yumaloq
yoki yassi pay vositasida bir suyakdan boshlanib, ikkinchisiga yopishadi. Muskul boʻgʻim yaqinida
boʻlsa, albatta, shu boʻgʻimdan oʻtib, uning harakatlanishini taʼminlaydi. M. shakliga koʻra uzun, qisqa,
yumaloq, yalpoq boʻlib, joylashishiga qarab yuza, chuqur, oraliq guruhlarga boʻlinadi. Bajaradigan vazi-
fasiga koʻra qisuvchi, kengaytiruvchi, koʻtaruvchi, tushiruvchi, yozuvchi, boʻquvchi, chaynovchi va h. k.
M.ga ajratiladi.
Uzun yoki duksimon muskulning yoʻgʻonroq qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi vadumi deb ataladi.
Baʼzi M.ning bir emas, balki 2—3 va hatto 4 ta boshi bor (mas, yelkaning ikki boshli, sonning toʻrt boshli
muskuli). M.ning qoʻshimcha apparatiga fassiyalar, fibrozsuyak kanallari, sinovi-al qin va xaltalar kiradi.
M.da kon tomirlar koʻp, ular kon bilan moʻl taʼminlangan, limfa tomirlari yaxshi rivojlangan. Har bir
muskulda harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalari bor, ular yordamida markaziy nerv sistemasi bilan
aloqa qiladi. Bir harakatni bajaradigan M. sinergistlar, qarama-qarshi harakatlarni bajaradiganlari
antagonistlar deyiladi. Skelet Muskullar topografik jihatdan tana, bosh, boʻyin, koʻl va oyoq muskullariga
ajratiladi.
Tana muskullari orqa, koʻkrak va qorin M.idan iborat. Orqa M.i yuza va chuqur boʻladi. Ular kurakni
koʻtaradi, uni yaqinlashtiradi va yopishtiradi, boʻyinni yozadi, yelka va qoʻlni orqaga va ichkariga tortadi,
nafas olish va chiqarishda qatnashadi. Orqaning chuqur M.i umurtqa pogʻonasini tiklaydi.
Koʻkrak M.i xususiy tashqi va ichki qovurgʻalararo M., yelka kamari va qoʻl bilan bogʻlangan katta va
kichik koʻkrak M.i, oʻmrov usti va oldingi tisheimon M.ga boʻlinadi. Tashqari qovurgʻalar-aro M.
qovurgʻalarni koʻtaradi, ichki M. esa nafas olish va chikarishda ishtirok etadi.
Qorin M.i tashki va ichki qiyshiq M., qorinning koʻndalang va toʻgʻri M.i, shuningdek, belning kvadrat
muskulidan tashkil topgan. Qorin M.i toʻgʻri tanani oddinga bukadi, qiyshiq M.i yon tomonlarga egilishini
taʼminlaydi. Bu M. qorin pressini tashkil etib, asosiy funksiyasi qorin aʼzolarini funksional qulay holatda
ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari, qorin pressi M.ining qisqarishi siyish, ichak boʻshashi, tugʻish
jarayonlarini taʼminlaydi. Qorin M.i fassiya bilan krplangan. Muntazam mashq qilib, jismoniy ish bilan
shugʻullanib muskul tolalarida miofibrillarni koʻpaytirish va shu tarika muskul kuchini oshirish mumkin.
Barcha M.ning asosiy xususiyati ularning qisqarishidir (qarang Muskul kisqarishi), bunda muayyan ish
bajariladi. M. kuchi muskul tolalaridagi miofibrillar soniga bogʻliq; yaxshi rivojlangan M.da ular koʻp,
suyet rivojlanganlarida kam. Yuz va boshning barcha muskullari 2 guruhga: mimika va chaynov M.iga
boʻlinadi. Ular yuz mimikasida, chaynashda va pastki jagʻni harakatlantirishda qatnashadi. Bulardan
tashqari, boʻyin hamda qoʻl M.i bor. Skelet M.ining deyarli hammasi richaglar qonuniga muvofiq
boʻgʻimlardagi suyaklarni harakatga keltiradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin muskul bor. Odam
gavdasidagi barcha erkin harakatlar oʻzaro bogʻlangan boʻlib, murakkab shartli va shartsiz reflekslar
yordamida yuzaga chiqadi va markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Arteriya va venalar
devorining asosiy qismi, hazm yoʻlining deyarli hammasi, oʻt pu-fagi va krvuq, bachadon nayi, bachadon
silliq M.dan tuzilgan.
Ichki aʼzolar devori silliq M.ining qisqarishi sekin va chuvalchang oʻrmalashisimon boʻladi. Silliq M. refleks
yoʻli bilan avtomatik qisqaradi. Ular haddan tashqari kuchli qisqarganda ogʻriq paydo boʻladi (mas, jigar
va buyrak sanchigʻi, ichak spazmi va h.k.).
Yurak muskuli tuzilishi va vazifasiga koʻra koʻndalangtargil hamda sillits M.dan farq qiladi. Unda boshqa
muskullarda boʻlmaydigan xususiyat — maʼlum ritm va kuchga ega boʻlgan qisqarishlar avtomatizmi bor.
Yurak muskuli umr boʻyi ritm bilan toʻxtamasdan ishlaydi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |