IV Yangi mavzuni mustahkamlash.
V O`quvchilarni bilimini baholash.
VI Uyga vazifa.
“Alla” qoshi`qlarini kuylashni o`rganish.
- 8 -
Farzandlarimiz bizdan ko`ra
kuchli,bilimli,don ova albatta
baxtli bo`lishlari shart.
I.A.Karimov
Mavzu: Alla aytimlari
Maqsadi: a) Alla haqida bilim, ko`nikmalar berish.
b) Vatanga munosib barkamol farzandlarni
tarbiyalash, estetik tarbiya berish.
d) O`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish,
Ona yurtga muhabbat haqidagi ko`nikmalarini
rivojlantirish.
Uslubi: Qo`shiq, suhbat, savol-javob, badiiy-sahna
ko`rinish, baxs-munozara, she`riy.
Jihozi: Texnika vosita(kodoskop, DVD),
kasblar surati, mavzuga doir suratlar.
Darsni tashkil etish:
I Tashkiliy qism. a) Salomlashish;
b) Navbatchi xisobotini tinglash;
d) Siyosiy suhbat o`tkazish.
(O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi
Madhiyasi yangraydi).
O`qituvchi: -Assalomu-alaykum, aziz o`quvchilar. Bugungi
Musiqa darsimizga hamma tayyormi?
Navbatchi xisobotini tinglaymiz.
- 2 -
Alla aytimlari bastakor va kompozitorlar tomonidan
ham ijod etiladi. Jumladan, avstriyalik kompozitor
Volfgang Amadey Motsartning “Alla” aytimi mashhur
bo`lib, u o`zbek tilida shunday kuylanadi.
- 7 -
Xalqimizda mavjud odatga ko`ra, oilada yangi
tug`ilgan to`ng`ich farzand sharafiga beshik to`yi
marosimi o`tkaziladi.
Ona chaqaloqni uxlatish maqsadida beshikni tebratib,
qo`shiq kuylaydi. “Beshik vaziyati’ bilan aytiladigan
bunday aytim “Alla” yoki “Beshik qo`shig`i” deb
ataladi. Onalar ijodi bo`lgan bu aytimlarda bolani
ovitishga qaratilgan so`z – iboralar, shuningdek, onaning
farzandi haqidagi orzu-niyatlari bayon etilgan
to`rtliklar badiha etiladi. “Alla” eshitgan bola
kelajakda o`z ota-onasiga mehrli, iymonli, e`tiqodli, ona
tuprog`iga, el-yurtiga sodiq, vatanparvar, insonlarga
hamdard bo`ladi.
- 6 -
O`quvchi: - Bugun men – Ahmadaliyev Nodirbek sinfda
navbatchiman. Bizning sinfimizda jami 31 ta
o`quvchi bo`lib, bugungi musiqa darsiga 31
ta o`quvchi tayyor. Bugun …..
S a v o l l a r
1. – Hozir yurtimizda qaysi fasl?
- Qish fasli.
2. – Qish fasli qaysi oylarni o`z ichiga oladi?
- Dekabr, yanvar, fevral.
3. – Qish faslida qanday bayramlarni nishonlaymiz?
- 8-dekabr – Konstitutsiya kuni, 10-dekabr – Madhiya
qabul qilingan kun, 1-yanvar – Yangi yil.
O`qituvchi: - Biz ona diyorimiz, hur O`zbekistonning
farzandlarimiz. Albatta, jahon keng, dunyoda mamla-
katlar ko`p. Lekin bu olamda betakror ona yurtimiz
O`zbekistonimiz yagona. Bu go`zal yurt tolei baland,
iqboli kulgan xalq faqat bizgagina atalgan.
(Musiqa sadolari ostida sahnaga xumo qushi kirib keladi)
Assalom ona zamin, muqaddas tuproq,
Sening bag`ringga men shoshilib keldim.
Qanotlarim ostida tinchlik, totuvlik,
Shu yurtga Baraka, baxt olib keldim.
O`qituvchi: - Rahmat xumo qushi. Hush kelibsan.
- 3 -
- Qani bolajonlar, aytingchi, xumo qushini tasvirini
qayerda ko`rgansiz?
O`quvchi: -Tamg`amizga bir qarang, Bir tomoni paztazor,
Tovlanadi rang- barang. Quyosh nurin sochadi.
Unga beradi chiroy, Amudaryo, Sirdaryo
Teppasida hilol oy. Chanqog`ingni bosadi
O`rtasida Xumo qushi
Bizga omad tilaydi.
O`zbekiston nomini
Jahon uzra taraydi.
II O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
O`qituvchi: - Biz o`tilgan darsda Xalq raqslari bilan
tanishganmiz. O`zingiz bilgan va yangi
o`rgangan raqslarni ayta olasizmi?
O`quvchilar: 1. –O`zbek xalqida quyidagi raqslari bor:
“Lazgi”, “Dilxiroj”, “Tanavor”, “Andijon
polkasi” kabilarni misol qilib olish
mumkin.
2.-Ruslarning “Kamarincha”, Ukrainlarning
“Gopak”, Beloruslarning “Bulba”,
Qoraqalpoqlarning “Shag`ala” (Chag`alay)
kabi milliy raqsbop o`yin qo`shiqlari bor.
- 4 -
O`qituvchi: - O`tilgan mavzu bo`yicha juda yaxshi
tayyorlanibsiz, sizlarga omad tilayman.
(Kasb egalari suratini ko`rsatiladi va suhbat
tashkil etiladi.)
III Yangi mavzu bayoni.
(Mavzu e`lon qilinadi.)
O`qituvchi: - Shukrkim, sendayin bir jahonim bor,
Onamday mehribon jonajonim bor.
Seni kuylayman, sen-chun yashayman,
Toki qalbda qonim, tanda jonim bor.
Ey mening shuurum, so`nmas iymonim,
Sadqadir senga jon, O`zbekistonim.
-Darhaqiqat, har bir inson uchun o`z tug`ilib o`sgan yurti
qadrli. Biz ham ona diyorimizni chin dildan sevamiz.
Bizning ajdodlarimiz ham o`z ona tuproqlarini qadrlagan-
lar, e`zozlaganlar.
Ona allasi – naqadar yoqimli kuy. Bu kuy insonni
porloq kelajakka chorlayotganday go`yo.
Ona allasida butun borliq yashaydi. Uning ohangida
bola tarbiyasi, uning baxti, barkamol kelajagi yashaydi.
Tarixdan ma`lumki, ona allasidan podshoxlar ko`zi
yoshga to`lgan. Bu juda sehrli kuy.
- 5 -
Do'stlaringiz bilan baham: |