www.ziyouz.com
кутубхонаси
39
to'kuvchi o'sha qotilning ham unga rahmi keldi. Kufr va din ahllari Shayxning boshiga
yig'ilib, komil ishqiga ofarinlar aytishdi. Uning boshini tuproqdan ko'tarib qarasalar, hali
badanida joni bor ekan.
Shayxning ishqi el ko'ngliga nihoyatda ta'sir etdi, sanam holida ham o'zgarish yuz
berdi. U o'z ishqi bilan qatl etilgan Shayx oldiga qadam qo'ydi. Xastaning dimog'i
maqsad isini sezgach, gulchehraga qarash uchun asta ko'z soldi. Uning yuzida na rang,
og'zida na so'z qoldi. Shu tariqa u bir muddat gung va lol bo'ldi, tili so'z aytishga ojizlik
qildi. Visol zavqi uni o'z holiga keltirgach, zolim kofir unga shunday savol qildi:
— Biz Shayxdan hol-ahvol so'rab, uning qanday kayfiyatda ekanligini bilmoq uchun
savol bergan edik. Ammo Shayx hiyla bilan o'zini behush ko'rsatib, bizga biron so'z
aytish uchun og'iz ochmadi. Endi u yana o'z holiga qaytdi, bizning yuqoridagi
savolimizga javob bersin.
Shayx bu so'zlarni eshitgach, oh urib, ko'zidan shashqator yosh to'kib, dedi:
— Ey ko'nglimga qiyomat solgan! Sen mendan hol-ahvol so'raganingdan keyin arz
qilmoqdan o'zga ilojim yo'qdir. Arzimni biron takalluf bilan tutib bo'ladimi, axir?! Chunki
bu ish maxfiy sir bolishdan o'tdi, endi dardimni ichimga yutgancha, uni senga ayon
qilaman. Butxona ichida bu xil zor bo'ldim, ishq bandiga giriftor bo'ldim, jonimga har xil
balolar yuzlandi — hammasiga yuzingni ko'rish bo’isdir. Ajoyib joyda chehrang
jilvalanishi bilan xuddi to'rtinchi osmondan quyosh porlagandek bo'ldi; menda ne chidam
qoldi, ne sabru toqat, o'sha soatdayoq aqlu hushimdan ajraldim.
O'z holimni qisqacha izhor etib, seni dardimdan xabardor ayladim. Agar chora qilsang
— sen uchun oson, agar qatl qilsang ham jonimning hayoti bo'ladi. Men o'z holimni
bildiray, deb senga arz qildim. Qatl etasanmi yo rahm qilasanmi — sening o'zing bilasan!
Sho'x unga dedi:
— Ey oliy sifatlar egasi bo'lgan murshid! Ahli islom ichra uyat yo'q emish! Axir sen
kabi islom elining boshlig'i ham shunday parishon so'zlar aytadimi? Senda na hayo bor
ekan
va na adab! Sen o'zi g'alatiroq odam ekansan, aytgan so'zlaring esa sendan ham
g'alatiroq!..
Ey, peshvo! Kimki, ishq ahlidin bo’lsa, uni faqat odobli va hayo koni deb bilgil!
Ey, yo'l piri! Bu xil odobdan tashqari so'zlarni dadil aytish hatto yosh bolalarning ham
qoiidan kelmaydi! Axir seni Shayx deb ataydilar-ku, oq soqolingdan uyalsang
bo’lmaydimi?! Yoshing to'qson bilan yuzga borib qolibdi. Seni qari desa ham, yosh desa
ham bo'ladi... Yosh bo'lsang, hanuzgacha aqling kirmabdi, qari kishi esa bu xil so'zlarni
o'zining xazon faslida aytishi yarashmaydi. Axir sen yosh emassan, hayron qolarli
darajada qarisan-ku, aqli hushi uchib, munkillab qolgan cholsan-ku! Sen shunday so'zlar
so'yladingki, ularni inson jinsidan bo’lgan bironta ham odam aytmaydi.
Ey beqaror Shayx! Shak-shubhasiz: sening bu so'zlaringda tiling bilan ko'ngling bir
emas. Chunki ishq ahli o'z sirlarini maxfiy tutib, uning fosh bo'lishidan ehtiyot bo'ladilar.
Ayniqsa, ma'shuqa oldida bu xil so'zlarni aytib, ishqini bu xil shoshib-toshib bayon qilib
bo'ladimi? Ishq dardiga yo'liqqanlar shunday yo'l tutadilarmi? Zuhdu taqvo elining
chidamliligi shundoq bo'ladimi?!
Go'zal tal'atli mahvash shu xil so'zlarni aytgach, Shayx uyatdan o'zini qo'yarga joy
topa olmay qoldi... Bechora Shayx ko'p hijolatlar chekib, unga shunday dedi:
— Ey inson sifatli hurzod! Ishq meni zoru zabun aylab, aqlimni o'g'irlab oldi, o'zimni
telba-devona qilib qo'ydi. El devona kishidan aql kutadimi? Yo savdoyi va sehrlangan
odamdan adab talab etadimi? Agar telbalik tufayli adabsiz so'z aytgan bo'lsam, meni
kechir; chunki u payt men o'zimda yo'q edim. Ammo nima degan bo'lsam, ularning
hammasi rost. Tonmasang tekshirib ko'rishning mumkin. Ey, nigor, tanim zor bo'lib
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |