Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/144
Sana05.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#319931
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   144
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
41
Sho'x tarso qizi esa unga: "Endi shartlardan birigina bajarildi, xolos",— deb aytdi. 
Shayx unga: "Ey sho'x, yana nima qoldi, aytgil, har ne matlub bo'lsa, men bajaray!" 
dedi. Shundan so'ng sohibjamol mahvash kufr ahlining ulug'lariga ishora qildi. Ularning 
barchasi kufr ishlari sohasida mohir kishilar bo'lib, Shayx imonini kufrga taqdim etdilar 
va uni o'sha dinga kiritdilar. Uning ustidagi pirlik xirqasini yechib olib, yalang'ochladilar. 
Bu holatni ko'rgan kishi yig'lab turardi. Shundan so'ng uni may hovuzi ichiga solib, 
boshdan-oyoq cho'miltirdilar. Shayx ham hech narsadan hayiqmasdan mayga 
sho'ng'ishda davom etaverdi. 
Keyin kofirlar kiyadigan kiyimlarni olib kelib, unga boshdan-oyoq kiydirdilar. Beliga 
zunnorni mahkam tang'ib, bu tasavvuf peshvosi bo'lgan Shayxni kofir qildilar. So'ngra 
xor bo'lib ezilgan Shayxni butxonaga olib kirdilar. U mast holda but oldida sajda qildi, 
egnidagi pirlik xirqasini olovda kuydirdi va "Kalomulloh"ni o'tga tashladi. Shunday qilib, 
dam-badam uzatilayotgan qadahdan mast bo'ldi, ham o'zini mastona butparast qildi. 
Gardun uning boshiga solmagan jahondagi hech bir rasvolik qolmadi. 
Ishq Ka'ba siri mushkulini ana shu tarzda hal etib, Shayxni butxona bolalariga 
masxara qildi-qo'ydi. Yosh farang bachchalar mast-alast yotgan din peshvosi bilan hazil-
mazah o'ynashar; qutlug' qadam egasi Shayx esa o'zini bilmay yotar; agar o'ziga kelib 
qolgudek bo’lsa, unga yana may tutar edilar. U tunu kun shu tarzda hushsiz g'irt mast 
holda karaxt bo'lib yotar, unga na kun va tun ma'lum bo'lar edi. 
Oqibat ishq yana tug'yon urdi. U bir sahar o'rnidan turib, shunday afg'on qilib, faryod 
ko'tardi. 
— Ey ko'nglimga iztirob solib, vujudim binosini xarob qilgan! Ishqi bedodlikni bunyod 
aylab, dinu imonimni barbod etgan! Kufr elining dini shunday bo'ladimi?! So'zni bir joyga 
qo'yib shartlashish natijasi shumi?! El maqsadini shu tarzda amalga oshiradilarmi?! Shu 
xil va'daga vafo qiladilarmi?! Ko'ngling nimaiki istagan bo'lsa, hammasini bajartirding, 
yuz ming balo chaqmog'ini menga urding. Qani ayt-chi, qaysi istagingni amalga 
oshirmadim?! Qaysi shartingni bajo keltirmadim?! Vafo qilish paytida o'zingni bilib-
bilmaslikka solmoqdasan. Vaslga erishuvimga beparvolik qilmoqdasan. Men ham g'aribu 
ham qari, ham xastaman, kufr zanjiri bilan mahkam bogianganman. Meni kecha-kunduz 
mayga tutib, va'da qilganlaringni unutding! Da'voingni shu tariqa isbotlaysanmi?! O'zing 
cho'qinadigan "Manot" va "Lot"lar' dan qo'rqmaysanmi?! Sho'x tarso dedi: 
—  Ey Shayx! Buncha ko'p ta'na qilaverma! Shart boylashdingmi, uni nihoyasiga 
yetkaz. Vaslga suyunchi bo'ladigan to'rt ishni bajarding. Endi ishqning ikki jarimasi qoldi. 
Ey ulug'lar faxri, bu jarimalar quyidagicha: bu butxona atroflda ko'ngling jirkanmasdan 
roppa-rosa bir yil kechalari otashgohda o't yoqasan. Kunduz kunlari esa o'zingni notavon 
tutmasdan, cho'chqa podasini qarshi olishga ravona bo'lasan va kechga qadar 
cho'chqaboqarlik qilib, bu yerdagi kishilarga cho'ponlik vazifasini bajarasan. 
Bir yil tugagach, visol sari yetib kelasan. O'shanda ifien visol bazmini muhayyo qilib, 
senga peshvoz chiqaman hamda kufr yo'sinida to'y boshlab, vaslim bilan sening joningni 
shod qilaman. 
Agar ishq qoidasida yetuk bo’lmasang, bu yolga qadam qo'yma, ya'ni aytilgan 
jarimalarni bajarmasang, kofirlikdan voz kechib, diningni qabul qil hamda ibodatxonani 
qo'yib, Ka'baga qayt! Necha kun muttasil aysh qilib, may ichganingni o'zingga 
bag'ishladim. Kuydirilgan eski kiyimlaringning ham bahridan o't, ularning o'rish-arqog'i 
haqida so'z yuritmay qo'ya qol. Yoki o'z kiyimlaringga muayyan baho da'vo qilsang, 
mayli, pulini olib, cho'ntagingga sol, yo'lda xarjlash uchun ishlatarsan. Bu yerda nimaiki 
ko'rgan bo'lsang, ko'rmadim deb gumon qil yoki havas mayxonasi tomon ot 
choptirmadim deb o'yla! 
Shayx mahvash so'zlariga quloq solib eshitga'ch, uning qalbida yana ishq tug'yon 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
 
 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish