www.ziyouz.com
кутубхонаси
47
Shunday deb Hudhud bu ishni qabul qilmadi. Undan o'zga qushlarning barchasi esa
johildilar.
Qushlar ko'rdilarki, barcha ish rasvo bo'lmoqda. Shunda qur'a tashlash muqarrar
bo'lib qoldi. Ular har bir qush zotiga qur'a tashladilar. Qur'a Hudhud otiga tushdi.
Shundan so'ng unga endi uzr aytish uchun uydirma to'qish, yo'q demoqlikka bahona
topish uchun hech bir asos qolmadi. Chunki uning ilmi hamma qushlarnikidan ko'p edi.
Uning boshliq ekanligi va unga bo'ysunishlikka ahdu paymon qilib barchasi qo'l
tashlashdi. Hudhud peshvolikni qabul qilgach, qushlarning hammasi o'z muddaosiga
erishib, shunday deyishdi:
— Biz endi senga tobemiz: sen bizning boshlig'imizsan. Qanday maqsading bo'lsa, biz
uni ravo qilaylik. Sen bizga bosh qo'mondonsan, bizlar esa senga qo'shinmiz. Sen bizni
qayerga boshlasang, o'sha yoqqa orqangdan ergashib boramiz.
LXXXI
Bir vodiy boshiga kelib qushlarni hayrat lol etgani va bir qushning Hudhudga savol
bergani
Shunday qilib, Hudhud ularga boshliq bo'lgach, ular yo'lni bosib o'tish uchun osmonga
ko'tarilishdi. Ular bir necha kun qanot qoqib, bir yerga yetib kelishdi. Oldinda bir
nihoyasiz vodiy paydo bo'ldi. Uni ko'rgach, qushlar jonlaridan umidlarini uzishdi. Bu
vodiyda kulfat benihoya cheksiz bo'lib, o'zi hajr shomi kabi cheksiz uzun edi. Hatto unga
qarashning o'ziyoq umr va jonga ofat yetkazar, ammo qushlarning uni bosib
o'tmoqlikdan o'zga chorasi yo'q edi. Undagi haybatli, qo'rqinchli ko'rinish so'z bilan
ifodalab bo'lmas darajada uqubatli bo'lib, qushlar bundan qo'rqib ketishdi. Bu yer hali
hech kim borib yetmagan va hech bir qush uchib o'tmagan noma'lum bir vodiy edi. Buni
ko'rgan qushlarning jismi susayib, qanot-quyruqlari shalpayib qoldi. Shunda bir qush
Hudhudga savol berdi:
— Oyo, bu yo'l nima uchun bo'm-bo'shdif? Hudhud bir oz fikr yuritib, shunday javob
qaytardi:
— Bu yo'l ulus g'avg'osidan holi bo'lib, shohning izzati, martabasi va ehtiyojsizligini
ko'rsatib turadi.
LXXXII
Hikoyat
Boyazid bir tun o'z xilvatidan chiqdi. U vumshoq tabiatli kishi edi. Oydin bir kecha.
Hammayoq oy nuridan ravshan. Osmon yulduzlar chamanidan gulshan yasagan. Ko'm-
ko'k dengiz kabi moviy osmonda porloq yulduzlar charaqlar, ularning har biri nur
sochishda go'yo pok injuni eslatardi. Yetti qavat osmon bir oliy qasrga o'xshar, koinot
o'zining butun yuksakligi va kengligini unda namoyish qilardi. Uning sayr etib kezib
yurishi va bir yerda orom topib turishiga ham, tuzilishi va chiroyiga ham aql ojizlik qilar
edi.
Shunday oliy dargoh ichida ogoh pir bironta maxluq jinsidan asar ko'rmadi. U qancha
harakat qilib qidirmasin, shahar, tog' va dasht aro kezib yurmasin, biron-bir kimsaning
mutlaqo nishonasini topmadi, o'zidan o'zga notavon kishini uchratmadi. U shunday dedi:
"Yo Alloh! Nima uchun bu manzil dard va shavq ahlidan holidir?"
Shunda uning ko'nglidan hushini eltuvchi bu sirdan shunday voqif etdi: "Bu yer izzat
va ulug'lik dargohi bo'lib, unga har qanday kishining yo'l topish ehtimoli yo'q. Shohga
atalgan maxsus joy izzati poyonsiz bo'lib, har gadoning unga mahram bo'lish imkoni
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |