www.ziyouz.com
кутубхонаси
35
aylab yurishidan obi hayvon jilvalanadi. Ko'zi bila labi ajab san'atlar ko'rsatishar, agar
birikishilarni oidirsa, ikkinchisi o'sha o'lganlarni tiriltirardi.
Jismi gulgun bo'lib, kiygan ko'ylagi go'yo gul uzra gul edi, uni ko'rgan zahotiyoq yuz
ming ko'ngil toqatsizlanib, o'zini yo'qotardi. Ko'ylagiga rang-barang go'zal naqshlar
solingan bo'lib, ularda Rum va Farang ustalarining jon chekib mehnat qilganligi ko'rinib
turardi. Ko'ylakdagi qatl etuvchi qizil ranglar necha kishilarni o'ldirsa, lekin undagi
atirdan oigan kishilarga qaytadan jon kirardi. Din ahliga qirg'in keltiruvchi kofirdek qotil
ko'zidan barcha bahra olishni istardi. Kimki uning sochi zunnorini xayol qilsa, bu soch
uning dinu imonini poymol etardi. Husnu latofatda jon aro er tutgudek yoqimli, balki bir
qultum suv bilan yutgudek so'lim va go'zal qiz edi. Husnining shu'lasi davronga o't solsa,
otashin la'lidan jonga o't tushardi. Aqlu hush egalari undan otashgoh ishqini topardilar,
ishqida zohidlar kuyib kul bo'lardilar.
Xullas, ana shu tarso qizi shunday bir go'zal shaklda xuddi quyosh ayvonidagi lso qizi
kabi qasr ustida turardi. Bundan Shayx ko'ngliga chaqmoq chaqilgandek bo'lib, uning
joni shu'la dengizida g'arq bo'ldi. U qattiq hayajondan “lohawla” duosini ichida qayta-
qayta takrorlab, "tavba" deb yoqasini ushladi. Ammo u sho'x o'z ruxsorining shu'lasi
bilan Shayxning tavbayu duosini kuydirib yubordi. Shayx o'zidan ketib, tuproqqa
yiqilayozdi. Bu damda qo'lidagi hassasi xuddi uy ustuniga o'xshash uning gavdasini
suyab qoldi. U shundan so'ng birpas orqasini devorga tirab turdi va bu g'aroyib vujuddan
hayratga cho'mdi. Ammo hayajonning zo'ridan hassasi va jismiga shikast yetib, holdan
ketgancha yerga quladi.
Oxir-oqibatda uning toza joniga ishq tushdi, ishq unga qon kabi kirib, butun vujudini
qoplab oldi. U goh behol bo'lar, goh o'z holiga kelar, yo'ldoshlari esa uning bu ahvolidan
lol qolishardi. Ular bir-birlariga hayrat bilan boqishar, Shayxning bu holatidan boshlarini
quyi solishar, goho umidsizlarcha qarsak urardilar. Shu tarzda uning holi oqshom
tushgunga qadar hayron qolarli darajada kechdi, balki bu holdan uning o'zi ham
sargardon kezar edi.
Tun mamlakati kunni qoraytib, atrofni o'sha butxonadagi kufr zulmati kabi qorong'ulik
qopladi. Uning boshiga shu tun kabi qora qismat tushgan, uning ro'zgoriga ham, unga-
tobe' kishilarga ham qora musibat tushgan edi. Ulaming hammasi o'sha mug' dayri
tuprog'ida, qaysi tuproq, balki balolar tog'ida qolishdi. Shayxning boshiga juda og'ir kun
tushdi; bu kabi qora tunni hali hech bir odamzot ko'rgan emasdi.
Tun osmonda baxtsizlik pardalarini yoydi, har yonga yulduzlardan mixlar qoqdi. Charx
ko'z yoshini oqizishga dud xizmatini o'tab, ko'k atrofida aralash-quralash bo'lib ketdi.
Falak aylanishdan to'xtab, tog' kabi o'rnidan tebranmay qoldi. Charx dard ahliga zulm
ko'rsatib, tog'-tog' qayg'ulami ijod etib turardi. Dunyoni o'sha tog'lar bilan yashirib,
unga yuz tuman ming toshlar ham yog'dirardi. Osmon ko'zlaridan yulduzlar sochib,
Shayx ahvoliga motamdan nishon bildirardi. Bundan barcha olam ahliga motamsarolik
tushgan, ular qora kiygan edilar.
Shayxning boshiga bu kabi qattiq ish hech tushmagan, u nihoyatda ezilgan va g'oyat
zaif edi. U zolim ishq zulmidan zor va behol bo'lib, butxona tuprog'ida xoru zor bir
ahvolda yotardi. Ishq uning jism ila joniga o't yoqqan, kufr dinu imoniga o't solgan edi.
U ko'z yosh to'kkancha yotar va lekin har damda og'zi qurir, chunki ko'nglidagi o'tning
shu'lasi og'zidan chiqmoqda edi. Ishq uning ro'zgorini qaro qilgan bo'lsa, tun go'yo yo'qu
borini ham qaro qilgan edi.
Shu tariqa yuz xil balo uning joniga nasib etganidan, u g'arib o'z holiga yig'lab,
shunday dedi:
— Har dam qayg'u-musibatim ortib bormoqda. Ey falak! Menga nelar qilmoqdasan!
Tinchligimni buzib, ishq sari boshlading, yuz yonar o't ichra meni tashlading! Ko'nglimga
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |