www.ziyouz.com
kutubxonasi
18
harakati, inson va uning turlarining kelib chiqishi, cheksiz kichik atomlarning shakllari, efirning
cheksiz kichkina vaznsiz zarralarining tebranishi haqidagi javoblar edi. Ammo «mening hayotimning
ma’nosi nimada?» degan savolimga bilimlarning bu sohasi beradigan javob bir xil edi: «Sen — mening
hayotim deb atayotgan narsaning aynan o‘zisan, sen - zarralarning muvaqqat tasodifiy qo‘shiluvisan.
Bu zarralarning bir-biriga ta’siri, o‘zgarishi sen «mening hayotim» deb ataydigan narsani barpo etadi.
Bu qo‘shiluv bir necha muddat amal qilib turadi, keyin bu zarralarning o‘zaro aloqasi to‘xtaydi —
shunda sen «hayotim» deb ataydigan narsa ham to‘xtaydi. Ana unda sening savollaring ham to‘xtaydi.
Sen — tasodifan qorilib qolgan bir tutam allanimasan. Bu bir tutam allanima chiriydi. Shu
allanimaning chirishini sen «o‘zimning hayotim» deb ataysan. Allanima shataloq otib yugurib ketadi
— shu bilan chirish ham tugaydi, hamma savollar ham to‘xtaydi». Ilmlarning aniq tomoni shunaqa
javob beradi. Agarda u o‘z asoslariga qat’iy amal qilish niyatida bo‘lsa, boshqa gap ayta olmaydi ham.
Bunaqa javobdan ma’lum bo‘ladiki, javob savolga javob bermas ekan. Men hayotimning ma’nosini
bilmog‘im kerak, «sening hayoting cheksiz bir narsaning zarrasidir» degan gap nafaqat Hayotimga
ma’no baxsh etmaydi, balki bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday ma’noni mahv etadi.
Tajribaga asoslangan aniq ilmlarning bu tomoni aqli ilmiya bilan g‘ira-shira til biriktirib,
«hayotning ma’nosi taraqqiy etishda va bu taraqqiy etishga ko‘maklashuvda» der ekan, bu gapni ham
o‘zining mujmalligi va xiraligiga ko‘ra javob qatorida hisoblab bo‘lmaydi.
Bilimlarning boshqa tomoni, ya’ni ilmi aqliya o‘z asoslariga qat’iy amal qilib, bu savolga bevosita
javob berar ekan, hamma asrlar da va hamma joyda faqat bitta javobni aytib kelgan va hozir ham shuni
aytadi: «Dunyo chek siz va anglab bo‘lmaydigan bir narsa. Inso hayoti ana shu anglab bo‘lmaydigan
narsaning anglab bo‘lmaydigan bir bo‘lagi». Men yana ilmi aqliya bilan tajribaga asoslangan
ilmlarning til biriktirishi oqibatida paydo bo‘ladigan huquqshunoslik, siyosatshunoslik, tarixshunoslik
deganga o‘xshash chala ilmlarning keraksiz, ortiqcha yukini istisno qilaman. Bu ilmlarga ham yana
mutlaqo xato qilgan holda taraqqiyotZ mukammallashuv tushunchalarini olib kiradilar! Faqat farqi
shundaki, aniq fanlarda hamma narsaning taraqqiyoti haqida gapirilardi, bu yerda esa gap odamlar
hayotining rivoji haqida ketadi. Ammo har ikkovidagi xato bir xil: cheksiz narsaning taraqqiyoti,
mukammallashuvi na maqsadga, na yo‘nalishga ega bo‘lolmaydi va me ning savolimga nisbatan hech
narsa deb javob berolmaydi. Ilmi aqliyaga xos ilmlar chinakam falsafaga o‘xshab, aniq ish yuritadigan
bo‘lsa faqat mavjud hodisalarni yangi falsafiy ka taklarga joylab, ularni yangi nomlar bilan atashga
xizmat qiluvchi o‘sha Shopengauer aytgay professorona falsafa bo‘lmasa, filosof eng muhim masalani
nazariyadan qochirmasa, uning beradigan javobi hamisha bitta bo‘ladi. Bu jsavob Suqrot,
Shopengauer, Sulaymon payg‘ambar, Budda tomonidan berilgan javobdir.
«Biz hayotdan qay darajada uzoqlashsak, faqat shu darajada haqiqatga yaqinlashib boramiz, —
degan ekan Suqrot o‘limga tayyorgarlik ko‘rayotganida. — Haqiqatni sevguchi bizlar hayotda nimaga
intilamiz? Tanimizdan mosuvo bo‘lishga va tan hayotidan kelib chiquvchi jamiki yovuzlikdan xalos
bo‘lishga intilamiz. Shundoq ekan, ajal eshigimizni qoqib kelganda, biz nechuk xursand bo‘lmaylik?»
«Donishmand odam butun umri davomida o‘limni izlaydi, shuning uchun o‘lim unga qo‘rqinchli
emas».
«Dunyoning ichki mohiyatini iroda deb anglab, — deydi Shopengauer, — va bu iroda tabiatning
ko‘r kuchlarining ongsiz intilishlaridan boshlab insonning ong to‘la faoliyatigacha hamma hodisalarda
moddiy tarzda namoyon bo‘lishini e’tirof etgan bilan biz bir natijani mutlaqo chetlab o‘tolmaymiz:
irodani erkin inkor etish bilan birga, uning o‘z-o‘zini mahv etish bilan birga hamma hodisalar g‘oyib
bo‘ladi, moddiylikning hamma bosqichlaridagi doimiy intilishlar hamda bemaqsad va beistirohat ro‘y
beradigan mayllar (holbuki butun olam shu intilishlar va mayllarda hamda ular orqali voqe bo‘ladi)
yo‘q bo‘ladi, xilma-xil muntazam shakllari yo‘qoladi, shakllar bilan birga uning Hamma hodisalari
o‘zining umumiy shakllari bilan birga, makoni va zamoni bilan birga roiib bo‘ladi va nihoyat, uning
eng so‘nggi asosini shakli — sub’ekt va ob’ekt ham yo‘q bo‘ladi. Iroda bo‘lmasa, tasavvur ham yo‘q,
dunyo ha; yo‘q. Bizning qarshimizda, albatta, yolg‘iz hech narsa qoladi. Ammo ana shu hechlikka
Lev Tolstoy. Iqrornoma
Do'stlaringiz bilan baham: |