www.ziyouz.com
kutubxonasi
19
o‘tishga to‘sqinlik qiladigan narsa bizning tabiatimizCh dir. Tabiatimiz esa yashashga ishtiyoqimizdan;
irodamizdan o‘zga narsa emas Bizning dunyomiz kabi o‘zimiz ham tarkiban ana shu irodadan
iboratmiz. Biz hechlikdan qo‘rqib dahshatga tushamizmi yoxud ayni shundoq yashashn ni istaymizmi
— buning faqat bitta ma’nosi bor: bizning o‘zimiz turgan-bitganimiz ana shu yashash ishtiyoqidan
iboratmiz, undan o‘zga narsa emasmiz va undan boshqa hech narsani bilmaymiz. Shuning uchun
o‘zimiz irodaga to‘la bo‘lsak; biz uchun iroda mutlaqo mahv etilgandan keyin nima qoladi? Hech
narsa. Biroq aksincha ham shunaqa — agar kimlardadir iroda o‘zgarib qolgan bo‘lsa va o‘z-o‘zidan
yuz o‘girgan bo‘lsa, ular uchun bizning voqeiy dunyomiz jamiki quyoshlari va jamiki somon yo‘llari
bilan birga hech narsadan o‘zga emas».
«Hamma narsa behudadir, — deydi Sulaymon payg‘ambar, — behudadan-behuda, nimaiki bo‘lsa,
bari behuda! Odamzod quyosh nurlari ostida terga pishib mehnat qiladi. Bundan unga nima naf?
Avlodlar ketadi, avlodlar keladi, yer esa mangu qoladi. Nima bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha bo‘ladi, nima ro‘y
bergan bo‘lsa, o‘sha ro‘y beradi. Bu yorug‘ dunyoda hech qanaqa yangi narsa yo‘q. Ba’zan biroy narsa
tilga tushadi — «qara, bu yangilik» deyishadi. Ammo bu bizdan avval necha asrlar muqaddam ro‘y
bergan bo‘ladi. O‘tganlarni xotirda saqlamaymiz, ammo bundan keyin bo‘ladigan narsalar ham bizdan
keyin bo‘ladiganlarning xotirasida saqlanib qolmaydi. Men — Yekleziast, Quddusi sharifda Isroil
ustidan podsho edim. Ko‘nglimda bir xohish uyg‘onib, yer yuzida ro‘y berayotgan voqealarning
hammasini tadqiq etmoqchi va aql tarozusidan o‘tkazmoqchi bo‘ldim. Bani odamga Xudo shu og‘ir
mashg‘ulotni ravo ko‘radi. Bu yorug‘ dunyoda bo‘layotgan ishlarning hammasini ko‘rdim. Ko‘rdim —
bari behuda, bekorga jonni qiynamang... Yurakdan chiqarib o‘zimga dedim: mana, sen oliy martabaga
erishding, mendan avval Quddusi sharifda mavjud bo‘lgan jamiki donolikdan ortiqroq donolikka
erishding. Mening qalbim ham ko‘p donoliklar ko‘rdi, ko‘p bilimlarga oshno bo‘ldi. Shunda men
butun qudratimni donolikni anglashga, farosatsizlik bilan ahmoqlikni anglashga baxsh etdim. Ammo
bildimki, bularning bari jonga jabr ekan. Sababki, donolik ko‘p joyda g‘ussa ko‘p bo‘lar ekan: bilimli
ko‘p odamning boshi qayg‘udan chiqmas ekan.
Shunda men o‘zimga dedim: «Qani, seni bir xurramlik sinovidan o‘tkazay, yaxshilikdan
lazzatlanay». Ammo bu ham behuda ekan. Kulgi haqida «bu bema’nilik» dedim, xurramlik to‘g‘risida
esa «u nima qilyapti?» dedim. Keyin ich-ichimdan chiqarib, tanamni sharob bilan lazzatlantirmoqchi
bo‘ldim. Yana shuni ixtiyor etdimki, ko‘nglim donolikni rahnamo deb bilgani holda, uzim
hamoqatning nimaligini ham bilmay, toki bani odam uchun nima yaxshi ekanini o‘z ko‘zim bilan
ko‘ray, ular bu yorug‘ dunyoda kechiradigan Qisqagina umrlarida nima ishlarni qilmoqlari kerakligini
bilay. Men katta ishlarni amalga oshirdim: o‘zimga imoratlar qurdim, tokzorlar barpo etdim. O‘zimga
bog‘lar yaratdim va u yerda har xil mevali daraxtlar o‘tqazdim, bog‘-rog‘larni, u yerda o‘sayotgan
daraxtlarni sug‘orish uchun hovuzlar qazdirdim, o‘zimga mulozimlar va kanizlar oldim, bola-
chaqalarim ham serobgina edi, mendan avval Quddusi sharifda o‘tganlarning hammasinikidan ko‘ra
men to‘plagan yirik va mayda chorva ko‘proq edi: har xil podsholardan va viloyatlardan o‘zim uchun
kumushu oltin hamda boshqa qimmatbaho toshlar yig‘dim; saroyimga xonandayu raqqosalarni
to‘pladim, bani odamga zavq-shavq ato qiluvchi har xil musiqa asboblarini keltirdim. Shunda men
Quddusi sharifda mendan avval o‘tganlarning hammasidan ham ulug‘roq va badavlatroq bo‘lib
qoldim. Donoligimga ham hamma tan bergan edi. Ko‘zim nimani ko‘rsa, men qaytarmay hammasini
xarid qilar, ko‘nglim qanaqa ermakni tusasa, men hech qaysisini rad etmas edim. Nihoyat, men o‘z
qo‘llarim bilan qilgan hamma ishlarimga, peshona teri to‘kib qilgan mehnatimga nazar tashladim. Va
ko‘rdimki, bularning bari behuda va bari jonga jabr. Bu yorug‘ dunyoda ulardan naf yo‘q. Men
orqamga o‘girilib, donolikka ham, farosatsizlikka ham, ahmoqlikka ham nazar tashladim. Lekin
bildimki, ularning barining qismaty bir ekan. Shunda ich-ichimdan chiqarib o‘zimga dedim: «Axir,
tentak odamning qismati mening ham boshimga tushar ekan, nima uchun men juda ham dono bo‘lib
yuribman?» Shunda ich-ichimday o‘zimga aytdim: «Bu ham behuda», Negaki, ahmoq odamni xotirda
saqlamaganlaridek, dono odamni xam mangu xotirda tutmaydilar, kelajak kunlarda ularning hammasi
Lev Tolstoy. Iqrornoma
Do'stlaringiz bilan baham: |