www.ziyouz.com
kutubxonasi
26
yashashda davom etishadi, men ham garchi hayotning ma’nosi yo‘qligini va u yovuz tsarsaligini
ko‘pdan beri bilsam-da, yashashda davom etyapman. Iymonga ko‘ra shunday xulosa chiqar ediki, agar
men hayotning ma’nosini anglamoqchi bo‘lsam, o‘zi ma’noga muhtoj bo‘lgan aqddan bosh tortmog‘im
darkor edi.
IX
G‘alati ziddiyat. Undan qutulishning faqat ikki yo‘li bor: yo men aqlga muvofiq deb bilgan,
oqilona narsa deb hisoblaganim men o‘ylagancha oqilona emas yoxud menga noaqliy bo‘lib tuyulgan,
g‘ayrishuuriy deb hisoblangan narsa, menga tuyulgan darajada noaqliy emas. Shundan keyin men
oqilona bilimim mulohazalarining mantig‘ini tekshira boshladim.
Oqilona bilimim mulohazalarining mantig‘ini tekshirar ekanman, ular menga mutlaqo to‘g‘ri bo‘lib
ko‘rindi. Hayot hech narsa ekani to‘g‘risidagi xulosa muqarrar edi, biroq men shu o‘rinda bir xatoni
ko‘rdim. Xato shunda ediki, mening fikrlashim o‘zim qo‘ygan masalaga muvofiq emas edi. Masala
bunday edi: men yashab nima qilaman? Ya’ni mening o‘tkinchi, bebaqo, mahv etilajak hayotimda
qanday chin narsa chiqadi? Bu cheksiz dunyoda mening cheklangan hayotimdan qanday ma’no
chiqadi? Bu savollarga javob berish maqsadida men hayotni o‘rgandim.
Qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hayot masalalarining barini hal qilsam-da, bu meni qanoatlantirmasligi
mumkin edi, chunki mening savolim boshda qanchalik jo‘n ko‘rinmasin, cheklangan narsani cheksiz
narsa bilan va, aksincha, izohlab berish talabini o‘z ichiga olar edi.
Mening savolim bunday edi: mening hayotimning g‘ayrizamoniy, g‘ayrisababiy va g‘ayrifazoviy
qimmati qanday? Bu savolga esa men bunday javob berardim: mening hayotimning zamoniy, sababiy
va fazoviy qimmati qanaqa? Shunday bo‘lib chiqdiki, xo‘p aqlimni ishlatib uzoq vaqt qiynalganimdan
keyin men «hech qanaqa» deb javob berdim.
Men mulohazalarimda doimiy tarzda cheklangan narsasini cheklanganga, cheksiz narsani cheksiz
narsaga tenglashtirib qo‘yardim. Boshqacha qilishga ilojim ham yo‘q edi. Shu sababdan mening
mulohazalarimdan chiqishi kerak bo‘lgan xulosalar chikdi, xolos. Ya’ni kuch kuchdir, jism jismdir,
iroda irodadir, hechlik hechlikdir. Bundan ortiq biron narsa chiqishi mumkin emas edi.
Matematikada bo‘ladiganga o‘xshash bir voqea ro‘y bergan edi — unda tenglamani hal qilyapman,
deb o‘ylaysanu, ayniyatni hal qilgan bo‘lib chiqasan. Mulohazalaring mantiqan to‘g‘ri, lekin javob A =
A, X = X yoki 0 = 0 bo‘lib chiqadi. Hayotimning qimmati masalasiga taalluqli mulohazalarimning
natijasi ham shunday bo‘lib chiqdi. Hamma ilmlarning bu savolga beradigan javobi ayniyatdan
iboratdir.
Haqiqatan ham, qat’iy oqilona ilm shunday ilmki, u hayot savoliga men topgan javobdan, ya’ni
mujmal javobdan boshqa javob bera olmaydi. Chunki bunday ilm xuddi Dekart qilgani kabi ishni
hamma narsaga shak keltirishdan boshlaydi, shunchaki to‘g‘ri deb qabul qilingan har qanday taxminiy
bilimlarni uloqtirib tashlaydi va hamma narsani boshidan aql va tajriba qonunlari asosida qaytadan
ko‘rib chiqadi. Avval-boshda menga shunday tuyuldiki, ilm musbat javob berdi. Bu Shopengauer
chiqargan xulosa edi, ya’ni hayot ma’nosiz narsa, u yovuz narsa. Lekin masalani tahlil qilib ko‘rdimki,
yasavob musbat emas ekan. U menga shunday bo‘lib tuyulgan ekan, xolos. Aslini olganda esa bu
yasavob braxmanlarda, Sulaymon payg‘ambarda, Shopengauerda ifodalangandek qat’iy tarzda
ifodalanadigan bo‘lsa, faqat mujmal javobdir. 0 = O degan ayniyatdir: menga hech narsa bo‘lib
ko‘ringan hayot hech narsadir. Shunday qilib ko‘rinadiki, falsafiy bilim hech narsani inkor qilmaydi, u
faqat bu masalani falsafa hal qila bilmaydi, mabodo hal qilmoqchi bo‘lsa, javobi mujmal bo‘ladi, deb
javob beradi.
Buni tushungach, yana shuni tushundimki, oqilona ilmlardan mening savolimga javob izlab
bo‘lmas edi, oqilona ilmlar tomonidan beriladigan javob masala boshqacha qo‘yilgan tarzdagina, faqat
mulohazalar doirasiga cheksiz narsaga cheklangan narsaning munosabati haqidagi masala jalb qilingan
Lev Tolstoy. Iqrornoma
Do'stlaringiz bilan baham: |