www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
Axir chindan ham, kimlarmiz biz o‘zimiz? O‘z-o‘zimizni o‘ldirishimiz zarur ekaniga amin bo‘lsak-
da, uni amalga oshirishga qurbimiz yetmasa? Eng ojiz, eng betayin odamlar emasmizmi? Boshqacha
aytganda, devona to‘rvasini hammaga peshkash qilganiday tentakligimizni hammaga ko‘z-ko‘z
qiluvchi uchchiga chiqqan bema’ni odamlar emasmizmi?
Axir, donoligimiz har qanchalik chin bo‘lmasin, biz shu donoligimiz yordamida hayotimizning
ma’nosini bila olmadik-ku? Harholda yashab kelayotgan insoniyat — millionlab odamlar hayotning
ma’nosiga shubha qilmaydi.
Haqiqatan ham, men ozmi-ko‘pmi biror jihatini biladigan hayot paydo bo‘lgan qadim-qadim
zamonlardan beri odamlar hayotning behudaligi, o‘tkinchiligi haqidagi mulohazadan xabardor holda
yashab kelyapti. Bu mulohaza menga hayotning ma’nosizligini ko‘rsatdi, holbuki odamlar unda qay bir
ma’no bor deb biladilar. Odamlar biron-bir tarzda hayot kechira boshlagan zamonlardan beri ular
hayotning ma’nosidan voqif bo‘lganlar va shu voqiflik bilan bizning kunlarimizgacha yashab keldilar.
Menda va mening tevaragimda nimaiki mavjud bo‘lsa, bularning bari ularning hayotni bilishi
samarasidir. Men bu hayotni muhokama qilishda va qoralashda muayyan fikr qurollaridan
foydalanaman. Bu qurollarning barini men emas, ular yaratgan. Men o‘zim ham ular tufayli tug‘ildim,
o‘sdim-ulg‘aydim, balog‘atga yetdim. Ular yer qa’ridan temir qazib chiqarishdi, o‘rmon kesishni
o‘rganishdi, sigirlarni qo‘lga o‘rgatishdi, otlarni o‘rgatishdi, ekin ekishni o‘rganishdi, birgalikda
yashashni o‘rganishdi, hayotimizni tartibga solishdi, meni o‘ylashga, gapirishga o‘rgatishdi. Men
bo‘lsam, ular barpo etgan bog‘ning mevasi bo‘la turib, ularning tuzini yeb, suvini ichib ulg‘ayib,
ulardan o‘rganib, ularning fikrlari va so‘zlari bilan fikr qilib, ularga xayollari ma’nosiz narsa ekanini
isbotlamoqchi bo‘lib yuribman! «Bunda allanechuk xato bor, — deyman o‘z-o‘zimga. — Nimadadir
adashyapman». Ammo bu xato nimada ekanini, nimada adashayotganimni sira topa olmasdim.
VIII
Bu shubhalarimning barini men hozirga kelibgina bir-biriga bog‘lab, ma’nolikkina qilib aytib
beryapman. U paytlarda bunday gapirib berolmasdim. U paytlarda mening hayotning behudaligi
haqidagi xulosalarim mantiqan har qancha muqarrar ko‘rinmasin, eng buyuk mutafakkirlarning
mulohazalari bilan tasdiqlanmasin, ularning qay bir jihatlari menga ancha nosozday ko‘rinardi. Bu
nosozlik mulohazalarning o‘zidami yoxud masalaning qo‘yilishidami — buni bilmasdim, faqat his
qilardimki, uning mantiqiy ishontirish kuchi benihoya mukammal, faqat bu kifoya emas. Bu
dalillarning hammasi meni inontirib, harakat qilishga majbur etolmadi, ya’ni men mulohazalarimdan
kelib chiqadigan ishni bajarmadim — o‘zimni o‘zim o‘ldirmadim. Agar bu yerda men aqlimni ishga
solib, mantiqiy mulohazalar yo‘li bilan shu xulosaga keldim va o‘zimni o‘zim o‘ldirmadim desam
yolg‘on gapirgan bo‘lar edim. Tafakkurim ishlab turgandi, lekin u bilan birga yana boshqa nimadir
ishlab turgandi. Men uni faqat birgina yo‘sinda hayot tuyg‘usi deb atay olaman, xolos. Yana shunday
bir kuch ishlab turgan ediki, bu kuch boshqa bir narsaga emas, balki ayni shu narsaga diqqatimni jalb
qilishga majbur etdi va meni nochor tushkunlik ahvolidan olib chiqib, fikrlarimni butunlay boshqa bir
yo‘nalishga solib yubordi. Bu kuch meni e’tibor berishga majbur qildiki, men o‘zimga o‘xshagan
yuzlarcha odam bilan hali jamiki insoniyatni tashkil qilmaymiz, men hali insoniyatning hayotidan
butunlay bexabarman, uni bilmayman.
Mening tegramni jips qurshab olgan tengkurlarimga qarab, men shunday odamlarnigina
ko‘rardimki, ular yo masalani tushunmas edilar, yo masalani tushunar edilaru, bu tushunganlarini
piyonistalik dudlariga ko‘mishga urinishardi; yo masalani tushunib, yashashlariga chek qo‘yishardi
yoki masalani anglab, ojizliklari sababidan noumidlik va nochorlik qo‘ynida kunlarini ko‘rishda
davom etardilar. Boshqacha odamlarni kO‘rganim yo‘q. Men uncha ko‘pchilikni tashkil Qilmaydigan
o‘qimishli, badavlat va bekorchixo‘ja odamlar toifasiga mansub edim va o‘ylardimkts ana shu toifa
butun insoniyatni tashkil qiladts qolganlar, milliard-milliard yashab o‘tganlar va yashayotganlarga esa
Lev Tolstoy. Iqrornoma
Do'stlaringiz bilan baham: |