www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
so‘nggi tomchilarga o‘xshab ketadi... Shu bois, butunlay o‘zni unutganim holda
kimningdir kundaligini mukkadan ketib mutolaa qilishga harakat qildim.
Aytgancha, halokatli tahdid xususida aytmoqchiydim. Keling uni bir taroziga solib
ko‘raylik. O'sha kuni zudlik bilan, sekingina, hech qanday keskin harakatlarsiz Xitoydan
o‘z yurtimga qaytib keldim. Ertasiga ertalab meni amerikalik tadqiqotchiga tarjimon
sifatida ishga yollagan kompaniyaga yetib bordim. Ular meni o‘z mijozlarisiz
ko‘rganlaridan nechog‘li taajjubga tushishgani tabiiy. Angladimki, ular mijozlari
to‘g‘risida hech narsa bilishmaydi. Nima bo‘lganda ham, hammasini aniqlamagunlaricha,
menga bir tiyin ham to‘lamasliklarini aytishdi. Shunda O'lik Shahardagi toshni suratga
olganim plyonkani unutib qoldirganimni esladim. Hay mayli, shunga shunchami? Ushbu
byuro menga tez kunda yana ish taklif qilishga va'da berdi. Shu daqiqada qanchalik xato
ketgan edim-a men!
Uyga kelib kundalikni o‘qishga tushdim. Dekabr tunlarining birida Zev Shia Chang bilan
tanishadigan ma'lumu mashhur «Hungshian Bingua» mehmonxonasi qarshisidagi taksi
to‘xtash joyiga yetganimda, kimdir menga qo‘ng‘iroq qildi. Bu do‘stim edi. Yana bir bor
inglizchamdagi chegaralanishni sezib qoldim. Aslida «dugonam» deyishim kerak edi,
lekin u shunchaki do‘stim va shunchaki bir qizdir. U safarim haqida so‘radi va javobimni
ham kutmay, birdan yig‘lashga tushdi va zudlik bilan huzuriga kirib o‘tishimni iltimos
qildi.
Umuman olganda, men bu kabi ayollar fojiasini hecham xush ko‘rmayman. Lekin
nimadir meni shaharni kesib o‘tib, u bilan ko‘rishishga undardi.
U davlatning yuqori mahkamasida bo‘lgani, u yerda meni o‘limga mahkum qilingani
to‘g‘risida ma'lumot olganini aytdi. Avval boshda, bu menga kulgili tuyuldi, lekin u
yig‘lay boshlagach, vaziyatning jiddiyligini angladim. Men undan qaysi tashkilotni
nazarda tutayotganini so‘radim. U o‘zini hech kimga hech nima aytmaslik va men bilan
ham muloqotga kirishmaslik haqida ogohlantirishganini aytdi. U yana ular mening
barcha rejalarimdan xabardor ekanliklari, Frantsiyaga ketayotganim, lekin hech kim
menga yordam bera olmasligi va qaerda bo‘lmay, baribir meni topib olishlari haqida
so‘zladi... Men do‘stimdan boshqa biror narsa ololmadim va umidsizlikka to‘lib uydan
chiqib ketdim.
Shu alfozda kundalik ustida o‘ylab o‘tirardim. Men Shekspir dramalarida odamlarning
osongina va tez-tez o‘lib turishlariga taajub qilaman. Boshqa bir romanda esa birgina
o‘lim sahnasiga barcha tafsilotlarini namoyish etib yuzlab sahifa ajratiladi, magar
Shekspirning uslubi alohida: Hamlet urushib halok bo‘ladi, Romeo kurashib o‘ladi, o‘nlab
boshqa odamlar ham kurashda halok bo‘lishadi va bu o‘lim birgina satrda ifodalanadi-
qo‘yadi. Judayam sodda. Va birdan ushbu soddalik meni dahshat ichra o‘rab olganini his
qildim. Bir oz chalg‘ish maqsadida, yana bir necha varaqni ochdim. «Kolumbiya
Universitetidagi uyg‘ur va turkshunoslikning yangi inqirozi chindan ham achinarlidir,
biroq haqiqatning ko‘ziga tik qaramog‘im kerak. Markaziy Osiyo va Uyg‘uriston
Amerikada ancha shov-shuvga sabab bo‘lgan, magar universitet bo‘limlarida uni bir
makon sifatida rivojlantirishni istashayotgani sezilmayotir...»
Bema'nilik! Luk g‘oyib bo‘ldi, Zev asfalasofilinga ketgan chamasi, men esa
xavotirdaman... Jin ursin! Bas!
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |