www.ziyouz.com
kutubxonasi
8
"Si Ku-tegin n'avait ete, un grande nombre d'entre vous auraient trouve la mort. Mais
mon frere Kul-tegin perit, moi-meme je me desolai..."
«Agar Kul-Tegin bo‘lmaganda, oralaringizdagi minglab kishilar o‘lim topgan bo‘lurdilar.
Kichik ukam Kul-Tegin vafot etdi, men uning uchun g‘am-g‘ussaga botdim. Ko‘rar ko‘zim
ko‘rga aylandi, bilgan ilmim noma'lum bo‘lib qoldi. O'zim esa anduh ichraman.
Parvardigor vaqtni yaratdi, inson esa o‘limga mahkum. Ko‘p yillar dardu alam meni
o‘rtadi. Ko‘zlarimga yosh kelib, yuragimga qil sig‘madi. Nahot ikki shahzoda, yosh
birodarlarim va o‘g‘illarimning, qo‘mondonlarim va odamlarimning ko‘zu qoshlari yig‘idan
ozor topsa, deya o‘ylab g‘ussaga botdim.
Yig‘laguvchilar va azadorlar kabi, Kitan va Tatabi aholisi Udar-sengunga tegishlidir. Xon
Tabg‘ach Ichi Liangga taalluqlidir. U ko‘plab sovg‘a-salom va nokerak oltinu kumush
keltirdi. Tibet xonidan bulon keldi. Ortidan, g‘arbdagi kunbotar tomondan, So‘g‘d, Fors
va Buxorodan ularning xoni Nian-syang keldi. O'n-o‘q o‘g‘illarimdan, Turg‘uzxondan
tamg‘achilar Makrach va O'g‘uz-Bilga keldi. Qirg‘izxondan Tardush Inonchi Cho‘r keldi.
Maqbara qurish, toshga o‘yib yozish uchun Xitoy Imperatorining ustasi Chyang-sengun
keldi.
Kul-Tegin Qo‘y Yilining o‘n yettinchi kuni g‘oyib bo‘ldi. Uning janozasini to‘qqizinchi
oyning yigirma yettinchi kuni o‘tkazdik. Va biz ushbu abadiy toshni o‘rnatdik...»
Rus rohibi davom etdi:
Men go‘yo o‘zimning janozamda hozir bo‘lganday his qildim o‘zimni. Biroq meniki ancha
qisqa davom etsa kerak. Hech qanday tosh va uning ustidagi yozuvsiz albatta.
Rashididdinning At-Tohariydan keltirishicha (bu kishini qaysidir bir sahroda boshlaridan
judo qilishgan), ba'zi yashirin yoki yo‘qotib yuborilgan matnga ko‘ra, Nestorialik rohib
ham ular bilan birga bo‘lgan. Ba'zida, yolg‘izlik onlarimda men go‘yo bu voqeani va uni
juda yaxshi biladiganday holga tushaman. Magar yaxshisi bas qila qoldim.
8
Judayam ta'sirchan odamman-da. Bu so‘zni to‘g‘ri ishlatdimmi-yo‘qmi, harqalay, avval
ishlatmoqchi bo‘lganim «ishonuvchan»dan ko‘ra yaxshiroq bu so‘z. Aytmoqchimanki,
meni ishontirish judayam oson. Yangi gazetaning har bir soni fikrimni o‘zgartirishi
mumkin. Ushbu murojaatnomani Yefrem Valaamovdan o‘qish uchun nechog‘li
ta'sirlanganimni tasavvur qilavering. Judayam insofli odamman shekil, lekin har bir
chaqiriq o‘zimni aybdorday his qilishimga majbur qiladi, go‘yoki vaziyatga ko‘ra harakat
qila olmayapgandayman.
Fonteneblodagi shohona parkda hayrat ichra sayr qila turib, uning chekkaroqdagi
qismiga keldim va qadim daraxtlar ostidan oqayotgan erta kuzakning tip-tiniq jilg‘asiga
tizzalab egildim. Ilk sariq bargchalar sokin oqayotgan suv yuzasida o‘ynar, bu menga
sahrodagi vohaning asta-sekin yemirilish jarayonini eslatdi. G'amgin bo‘lib qoldim. Yo‘q,
o‘zim uchun emas, balki o‘zim bilgan necha odamlarning umri uchun. Go‘yoki nafaqat
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |