Sana: Sinf: Mavzu: Ota-onaga hurmat



Download 19,6 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi19,6 Kb.
#789689
Bog'liq
ota onaga hurmat


Aim.Uz



Sana:
Sinf:
Mavzu: Ota-onaga hurmat.
Dars tipi: O’quvchilarda bilim, malaka va ko’nikma hosil qilish.
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad:Ota-onalarning ulug’ zot ekanliklari, ularning oilada tutgan o’rni haqida ma’lumot berish, mustaqil fikrlashga o’rgatish;

  2. Tarbiyaviy maqsad: Farzandlarda ota-onaga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash.

  3. O’quvchilarni og’zaki nutqini rivojlantirish.

  4. Dars davomida o’quvchilarni kasb- hunarga qiziqtirish.

  5. O’quvchilar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish.

Dars uslubi: Suhbat, ko’rsatish, eshittirish.
Usuli: Og’zaki
Didaktikasi : Darslik, magnit tasmalarga yozilgan eshittirishlar, hadis namunalari, test savollari.
Darsning borishi
I. Darisni tashkil etish.
II. O’tilgan mavzu (“Bizning oila”) yuzasidan kichik suhbat.
Savol va topshiriqlar:

  1. Oila tushunchasi izohlang?

  2. Oilada kimlar yashaydilar?

  3. Oilada boshliqlarni haqida so’zlang?

  4. Oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari qanday bo’lishi kerak?

  5. Oila a’zolaringizning nomlarini sanang?

  6. Oila a’zolaringiz qanday kasb egalari, ularning kasblari haqida bilganingizni so’zlang.

  7. Faraz qilaylik, oila a’zolaringizdan biri sizning yordamingizga muhtoj. Siz qanday yo’l tutasiz?

O’quvchilarning javoblari umumlashtirib, xulosalalanadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Ohista musiqa yangraydi.
O’qituvchi Alisher Navoiy haqidagi ibratli misollarni ayting.
Buyuk Alisher Navoiy bobomiz otani oyga, onani – quyoshga o’xshatganlar.
Ota-ona eng aziz va ardoqli insonlardir. Ular bizni dunyoga keltirib, oq yuvib oq tarab, avaylab katta qilganlar. Ular mehrini quyoshga – oyga tenglashtirish mumkin. Ota-onaning hurmatini joyiga qo’yish kerak. Ularga har ishda ko’maklashish, iltifot ko’rsatish, ularning duvolarini olish zarur. Odatda otani “ Padari buzrukvor “, onani esa “ Mehribon volida “ deymiz . Chunki, har bir inson uchun otadan ulug’ qadrdon , onadan mehribon va yaqin kishi yo’q. Ular siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko’z qorachig’idek asrab - avaylab voyaga yetkazibgina qolmasdan hamma vaqt quyosh yanglig’ hayotimizga nur ato etadilar, tunimizni yorug’, yo’limizni oydin qiladilar. Shu boisdan ham, eng go’zal dostonlar, eng yaxshi qo’shiqlar, eng yoqimli kuylarning ana shu ulug’ zotlarga bag’ishlangani bejiz emas
“Otani-quyosh, onani-Oy” deb bilgan xalqimiz ularning qadriga
yetish, ezozlash, boshga ko’tarish, padari buzrukvorining tuz haqini volidai, mehribonning sut haqini oqlash har bir o’g’il-
qizlarning vijdoniy burchi ekanligini alohida eslashimiz lozimdir.

Shu o’rinda:



  1. Ota-ona rozi – el rozi,

El rozi-ota-ona rozi.

  1. Otalar so’zi – aqlning ko’zi, -kabi maqollarini keltirib izohlash.

  2. Ota g’ayratli bo’lsa,

Bola ibratli bo’lar.

  1. Ota-ona senga qanot, - kabi hikmatlarini izohlab, oila tasvirlangan rasmlar yordamida suhbatlashish.

  2. Onajonlar haqidagi qo’shiqlardan birini qo’yib eshittirish orqali ota-ona mehri, qadr-qimmati, barcha narsadan ustunligini, ular oldidagi farzandlik burchlarini o’quvchilar qalbiga singdirish.

  1. Mustahkamlash :

Ota-onalar bilan munosabatning qoidasi nimalardan iborat?
Birinchi doimo ota-onaga hurmatga bo’lish.
Ikkinchi: ular uchun dunyoning barcha boyligini ham ayamaslik.
Uchinchi: ota-onaga ularning hurmatini bajo keltirganingni aslo eslatmaslik.
To’rtinchi: ularga g’azab qilmaslik.
Beshinchi: ota va ona bilan gaplashganda yuzni burushtirmaslik.
Oltinchi: ota-onaningga barcha istaklarini bajo keltirish.
Yettinchi: ota va ona bilan suhbatlashganda ovozini baland ko’tarmaslik.
Sakkizinchi: ota-onani muqqaddas deb bilish, chunki barcha go’zalliklar o’shalar tufaylidur.
Dars so’ngida o’quvchilar baholanadi.



  1. Uyga vazifa.

Ota-ona haqidagi hadislardan namunalar yozib kelib, yod olish.
Download 19,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish