www.ziyouz.com
kutubxonasi
14
ma'lumotga ega bo‘lsam, shuncha kam biladiganganga o‘xshayveraman. Odam senga
qancha yaqin bo‘lsa, uni shuncha yaxshi bilmaysan, deganlari to‘g‘rimi yo? Mana,
masalan, o‘zim meni shu turklar bilan ovorai sarson qilib qo‘ygan Lukni yaxshi
bilamanmi o‘zi? Afsuski yo‘q.
Bambergdagi mehmonxonada Iso Masih haqidagi kitobni o‘qir ekanman, Lukning oilasiga
maktub yozishga qaror qildim. U to‘g‘risidagi eng so‘nggi xabarlarni hisobga olmaganda,
balki ular Luk va Zev haqida biror yangi narsa deya olishar. Chunki Lukning taqdiri
Zevniki bilan juda o‘xshash bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
O'shandan keyin, ertasi kuni Zev mehmonxona yaqinidagi tungi klubga boradi. Qizil
kiyimdagi kishi uni kutib olib, pastga boshlaydi. Sayohatlarga boy hayotida Zev ko‘plab
tungi klublarda bo‘lgan, lekin bunisi bo‘lakcha edi. Balki xitoycha musiqa, sharqona atir
hidi va yoki Shia Changning kutilmaganda qorong‘ilik va sirlilik ichra ushbu klubning
g‘aroyib egasi kabi paydo bo‘lishimi, ishqilib, nimadir uni butunlay esankiratib qo‘yadi.
Tomirlarida oqayotgan toza yaqudiy qonmidi yoxud ajnabiyga xos tuyg‘umi, uni yaxshisi
bu yerga kelmagani ma'qulligini aytib turgan. Shia Chang uni alohida xonaga boshlab
kirib, xizmatkorga Xitoy vinosidan keltirishni buyuradi. U «xo‘p» degancha chiqib ketadi.
Xizmatkor stolni tuzata boshlar ekan, Zev bir-ikki so‘m puli uchun Shia Changni
ayblagani yodiga tushib, ancha xijolat bo‘ladi. Qiz judayam saxiy bo‘lib ko‘rinadi unga.
Stolga xilma-xil Xitoy meva-sabzavotlari va turli-tuman vinolari qo‘yiladi. Avval qiz iliq
so‘zlar aytadi va birga qadah ko‘tarishadi. Xitoy vinosi ancha achchiq ekan. Zevning
boshi aylanib ketayozdi. «Shu hayhotday joy senga qarashlimi?» - so‘raydi u ovozini
ko‘tarib. «Yo‘q, men bunda shunchaki bir raqqosaman», - javob beradi qiz. «Xo‘sh, kim
uchun raqsga tushasan?» - so‘raydi Zev darhol. «Senga o‘xshaganlar uchun». Bu
haqoratmidi yoki rag‘bat? Zev jim qoladi, chunki uning ko‘z o‘ngida behayo
romanlardagi yalang‘och haqiqat namoyon bo‘lgan edi.
17
Bir hafta ichida men Lukning sevgilisidan maktub oldim. Ha, bu hozirgi kunda ham tez-
tez uchrab turadi. Men sevgililarni nazarda tutyapman. Buning ustiga, qiz amerikalik
leydi bo‘lib, ota-bobolari muqaddas g‘ordagi Shahzoda ota va ona bo‘ridan tarqagan
turklarnnig eng qadimiy manzilgohlari sanalmish Oltoydan bo‘lishgan. Qiz buni faxr bilan
yozibdiki, uning sevgilisi izlanish olib borgan xalqlar tarixi bilan qiziqishimdan birmuncha
xabari bor edi. Uning yozishicha, afsuski Lukdan hech bir xabar yo‘q, u hali ham ta'qib
ostida va garchi Amerika Elchixonasi Xitoy hukumatiga protest bilan murojaat qilgan
esa-da, u bilan ko‘rishish uchun hech kimga ruxsat berilmayotgan emish. Qiz men bilan
uchrashish istagini bildiribdi, chunki ular uchun Lukni hibsga olishlaridan avval u bilan
oxirgi marta ko‘rishgan inson men edim. Qizga faks yubordim va hafta o‘tib u bilan
Nyurnbergda ko‘rishdik.
Avval boshdan men o‘zimni aybli seza boshladim, chunki u bilan ko‘rishganimiz ondan
boshlab, behayolarcha qizni o‘zimga qaratishga urindim. Mening o‘rnimda boshqa kishi
bo‘lganda ham shunday qilgan bo‘lardi: kelishgan jononlar kabi qiz mendan balandroq,
haddan ziyod go‘zal va sarvqomat edi. Yana deng, u men bilan ko‘rishgani keldi. Ayni
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |