www.ziyouz.com
kutubxonasi
12
shunda jangarilar yig‘isini ko‘rdim. O'lgan birodarlari uchun uvvos solib yig‘lashar edi
ular. Keyin qichqirib osmonga qarata o‘q otishdi, so‘ng komandir bizga bolg‘a va qalin
o‘tkir pichoq berishni, menga inglizchada, Liga esa xitoychada, halok bo‘lgan birodarlari
ismi, tug‘ilgan va o‘lgan yilini qoyatoshga o‘yib yozishni buyurdi...
13
Zevning kundalik daftari menga yod bo‘lib ketdi. Undan Shia Changning birinchi bor uni
tashlab ketgani, ertasiga intizorlik bilan qizning qo‘ng‘irog‘ini kutishi, qiz esa bir kun o‘tib
qo‘ng‘iroq qilgani, ularning tungi izvoshda ko‘rishishgani, Zevning qizni o‘pgani-yu,
aldanib qolgani haqidagi tafsilotlar ayon edi menga. Bu chindan ham aytsa arzigulik
hikoyadir. Navbatdagi uchrashuvda Zev qizdan uyiga kelishini qattiq turib iltimos qildi.
Avvaliga qiz singlisini bahona qilib ko‘nmadi. Lekin darhol nimadir xarid qilish uchun
Zevdan pul berib turishni so‘rab, taksiga o‘tirdi-da, magazinga ketdi. Zev uning
qaytishini sabrsizlik bilan kutdi, oradan besh daqiqa o‘tdi, o‘n daqiqa o‘tdi, biroq qiz
qaytib kelmadi. Ular zim-ziyo qorong‘ilikda shahar tashqarisidagi kimsasiz bir joyda
edilar, 15 daqiqa o‘tgach, Zev bezovta bo‘la boshladi, churq etmay turgan haydovchi
birdan toqati toq bo‘lib, soatiga ishora qildi. Zev undan qiz qaerda qoldi, deb so‘radi
inglizchada. Haydovchi inglizchani bilmasa-da, lekin savol mazmunini ilg‘adi va imo-
ishora bilan qizning ketib qolganini tushuntirdi. Ketgan bo‘lsa qaytardir, so‘radi u yana.
Yo‘q, dedi haydovchi. Unday bo‘lsa, nega bu yerda qaqqayib turibmiz? Zevning kayfiyati
tushib ketdi, qanday bema'nilik, dedi u. Haydovchi yelkasini qisib qo‘ydi.
Ertasi kuni qizga qo‘ng‘iroq qilganda, u yomg‘irdan keyingi osmonday toza va bokira
tutdi o‘zini. Zev uni na pul va na aldangani uchun aybladi, birgina «yana qachon
ko‘rishamiz», deb so‘radi. Qiz tayinli bir kunni aytdi, lekin bu safar tungi klubda
uchrashishga kelishdilar.
14
Garchi ular o‘chib ketgan matnga ishora qilishgan bo‘lsa-da, na Zev, na rohib Valaamov
Kultegin janozasi to‘g‘risidagi hikoyani davom ettirdi. Shuni qo‘shimcha qilishim kerakki,
Abo Yefremning kitoblaridan birida Shahzoda maqbarasining ta'rifini uchratgandim. U
to‘rt yuz fut maydonni egallagan xitoycha uslubdagi binodan iborat edi. Asosiy
darvozalarning ikki tarafida bir-biriga qaratib qo‘yilgan qo‘chqorlarning marmar haykali
qad rostlagan. Ichkariga tomon ketgan tor yo‘lakning oxirida hovuz bo‘lib, uning yonida
o‘yib yozilgan mashhur tosh bor edi. Bu tosh kattakon marmar toshbaqa ustiga
o‘rnatilgandi. Orqa tomondagi maqbaraning o‘zi ham ajoyib me'morchilik uslubi bilan
shoh san'at asari kabi ko‘rilmishdi. Kul-tegin va uning ayoliga bag‘ishlab ishlangan surat
va haykallar ibodatxonaning ichki tomonini bezab turardi. Tashqi tomonda muqaddas
qadamjoning atrofida Kul-tegin jangu jadallarda o‘ldirgan minglab odamlarga o‘rnatilan
tosh haykallarni ko‘rish mumkin edi...
Biroq Karpini kitobiga yozgan sharhida rohib Valaamov Abulg‘ozixon va At-Tohariyni
Manixey va Zardushtiylarga oid matnlarni tarjima qilgan allomalar sifatida alohida
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |