www.ziyouz.com
kutubxonasi
13
ta'kidlab o‘tadi. Shuningdek, u xitoy qo‘lyozmalari, jumladan, Gan-mu va boshqalar
xususida to‘xtaladiki, ko‘plarining nomi esimda qolmagan. Shu yerga kelganda, Abo
Yefremning aytishicha, hikoya kutilmagan bir uslubda davom ettiriladi, u «yashirin»
degan so‘zni qo‘llaydi bu borada.
15
Men Abulg‘ozixonni o‘qigandim, lekin At-Tohariyning «Tazkiratul-g‘aroyibatul-qadim»iga
taalluqli hikoyaning boshlanishini topib oldim. Yana qaerda deng, Parijda emas,
Fontenblodan ko‘chib o‘tganim Bavariyaning Bamberg shahrida. Katolikshunoslik
bo‘limida mijozim bo‘lmish Luk AQShga ketishidan oldin o‘sha Tazkiraning nusxasini
berdi. Bu haqda keyinroq aytib berarman. Avval Kul-tegin azasidan so‘ng nima sodir
bo‘lganidan so‘zlasam. At-Tohariy juda islomiy, badiiy bir yo‘sinda aza hikoyasini
quyidagicha davom ettiradi:
«Sakkizinchi kun Bilga-xoqon o‘zining oppoq shohona chodirida barcha mehmonlarini
jamlab, ularga hamdardliklari uchun minnatdorchilik bildirdi, so‘ng u dono vaziri
Tongyuquqqa murojaat qilib dedi:
«Men dunyoning to‘rt burchini ishg‘ol qildim, biroq suyumli jigarim Kul-Tegindan judo
bo‘lganimdan buyon, bu ishdan qoniqish hosil qilmay qo‘ydim. Men kurrai zaminda
necha o‘lkalarni o‘z tasarrufimga oldim, men makonni qo‘lga kiritdim, lekin zamon
tutqich bermadi. Siz to‘rt tomondan kelgan eng aqlli kishilarsiz, vaqt ustidan qanday
qilib g‘alaba qozonish mumkinligini aytishingizni istayman. Bu ishni o‘zingiz boshlab
bering. Siz atrofimdagi o‘nta chodirda qolib, yo‘qotish neligini bilmaydigan sirli bir
dushman bilan olishgaysiz. Shu tariqa jahonnnig bori donoligini menga bildirgaysiz va
men uni abadiy toshlarga o‘yib yozgum...
Dono Tongyuquq chuqurdan chuqur g‘am-anduh ichra jim qoldi...»
Keyinchalik yozmishlarida At-Tohariy Bilga-xonni butparastlikda ayblaydi, Bilga, deb
yozadi u, tumanlik va jaholat ichra yashardi, magar u dunyoning turli burchidan
janozaga yig‘ilganlar - Udar-sengundan kelgan Xitan va Tatabi, Tabg‘achxon nomidan
keraksiz oltinu kumush keltirgan Ichi Lyang, Tibetxon tarafdan tashrif buyurgan
bulonlarning taqdiri nima kechgani to‘g‘risida hech narsa demaydi. Orqa tarafdan,
g‘arbdagi kunbotardan, So‘g‘d, Fors va Buxorodan kelganlarning, Nyan-syang xonning
o‘g‘li, Turgishxon tarafdan O'n-o‘qning o‘g‘illari, tamg‘achilar Makrach va O'g‘uz-
bilgalarning ahvoli ne kechdi?
U hatto bu kishilarning garovga olinganligi xususida ham lom-mim demaydi.
16
Ba'zan Gumbazli Ibodatxonaga qaragan deraza yonida o‘tirib o‘sha odamlar haqida
o‘yga cho‘mar ekanman, menga shunday tuyuladiki, ular haqida qancha ko‘p
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |