www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
rahmoniy va shaytoniy kuchlarning nima sababdan to‘qnash kelganini, yorug‘lik va
zimiston kuchlarining uchrashganini, yorug‘lik va qorong‘ulik qanday qilib bir-biridan
ajratilganini va undan keyin nima bo‘lganini bilardik...»
So‘g‘dning Manixey Shahzodasi ushbu parchani Berke tilmochga tushuntiraman deb
qiynalib ketdi. Umri bino bo‘lib Berke ikki bora Xurosonni ishg‘ol qilishga borgandi va
garchi u maqsadiga erisholmagan bo‘lsa ham, bir qancha asirlarni qul qilib oladiki,
ularning bari Otukanga borishdagi uzoq yo‘lda halok bo‘lishadi. Shu boisdan Berke So‘g‘d
Shahzodasining eng yaxshi tilmochi sanalardi. U bir necha yuz so‘g‘dcha so‘zlarni bilar,
lekin Mani dinining hamma uchun ham tushunarli bo‘lmagan bezakli yozuvlari
mazmunini unga tushuntirib berish oson ish emasdi. Yorug‘lik va qorong‘ulik o‘rtasidagi
munosabatni unga qanday qilib tushuntirsa bo‘ladi? Shahzoda Mani diniga e'tiqod
qiluvchilarning ibodatnomasi «Huastuanift»ning eng oson parchasini to‘g‘ri tarjima
qilganiga unchalik ishonmayotgandi, shuning uchun undan qayta-qayta o‘girishni
so‘rayverdi.
Berkening bunga sabri chidamadi, jahli chiqdi, lekin u Bilga-xoqon va uning farosatli
maslahatchisi Tongyuquqning dunyodagi eng aqlli so‘zlarni huzurimga keltiring, degan
buyrug‘ini bajarishi lozim edi. Muloyimligi uni ushbu la'nati so‘zni qayta tarjima qilishga
majbur qildi, yo‘qsa, bu yigit bir qilich zarbi bilan boshini tanasidan judo qilishi hech
gapmas. U «Tangri» dedi va osmonga ishora qildi, «arig‘» deya odam qanday qilib qo‘l
yuvishini namoyish etdi, so‘ngra o‘sha so‘zlarni qaytarib, ularning birgalikda qo‘llanishi,
ya'ni Allohning pokligi ma'nosini aytdi. Shundan keyin u eski asirlarining biridan ilib
olgan yana bir so‘zni aytdi - «nomug‘» - «buyruq». Ushbu so‘z Shahzoda tushuna
oladigan va rohat qiladigan yagona so‘z edi. «Men bilaman» - dedi Berke so‘g‘dchada.
«Biz bilamiz» deya to‘g‘irladi uni Shahzoda. Berke uni tushundi, boshini qimirlatib, o‘z
tilida nimadir dedi, lekin Shahzoda Berkening «Biz bilamiz» dedimi yoki Shahzodaga
ishora qilib «Siz bilasiz» dedimi, tushunmay qoldi. Shahzoda ikki bora ularning
hammalari bilishiga ishora qildi va Bilga-xon va Tongyuquqning nomlarini eslatdi. Berke
esa yana boshini qimirlatdi - Xudo biladi nega - va so‘g‘d tilida «Yashasin» dedi.
Shahzoda hozirgina eshitgani barcha so‘zlarning ma'nosini chaqishga urindi. Berke uni
xursand qilishga va bu qurgur mashg‘ulotni tezroq tugatishga intildi, qaniydi hozirning
o‘zida ochiq sahroga, boshi oqqan tomonga qochib qutula qolsaydi...
Bu kabi har xil o‘ylar qurshovida ikkilari ham O'n-o‘q qabilasidan bo‘lgan Makrach va
O'g‘uz-Bilganing xoxolab kulayotganini eshitishdi...
27
Fiona haqida o‘ylash uchun vaqtim yetarli edi. U aqlliligi bilan boshqa ayollardan farq
qilardi. Men o‘zimni ayolga o‘ch odam deb hisoblashlarini istamayman, lekin nimani
nazarda tutayotganimni tushuntirib bersam, meni tushunasiz, deb o‘ylayman. Turk
urug‘laridan tashqari Fionaning o‘tmishda nemislarga bog‘liq jihati ham bo‘lib, yo bobosi,
yo otasi nemis bo‘lgan. U falsafiy tafakkurni - men bilgan ayollar orasida kam
uchraydigan ochiqlilik, samimiylikni meros qilib olgandi. Ha, menimcha, ayollarning
asosiy kuchi aqllilikda emas va Fiona turklarga xos yovvoyiligi bois bunday toifa
yaralmishlarning eng yaxshi va muloyim bir namunasi edi. Faqat, avval aytganimday,
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |