www.ziyouz.com
kutubxonasi
18
tuproqqa belanib yotgan eshakka ishora qildi. U mustangni jilovladi va ot oldingi
oyoqlariga yotib, boshini tuproqqa qo‘ydi. Umrim bino bo‘lib bu jilovlangan otning
boshidan-da g‘arib bir narsani ko‘rgan emasman. Shundan so‘ng o‘gay otam oldimga
kelib, kutilmaganda menga pul uzatdi: «Ma ol, kechki kurslaringga to‘larsan». Tavba,
pulim yo‘qligini qaerdan bildiykin? Men hech narsa so‘ramay, yetarli pulim bor, deya uni
qaytarishga tushdim, lekin otam majburlagach, pulni oldim va «Singlimga berib
qo‘yarman» deya pichirlagan bo‘ldim...
Tongga yaqin Li hammayoqni tepib, odatiy karatesini boshladi, qo‘riqchilarimizdan
birining muzday suvning ustimizdan sepib yuborganidan, mening uyqum ham buzilib
ketdi. Tomas Sterns Elliot aytganiday: «Odam sharpasi kelmay uyg‘oting, so‘ng
cho‘kaylik»...
22
O'tgan davr ichida kashf etganim shu bo‘ldiki, asirga tushish kurortda dam olgan bilan
bab-barobar ekan. Men tushlar nuqtai nazaridan aytyapman. Qancha ko‘p
rohatlansangiz, shuncha uzoq o‘tmishdagi xotirotlar tushingizda namoyon bo‘ladi.
Yashab turgan kuningizni-da tamoman unutib qo‘yasiz - go‘yoki ruhingizdagi eng
yashirin tugunlarni yechib yuboradigan chuqur bir kechmishlar ichiga sho‘ng‘iganday
bo‘lasiz. Harqalay, menda shunday kechdi.
Men Bambergda Fiona bilan qilgan gunohimni esladim. U bilan ko‘chalar va yo‘llar
bo‘ylab aksimizni goh do‘kon oynalarida, goh daryolarda ko‘rgancha piyoda yurganimiz,
hayotning o‘zi kabi noaniq mavzularda suhbat qurganimiz, tez orada Zevning akasi ikki
oycha arxeologiya muzeyi a'zosi sifatida yashab turgan Kot-d-Azur tomondagi Antibsga
kelib qolganimiz yodimga bir-bir kela boshladi. Tushimga nima kirganini anglay
olmasdim: qumli plyajlar, issiq dengiz, arzon va mazali restoranlar, Avliyo-Margaret va
Avliyo-Honore deb atalmish yovvoyi orollarga sayohatimiz, yoxud jazirama tunlardagi
tong va muhabbat oralig‘idagi orzularim, quyosh tig‘ida chang va issiq tuproq kechgan
bolalik yillarim, yoxud balki Noam har ikkimizga aytib bergan tarixiy rivoyatlar, Fiona
haqidagi xotiralar...
Aka-ukalar o‘zlarining birodarliklari haqida bolalikdan bo‘lak nimayam bilishardi? Opa-
singillar-chi? Deyarli hech nima. Biz Noamga ukasininig kundaligi haqida og‘iz ochmadik.
U Zev oshqozon kasalidan chet elda vafot etgan deb yurarkan. Lekin mutaxassis sifatida
u bizga shunday bir narsani so‘zlab berdiki, bu Zevning butun kundaligidan ham
qimmatliroq edi.
23
«Alovuddin» restoranida u bizga talabalik yillari haqida gapirib berdi. O'sha paytlarda u
Quddusda emas, balki Leningradda yashar, ismi ham yashirincha Noam emas, oddiygina
Nikita edi. Shuningdek, u Zev bilan qondosh bo‘lgan. Otasi rus edi, shu bois uning asrlar
osha sayqallashgan, qadimiy yahudiy qoni alal-oqibat rus qoniga aralashib ketgan va bu
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |