Mashxur kompaniyalarning marketing tarixidagi ahmoqona xatolari



Download 1,41 Mb.
Sana21.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#831780
Bog'liq
6 ta xato marketingda

Mashxur kompaniyalarning marketing tarixidagi ahmoqona xatolari

Ro’zimbayeva Muhayyo

1. Dove: Ratsist reklama

2017-yil Dove kompaniyasi o’zining Facebook sahifasida mahsulotini reklama qilib bir rasm qo’yadi. Rasm 4 qismdan iborat bo’lib, birinchi 3 qismda Afro-amerikalik qora tanli qiz futbolkasini yechayotgan holati va 4-qismda futbolkani yechgandan so’ng boshqa bir oppoq qizning rasmi. Bu rasm huddi Dove yuvinish vositasidan foydalangan qora tanli qizning oq qizga aylanib qolganidek tasavvur uyg’otadi.

2. Coca Cola: Buzilmagan narsani tuzatishga harakat

Ko’pchiligimiz reklamalarini yoqtirib tomosha qiladigan Coca Cola kompaniyasining bu xatosi, marketingda qilingan xatolar ichida klassik hisoblanadi. Kompaniyaning tadqiqotchilari xaridorlar ko’proq Pepsining shirinroq ta’mga ega ichimliklarini afzal ko’rishini aniqlaydi va 1985-yilda formulasi o’zgargan ‘New Coke’ni taqdim qiladi. Yangi Coke omma tomonidan keskin salbiy qabul qilinadi. Yillar davomida sevib iste’mol qilib kelgan ichimlikning ta’mi butunlay o’zgarishi hech kimga yoqmaydi. Kompaniya ‘New Coke’ni sotuvdan qaytarib olishga majbur bo’ladi. Original formula bilan ishlab chiqarilgan Coke yana bozorga qaytadi. Bu safar unga ‘Coca Cola Classic’ deb nom beriladi.

3. Facebook: Puerto Rikoga VR sayohat

Facebook qilgan eng qo’pol xatolardan biri 2017-yil Puerto Rikoda o’zining yangi VR (virtual reallik) mahsulotini ommaga tanishtirishda yuz bergan. Mark Zukerberg va Facebookning VR bo’limi boshlig’i yangi mahsulot imkoniyatlarini tanishtirish uchun Puerto Rikoga virtual sayohat qiladi. Ayni paytda, Puerto Riko tarixidagi eng katta to’fon hisoblanmish Maria To’fonidan aziyat chekayotgan edi. Virtual sayohatda dastlab Puerto Rikoning tabiat manzaralari ko’rsatilib, birozdan so’ng Zukerberg va hamkasbining animatsion avatarlari vayronalar ustida paydo bo’ladi. To’fon oqibatida vayron bo’lgan binolar ustida jilmayib yurgan Zukerberg shunday so’zlarni ishlatadi: «Bu VR mahsulotning mo’jizaviy tomoni shundaki, u siz ko’rayotgan joyingizda rostdan ham bo’lgandek haqiqiy hissiyotni taqdim qiladi». Bu ham yetmaganidek, ikki hamkasb ‘high-five’ qilishadi. Falokatga uchragan odamlarga hamdardlik bildirish o’rniga, Zukerbergning xursand holatda mahsulotning namoyish qilishi keskin qarshilikka uchraydi.

4. GAP: 6 kunlik re-brending

Mashxur brendning logotipi 6 kunga yangilanib yana o’z holiga qaytgani haqida eshitganmisiz? Bu marketing xatosi kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi GAP kompaniyasiga tegishli. 2010-yil Oktabr oyida GAP o’zining yangilangan logotip taqdimotini o’tkazadi. Logotipda uning o’ziga xos Serif fonti Helvetica fontiga o’zgartirilib orqadagi rang juda ham kichiklashtiriladi. Yangi logotipga reaksiya shunchalik yomon bo’ladiki, 6 kundan keyin GAP yana o’zining eski logotipiga qaytadi

5. Timothy’s Coffee: Va’da berdingmi bajar

Kanadaning yirik kofe kompaniyasi, Timothy’s Coffee, ijtimoiy tarmoqlarda o’zining obunachilarini ko’paytirish maqsadida obuna bo’lgan har bir odam uchun tekin kofe aksiyasini o’tkazadi. Aslida 2 hafta davom etishi kerak bo’lgan bu aksiya 3 kunga bormay yakuniga yetadi. Sababi – Timothy’s Coffeening zahirasidagi hamma kofe yangi qo’shilayotgan obunachilar soni ko’pligidan tugab qoladi. Albatta, ijtimoiy tarmoqlarda ko’plab kuzatuvchilarga ega bo’lish uchun turli aksiyalar (kupon, sovg’a, tekin mahsulot va h.k.) o’tkazish samarali usullardan biri hisoblanadi. Lekin Timothy’s kabi hisob-kitob qilmasdan va’da berib bajara olmay qolish, brend imidjini tushirib yuboradi. Timothy’s Coffee ham aksiya shartlarini bajara olmagani uchun barcha iste’molchilardan uzr so’rashga majbur bo’ladi.

6. Pepsi : Noto’g’ri tarjima

Coca Colaning asosiy raqibi hisoblanmish Pepsi kompaniyasi ham marketingda katta xatolarga yo’l qo’yishdan mustasno emas. Pepsi ilk bor Xitoy bozoriga kirib borganda, o’ziga quyidagicha shior tanlaydi: «Pepsi sizni hayotga qaytaradi». Bu ibora Xitoy tiliga tarjima qilinib reklama qilish boshlanadi. Pepsi hodimlari tarjimada xato borligini esa ancha kech anglab yetishadi. Tarjimada kichik xato bo’lsa ham mayli edi, ibora umuman boshqacha qilib tarjima qilingani ma’lum bo’ladi – «Pepsi sizning ajdodlaringizni qabrdan tiriltiradi».


Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish