www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
«9 yanvar
Men o‘tgan asrning so‘nggida bu yerga kelgan rus rohibi Yefrem Valaamov
(Valaomov?)ning oxirgi maktubini topib oldim. Taxminim to‘g‘ri chiqdi. Uni
zaharlashgandi. Mana uning mak...»
Uzr, telefonimni avtomatik javob berish qurilmasiga o‘tkazish yodimdan ko‘tarilibdi.
Kundalikni ochiq holda qoldirib, go‘shakni ko‘tarishga turdim. Bu meni Luk uchun ishga
yollagan firmaning boshlig‘i ekan. «Bilasizmi, - dedi u, - siz uchun ikkita yangilik bor,
yomoni shuki, Lukni qo‘poruvchilik harakatlari uchun hibsga olishibdi, yaxshi yangilik
esa, siz ayni shu falokatdan qochib qutulibsiz, qandingizni uring erkinlikda. Yana bir
boshqa xabar ham bor, lekin buning sizga aloqasi yo‘q, deb o‘ylayman. Siz Urumchidan
chiqib ketgan kun beshta joyda ommaviy portlashlar yuz bergan.» Men uchun ikkinchi
yangilik muhimroq edi: bu bilan boshliq menga bir miri ham to‘lamasligiga ishora qildi.
Lekin shunday bo‘lsa-da, mening butun xayolim boshqa bir rus rohibida edi...
7
Keyingi 2 hafta ichida Salmon Rushdiyning hayotini yashaganday bo‘ldim: men Xitoyga
ketgan do‘stimning kvartirasiga ko‘chib o‘tib, har tun uning velosipedi bilan eshigimni
barrikada kabi to‘saman, har lahza o‘limimni kutib yotaman. Nihoyat Frantsiyaga viza
oldim va asarlarini o‘zimizning tilimizga o‘girganim do‘stimnikiga yetib kelgachgina, shu
yerda, ya'ni Fontenebloda yaqin o‘tgan kunlardagi hayotim haqida o‘ylashga imkon
topdim. Charm kresloda sokingina o‘tirarkanman, ayni paytda, inson falokat va
sokinlikka juda tez ko‘nikarkan, deya o‘ylardim. Kecha ustasi farang jinoyatchiday
bekinib yurib edim, bugun esa birovning kundaligini, so‘nggi maktubini o‘qish imkonim
bor.
«Milostiviy gosudar,
smeyu nadeyatsya, chto sie poslanie zastanet Vas v dobrom zdravii i blagopoluchii,
darax naimenee tsenim
ы
x, pokuda sudba ne kosnetsya svoey shershavoy desnitsey...»
Ha, xat ruschada bitilgan va Zev uni tarjima qilib o‘tirmay nusxa ko‘chirib olgan edi. Men
ham 19-asrga oid bu uslubni saqlagan holda tarjima qilolmasam-da, boshlanishini urinib
ko‘raman: «Marhamatli Janob, umid qilishga haddim sig‘diki, ushbu xabar sizni sog‘lom
va farovon holda topajak, eng qadrsiz iqtidorlilik, taqdir o‘zining beo‘xshov o‘ng qo‘lini
sizga tekkizgunga qadar...» Ruschada bu yanada jimjimador va antiqa. Shunchalik
beo‘xshovki - ba'zi falsafiy narsalardan so‘ng u yana yozadi:
«Fonusda nurni saqlab turganingiz uchun tashakkur. Menga yuborganingiz V.
Tomsonning oxirgi kitobi nihoyatda qimmatli mukofot bo‘ldi. U eng qo‘rqinchli
vaziyatlarda ham yashashim uchun kuch-quvvat berib turibdi. Nazarimda u bir necha
xarakter va so‘zlarni tahlil qilishda xatoga yo‘l qo‘ygan, lekin umuman olganda, u juda
zo‘r bir ishni nihoyasiga yetkazdi. Ayniqsa, menga Kul-Teginnig so‘nggi parchasi ma'qul
keldi:
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |