www.ziyouz.com
kutubxonasi
2
Boshqa paytlar biz faqat o‘tiramiz, ba'zan kitob o‘qiymiz, so‘zlashishga ruxsat yo‘q, lekin
qochib ketgan ba'zi meteorologistlardan qolgan shaxmatni o‘ynamoq mumkin. Qiziq,
lekin odam zoti har narsaga ko‘nar ekan, faqat taqdirim shu ekan-da, deya o‘ylansagina,
bunday turmushga ko‘nish oson kechadi. Miyangiz bo‘sh, na qo‘rquv va na umid hissi
mavjud. Yolg‘iz, yupun holdagi bema'ni umr. Boshqa hollarda siz bunday sharoitda
bo‘lish qanchalik hayajonli ekani va uning mavjudlik borasidagi tajribangizni ne qadar
boyitishi haqida o‘ylagan bo‘lardingiz. Hafsalangizni pir qilishga to‘g‘ri keladi. Yon atrofda
nuqul bir xillik. To‘g‘risini aytganda oradan faqat bir oy o‘tib, o‘zimga nima bo‘lganiligi
haqida o‘ylashga va tahlil qilishga harakat qilyapman. Nega men bu yerga tushib
qoldim? Dunyodagi eng baland tog‘lar orasida, noma'lum bir joyning qoq o‘rtasida,
qandaydir sabab bilan urushib yurgan g‘azabnok odamlar orasida nima qilib yuribman
axir? Men o‘zi kimman?
2
Bundan ikki yil avval Shinjon - Uyg‘uristonda Indianadagi katolik institutidan kelgan
amerikalik islomshunos olimga tilmoch edim. Shinjon qaerdaligini bilasizmi? Bu Xitoyda,
Tibet bilan Markaziy Osiyo oralig‘ida joylashgan. Shunday qilib, Sharqiy Turkistonning
borgan sari xitoylashib borayotgan turli o‘lkalariga bordik. Biz qadimgi qo‘lyozmalarni
axtarib yurardik. Balki g‘oyat keng sahroning bir qancha vohalarini kezib, istalgan dinga
oid qo‘lyozmalarni topish mumkin, demoq ham to‘g‘ri bo‘lar, negaki amerikalik do‘stim
aytganiday, qadimgi uyg‘urlar va ularning ajdodlari - qadimgi yoki Ko‘k Turklari barcha
dinlarga e'tiqod qilganlar. Luk Amerikadan olib kelgan bir necha buddist tarjimon bilan
bir qatorda biz ham Ho‘tandan 17-sasrga taalluqli qo‘lyozma sotib oldik. Bu dastlabki
Manixey matnlarining to‘plami edi. Qashg‘ar tomonga jo‘nar ekanmiz, bir juft Islomga
oid kitob ham topib oldik va... uzr, alahsiyapman...
Biz Turfonni sayohatimizning so‘nggi nuqtasi, deya belgilab oldik. Lukning aytishicha,
Turfon o‘zining joylashish o‘rni bilan mashhur. U dengiz sathidan taxminan 150 metr
pastda joylashgan. Luk yana bunday pastliklarning din va diniy qo‘lyozmalar bilan
qandaydir aloqasi mavjud ekanligini aytdi. U biznikidan-da quyiroq bo‘lgan O'lik dengizni
misol qilib keltirdi. Kelishuvimizga ko‘ra, men oldinroqda borib, ba'zi narsalarni
aniqlashim, aloqa bog‘lashim va uchrashuv tashkillashtirishim lozim edi. Erta azonda Luk
Urumchi muzeyiga, men esa turist sifatida olti nafar xitoy (nazarimda ularning bari
xavfsizlik xizmati xodimlari edi) bilan Turfonga qarab ketdik. Shu bo‘yi Lukni qaytib
ko‘rmadim...
3
O'sha kuni havoning avzoyi haddan ortiq buzuq, qattiq shamol esar, qumlar uyumining
sahro va pasttekisliklar orasida uchib yurishi tabiiy bir holday edi. Har holda, endi yarim
yo‘lga yetganimizda, kuchli shamol mashinamiz bilan birga ko‘tarib chetdagi shag‘alliklar
ustiga uchirib yubordiki, qandaydir mo‘‘jiza tufayli hayhotday sahroning qoq o‘rtasida bir
o‘limdan saqlanib qoldik. Shu yerning o‘zida kattakon ko‘zoynak taqqan va o‘zini
sevgilisini bag‘riga bosayotganday qilib ko‘rsatayotgan maxfiy agentning siri ochilib qoldi
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |