www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
o‘zimning janozamda, balki barchamizning umumiy hayotimiz janozasida
qatnashayotganday chuqur qayg‘u ichra qoldim...
9
Daraxtning to‘kilgan bargi misol sirli O'limning jilg‘asi aro surilib borar edim. Kim meni
o‘ldirmoqqa qasd qildi? Nega? Nahot, ma'lum bir nuqtadan, ya'ni Luk bilan hamkorlikni
boshlaganimdan beri hayotimdagi har bir narsa o‘lim haqida kechgan bo‘lsa? Qanday
xato o‘tdi axir?
Bu savollarmi yoxud qiziqqonligim, bilmayman, qo‘limda mavjud barcha ma'lumotlarni
tekshirishga undagan narsa nima ekan, har qalay o‘shandan beri vaqtimning asosiy
qismini Parij kutubxonalari va muzeylarida o‘tkazdim. Avval Yefrem Valaamovdan
boshladim.
Men uning bir qancha maktublari, maqolalari va hatto Tibet tarixiga bag‘ishlangan
kitobini topdim. Bularning aksariyatini o‘qib chiqib, asta-sekin uning qiyofasini qayta
tiklay boshladim. U Rusiya viloyatlaridan birida tug‘ilgan bo‘lib, ota-bobolarining kelib
chiqishi tatar millatiga mansub bo‘lgan. (Shu o‘rinda bir mashhur gapni bilib qo‘ysangiz
yomon bo‘lmasdi: «Har bir rusning sirini ko‘chirsang, tagidan tatar chiqadi». U «siri
ko‘chmagan» ruslardan edi.) 19-asr boshida dorilfununni tugatgach, u o‘zini ruhoniy
bo‘lishga tayyorladi va keyinroq rohib bo‘ldi. Garchi u rohib bo‘lsa-da, hech qachon
turmushni diniy yoki dunyoviy deb ikkiga ajratgani yo‘q. Aleksandr Pushkin uning
do‘stlaridan biri edi. 19-asr adog‘ida uni pravoslav delegatsiyasining a'zosi sifatida
Markaziy Osiyoga, keyinchalik esa Tibetga yuborishdi va u bu yerlarda mahalliy tillarni
o‘rganib, qo‘lyozmalar yig‘ish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Safari so‘nggida u Peterburgga 15
karvonga yuk bo‘lgulik kitoblar keltirdi. Noma'lum sabablarga ko‘ra, Abo Yefrem
mansabidan chetlashtirilib, Valaam Rohibgohiga jo‘natiladi va u shu yerda Valaamov
degan sharif oladi. Bir necha yil u sharq qo‘lyozmalari ustida ish olib bordi. Keyinchalik
rus hukumati uning rejalarini Markaziy Osiyoni kengaytirish va kolonizatsiya
maqsadlarida ishlatish uchun bu sharmanda rohibdan foydalanishga, uni yana bir bor
yarim-maxfiy yumush bilan o‘sha uzoq o‘lkalarga yuborishga qaror qiladi. Men Abo
Yefremning josus bo‘lgan-bo‘lmagani haqida bexabarman, lekin uning bir qancha
qo‘lyozmalarni rus va frantsuz tiliga o‘girgani, Markaziy Osiyo tarixi va turmushi
to‘g‘risida bir juft ilmiy kitob e'lon qilgani ma'lum. Shu tariqa uni Uyg‘uristonda,
aniqrog‘i, Qoshg‘arda hibsga olishgan va u bunda qanday vafot etgani ma'lum emas.
Shekspir aytganiday, ana shunaqa kechdi uning hayoti.
10
Lukdan hech bir xabar bo‘lmadi. Garchi Urumchidagi portlashlar ancha g‘avg‘oga sabab
bo‘lsa-da, menga shunday tuyuldiki, Luk bilan umuman hech kim qiziqmadi. Hech kim
uning uchun qayg‘urgani yo‘q. Magar Lukning o‘zi, misol uchun, Zev to‘g‘risida biror
nima bilar edimi? Darvoqe, Zevga nima bo‘ldi? Lukka yetkazishim kerak bo‘lgan kundalik
daftarni har tun o‘qib chiqarkanman, ilmiy qog‘ozlarni hisobga olmaganda, u asosan,
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |