www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
Zevning Shia-Chang ismli yarim xitoy, yarim uyg‘ur qizga oshiq bo‘lib qolganligi haqidagi
ishq-muhabbat yozishmalaridan iborat edi. Gapning lo‘ndasini aytganda, u qizni
mashhur «Hangshen Bingua» yonidagi taksi turar joyida uchratgandi. O'shanda u bo‘m-
bo‘sh «Holidey In»da kechki ovqat qilib qaytayotgan, shu yerda bir italyan konstruktori
mahalliy aholining xiyonatkorligi xususida uni ogohlantirib edi. «Ular kulib turib,
boshingizdan ayirib ketishlari hech gapmas», degan edi sakkiz yildan beri shunda
yashab kelayotgan italyan. Taksi turar joyida Zev mehmonxonaning narigi tarafidan
shoshib kelayotgan qizga ko‘zi tushdi. Ular ayni bir taksining oldida bir-birlariga urilib
ketay deyishdi, shunda Zev unga iltifot bilan yo‘l berdi, bunga javoban qiz uyg‘ur tilida
unga tashakkur aytdi. Zevning yozishicha, u uyg‘urchani juda zo‘r bilmasa-da, lekin
o‘sha lahzada uyg‘urchada qandaydir chiroyli gap aytishning uddasidan chiqa olgan.
Bundan qiz hayratga tushgan. Ularning sharq she'riyatiga mehri balandligini bilgan Zev
agar bir-ikki daqiqa vaqtini ayamasa, qizga ularning qadim bir shoirlari to‘g‘risida qiziq
hikoya aytib berishini iltimos qilgan. Qizga bu gap yoqib tushib, «jonim bilan» deya unga
quloq tutgan. U bu o‘rinda yolg‘on ishlatgan, chunki u hikoya qilmoqchi bo‘lgani uyg‘ur
emas, balki turk (garchi ikkisi ham bir) shoiri Fuzuliy edi. Kunlarning birida Fuzuliy
ko‘zasiga quduqdan suv olayotgan bir arab qizini uchratib qolibdi. Uning go‘zalligidan
hayratga tushgan Fuzuliy so‘rabdi: Mening kimligimni bilasanmi, ey jonon? Men turkiyda
she'rlar bitadigan buyuk shoirman. «Men turkchani bilmayman», debdi go‘zal. Uch kun
ichida Fuzuliy arab tilida bir she'riy devon tartib berdiki, u boshdan oyoq ana shu
go‘zalga bag‘ishlangan edi. «Ikki daqiqada bu hikoyani sizga aytib berdim, magar uch
kun ichida men ham Fuzuliy kabi sizga butun bir kitobni bag‘ishlagan bo‘lardim»,
xulosalaydi o‘z so‘zini Zev. Qiz xoxolab kulib yuboradi. O'sha tun ular birgalikda
«Hunshang Bingua» ro‘parasida turgan taksiga o‘tirib, atrofni tomosha qilishga
ketishadi.
11
Moviy osmon ostida va qizg‘ish yerning ustida odam yaralgan. Mening bobolarim
Buminxon va Istamixon necha xalqlar ustidan hukmronlik qilib o‘tishdi. Ular turkiy
xalqlar birligini mudom saqlab kelishdi. Dunyoning to‘rt tarafi yog‘iy edi. Ular butun
dunyoni zabt etib, unda tinchlik-osoyishtalik hukm surishini ta'minlashgan. Yelkalariga
bosh qo‘yganga qulluq qilib, tiz cho‘kkanning qarshisida egilishgan. Ular shunday oqilu
dono va botir xon edilar, ularning ishlari ham aqlga muvofiq va qo‘l ostidagi odamlari
mard va jasur edi. Shu bois ular uzoq hukmronlik qilishdi. So‘ngra esa abadiy uyquga
ketmishlar.
Aza kunida kunchiqar tomondan, tabg‘achlar, tibetliklar, avarlar, romanlar, qirg‘izlar,
uchqo‘rg‘onlar, o‘tiz-tatarlar, xitanlar, tatabilar, son-sanoqsiz odamlar yig‘i va azaga
to‘planishdi. Ular ana shunday ulug‘ xon edilar.
Shundan keyin ularning inilari, so‘ngra ularning og‘alarining o‘g‘li xon bo‘ldi. Kichik
ukalar katta akalari kabi emasdi, o‘g‘illar otalariga o‘xshamasdi. Nooqil xonlar
hukmronlikni boshlashdi, hokimiyat qo‘rqoq xonlar qo‘liga o‘tdi, ularning tartibi ham
ma'nisiz va odamlarida jasoratdan uchqun yo‘q edi. Turklar o‘zlarining pokiza erkagu
ayollari bilan tabg‘achlarga asir bo‘lmishlar. Men-da bir Xon bo‘ldim, faqat badavlat xalq
ustida emas, balki na ichi ovqatga va na tashi kiyimga yolchigan bir xalqqa. Shundoq,
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |