Katta ashula
Reja:
Katta ashula haqida ma’lumot
Katta ashula tarixi
Farg’on Toshkent katta ashula yo’li
Katta ashula, patnusaki (patnis) ashula — Fargona vodiysiga xos boʻlgan oʻzbek anʼanaviy ashula yoʻli. Odatda, 2—5 hamnafas ashulachi (hofiz) tomonidan cholgʻu joʻrligisiz (qoʻllariga patnis yoki likobcha ushlagan holda) aytiladi. Koʻpincha yuqori pardalarda va keng nafasda ijro etilib, oʻziga xos murakkab ijro uslubi bilan ajralib turadi. Katta ashula qadimiy marosim va mehnat qushiqlari, marsiya, navha, ayolgʻu qoʻshiqlari hamda aruz vaznidagi gʻazallarning qad. oʻqilish uslublari zaminida vujudga kelgan. Katta ashula, odatda, katta yigʻin, sayil va toʻy-tomoshalarda aytilgan. Uning oʻtmishdagi namunalarida lirik va nasihatomuz gʻazallar bilan bir qatorda diniy, tasavvuf yoʻnalishidagi sheʼrlar ham kuylangan. Navoiy, Lutfiy, Mashrab, Xaziniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Miskin va boshqalarning gʻazallari Katta ashula janridan alohida oʻrin olgan. Xalq orasida "Doʻstlar" (Navoiy), "Koʻp erdi", "Yolgʻiz", "Adashganman" (Muqimiy), "Oh kim, rahm aylamas" (Furqat), "Bir kelsun", "Ey, dilbari jononim" (Miskin) kabi Katta ashulalar keng tarqalgan. Habibiy, Chustiy, Kamtar, Charxiy, Sobir Abdulla, Akmal Poʻlat, Vosit Saʼdulla, Nasimiy, Erkin Vohidov, Oʻtkir Rashid va boshqalarning sheʼrlari ham Katta ashulada sevib ijro etiladi.
Katta ashula ijrochiligida badiha uslubidan keng foydalaniladi. Bu esa undagi nutqdosh va ohangdor tuzilmalar birbiriga mukammal va uzviy bogʻlanishini taʼminlaydi, ashulani rang-barang musiqa bezaklari bilan boyitadi, turli avjlar qoʻllanishiga olib keladi. Katta ashula ijrochisi anʼanaviy "ustoz-shogird" maktabini oʻtgan, sheʼriyat qonunlari va ijrochilik anʼanalariga tayangan, keng diapazonli, baland ovozga va mahoratga ega boʻlishi lozim. Hofizlar, odatda, sheʼr bandidagi boshlangʻich misralarning har birini galma-gal, soʻnggi misralarni joʻr boʻlib ijro etadilar. 20-asr ning 2-yarmida Katta ashulaning yangi ashula-cholgʻu yoʻllari, yakkaxon hofizga moʻljallangan turlari yuzaga keldi. Mazkur namunalarda cholgʻu ansambli hamnafas hofiz vazifasini bajargan, ijroda erkin uslub saqlanib qolgan. Katta ashulaning bu uslubi Joʻraxon Sultonov tomonidan yaratilgan ("Ey dilbari jononim", "Ohkim", "Topmadim", "Guluzorim qani", "Mehnat axli", "Oʻzbekiston" va boshqalar). Ayrim maqom shoʻʼbalari ("Bayot", "Chorgoh", "Ushshoq") ham Katta ashula ("yovvoyi maqom") uslubida aytilgan (mas, "Yovvoyi Ushshoq", "Patnusaki Chorgoh", "Likobi Bayot" va boshqalar). Mohir sozandalar Katta ashulaning cholgʻu (nay, surnay, gʻijjak) yoʻllarini yaratdilar. Rivojlanish mobaynida Katta ashula ijrochilik (Qoʻqon, Margʻilon, Toshkent, Namangan — Andijon) maktablari shakllangan. Erkaqori Karimov, Sherqoʻzi Boyqoʻziyev, Haydarali Hikmatov, Meliqoʻzi Yusupov, Oʻtimboy Sarimsoqov, Turdiali Ergashev, Otamirza Abdurahmonov (Qoʻqon), Mamatbuva Sattorov, Joʻraxon Sultonov, Maʼmurjon Uzoqov, Boltaboy Rajabov, Ibrohim Ishokov, Musajon Orifjonov (Margʻilon), Orif Alimahsumov, Ortiqxoʻja Imomxoʻjayev, Akbar Haydarov, Eshmat Haydarov, Ochilxon Otaxonov (Toshkent), Fattohxon Mamadaliyev, Odiljon Yusupov, Joʻraxon Yusupov (Andijon), Hamroqulqori Toʻraqulov (Beshariq), Rasulqori Mamadaliyev (Buvayda), Solijon Hoshimov (Quvasoy) va boshqa Katta ashula ijrochiligida shuhrat qozongan. Halima Nosirova, Munojot Yoʻlchiyeva, Ismoil va Isroil Vahobovlar, Mahmud Tojiboyev, Mahmud Yoʻldoshevlar ham Katta ashulani mahorat bilan ijro etmoqdalar. 1984-yildan OʻzRda Katta ashulachilarning koʻriktanlovlari (Margʻilon, 1984; Toshkent, 1987; Koʻqon, 1991; Shahrisabz, 1994) oʻtkazilmokda. Katta ashula ijrochilik yoʻllari anʼanaviy mahorat maktablari (Baliqchi, Buvayda) va musiqa oʻquv yurtlari (Fargʻona sanʼat bilim yurti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi)da oʻzlashtirib kelingan. 2001-yil Andijonda 1- Respublika professional Katta ashula ijrochilari tanlovi va ilmiy-amaliy (Toshkent, Andijon) konferensiyalari oʻtkazildi. Katta ashula bastakor (F. Sodiqov, "Oʻzbekiston", "Toʻy muborak"; M. Murtozoyev, "Sogʻinish" va boshqalar) va kompozitorlar (V. Uspenskiy, "Lirik poema"; M. Tojiyev, 3-simfoniya; M. Bafoyev, Xalq cholgʻulari orkestri uchun konsert; B. Umidjonov, a kapella uchun "Chorgoh")ning ijodlariga ozuqa boʻlmoqda.
Katta ashula, ushbu san’at yo’nalishi patnusaki (patnis) ashula deb ham yuritiladi.
Fargona vodiysiga xos boʻlgan oʻzbek anʼanaviy ashula yslubi, ijro yo’li FargonaToshkent maqom yo’llariga uslubiga xosdir. Katta ashula Fargona vodiysida shuningdek Toshkentda va Qozog’istonning Chimkent viloyatlarida ham ijro etiladi.
Ushbu ijro uslubi - Katta ashulani 2, 3, 4, 5 ashulachi hofizlar tomonidan hamnafas bo’lib cholgʻu joʻrligisiz qoʻllariga likobcha yoki patnis ushlagan holda aytiladi. Ushbu ashulalar avji yuqori pardalarda kuylanadi va keng nafasda ijro etiladi. Ushbu ashulalar oʻziga xos murakkab ijro uslubi bilan ajralib turadi. Katta ashula xalq og’zaki ijodining durdonalari hisoblanadi. Juda qadim zamonlardan ijro etilib kelgan marosim qo’shiqlari, mehnat qushiqlari, marsiya va mavsumiy qoʻshiqlari asosida kuylanib ustoz san’atkorlar va bastakorlarning uslubi, ijro maktablari asosida rivojlanib sayqallanib mukammal holda bizni davrimizga etib kelgan.Dastlab ushbu katta ashulalar aruz vaznidagi gʻazallar bilan ijro etilgan. Ushbu asarni ijro etish uchun ijrochini diapazoni, ovoz jarangdorligi ochiq ovozda katta avj pardalarda kuylashi alohida ahamiyatga ega. Katta ashula barcha ijrochilar tomonidan boshlanadi. O‘rta va daromad bo‘limlari bo‘lib-bo‘lib ijro etiladi. Avj qismi ovozi jarangdor lya, si, do kabi notalarga yetuvchi ijrochi tomonidan ijro etiladi.
Katta ashulani maromiga yetkazib ijro etgan ustoz san’atkorlar Farg‘ona
vodiysida ko‘plab yashab ijod etganlar. Barcha katta ashula ijrochilari Ustoz shogird "Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022
385 http://oac.dsmi-qf.uz an’anasiga amal qilib kelganlar. Xar bir Ustoz san’atkorni bir necha shogirdlari bo‘lgan va ular bilan hamnafas bo‘lib ijod qilganlar. Marg‘ilon shahrida yashab ijod etgan ustoz
san’atkorlar betakror ovoz sohiblari Mamatbuva Sattorov, Boltaboy Xofiz, Jo‘raxon
Sultonov, Ma’murjon Uzoqovlar shular jumlasidandir. Ular hamnafas bo‘lib bir necha
katta ashulalarni ijro etganlar.
Katta ashula, odatda, bayramlarda, katta yigʻin, sayil va toʻy-tomoshalarda
aytilgan. Uning oʻtmishdagi namunalarida lirik va nasihatga yo’g’rilgan gʻazallar bilan
bir qatorda diniy, tasavvuf yoʻnalishidagi sheʼrlar ham kuylangan. Navoiy, Lutfiy,
Bobur, Mashrab, Xaziniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Miskin va boshqa ko’plab ulug’
mutafakkir shoirlarimizning gʻazallari Katta ashula janridan alohida oʻrin olgan. Xalq
orasida ustoz san’atkorlar Erkaqori Karimov, Mamatbuva Sattorov, Boltaboy Xofiz,
Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, O’tanboy Sarimsoqov, Haydarali
Hikmatovlar tomonidan "Doʻstlar" (Navoiy), "Koʻp erdi", "Yolgʻiz", "Adashganman"
(Muqimiy), "Oh kim, rahm aylamas" (Furqat), "Bir kelsun", "Ey, dilbari jononim"
(Miskin) kabi Katta ashulalar keng tarqalgan.Keyinchalik Habibiy, Chustiy, Kamtar,
Charxiy, Sobir Abdulla, Akmal Poʻlat, Vosit Saʼdulla, Nasimiy, Erkin Vohidov, Oʻtkir
Rashidlarning ona vatanni ulug’lovchi, tinch hayot va mehnatni uluglovchi, madh
etuvchi sheʼrlari ham Katta ashulada janrida kuylandi sevib ijro etildi.
Katta ashula ijrochiligida kuylovchi hofizlar badiha uslubidan keng foydalaniladi.
Bu esa undagi nutqdosh va ohangdor tuzilmalar, ashulani rang-barang musiqa
bezaklari bilan boyitadi, turli avjlar qoʻllanishiga olib keladi. Katta ashula ijrochisi
anʼanaviy "ustoz-shogird" maktabini oʻtgan, sheʼriyat qonunlari va ijrochilik
anʼanalariga tayangan, keng diapazonli, baland ovozga va mahoratga ega boʻlishi
lozim. Hofizlar, odatda, sheʼr bandidagi boshlangʻich misralarning har birini galmagal, soʻnggi misralarni joʻr boʻlib ijro etadilar. 20-asr ning 2-yarmida Katta ashulaning
yangi ashula-cholgʻu yoʻllari, yakkaxon hofizga moʻljallangan turlari yuzaga keldi.
Mazkur namunalarda cholgʻu ansambli hamnafas hofiz vazifasini bajargan, ijroda
erkin uslub saqlanib qolgan. Katta ashulaning bu uslubi Joʻraxon Sultonov tomonidan
yaratilgan "Ey dilbari jononim", "Ohkim", "Topmadim", "Guluzorim qani", "Mehnat
axli", "Oʻzbekiston" va boshqalar. Ayrim maqom shoʻʼbalari "Bayot", "Chorgoh",
"Ushshoq" ham Katta ashula "yovvoyi maqom" uslubida aytilgan. Masalan, "Yovvoyi
Ushshoq", "Patnusaki Chorgoh", "Likobi Bayot" va boshqalar shular jumlasidandir.
Mohir sozandalar Katta ashulaning nay, surnay, gʻijjak, dutor, rubob sozlarida cholgʻu
yoʻllarini yaratdilar. Rivojlanish mobaynida Katta ashula ijrochiligining Qoʻqon,
Margʻilon, Toshkent, Namangan - Andijon ijro uslubi maktablari shakllangi.
Qoʻqonlik Erkaqori Karimov, Sherqoʻzi Boyqoʻziyev, Haydarali Hikmatov, Meliqoʻzi
Yusupov, Oʻtimboy Sarimsoqov, Turdiali Ergashev, Otamirza Abdurahmonov,
Margʻilondan Mamatbuva Sattorov, Joʻraxon Sultonov, Maʼmurjon Uzoqov, Boltaboy
Rajabov, Ibrohim Ishokov, Musajon Orifjonov Toshkentdan Orif Alimahsumov,
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022
386 http://oac.dsmi-qf.uz
Ortiqxoʻja Imomxoʻjayev, Akbar Haydarov, Eshmat Haydarov, Ochilxon Otaxonov,
Andijondan Fattohxon Mamadaliyev, Odiljon Yusupov, Joʻraxon Yusupov
Beshariqdan Hamroqulqori Toʻraqulov, Buvaydadan Rasulqori Mamadaliyev,
Kamoliddin Hamroqulov, Abdullatif Holdorov, Muhammadjon Sheraliyev,
Quvasoydan Solijon Hoshimovlar katta ashula ijrochiligida shuhrat qozongi va katta
ashulalarni mahorat bilan ijro etdilar.Katta ashula janrining mohir ijrochilari, ustoz
san’atkorlar Joʻraxon Sultonov, Mamatbuva Sattorov, Ma’murjon Uzoqov, Odiljon
Yusupovlar hayoti va ijodiga qisqacha to’htalib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |