Joʻraxon Sultonov. Ustoz san’atkor, hofiz va bastakor Joʻraxon Sultonov 1903 yil
29 yanvarda Margʻilon shahrida tavallud topdi Ustoz san’atkor Joʻraxon Sultonov o’ta
yoqimli keng diapazonli, kuchli, yumshoq xirildoq va dardli ovoz sohibi bo’lgan.
Ashula, qo’shiq kuylash sirlarini, saboqlarini ilk bor o’z otasidan o’rgangan. Madali
xofizdan yalla yoʻllarini, Boltaboy Rajabov, Mamatbuva Sattorovlardan katta ashula
aytush uslublarini, Sodirxon hofiz, Mulla To’ychi Toshmuhamedovdan maqom ijro
yoʻllarini mukammal oʻrgangan. xalq toʻy va sayillari, choyxonalarda gap gashtaklarda
xizmat qilgan. Muhitdin Qoriyoqubov rahbarlik qilgan Oʻzbek davlat konsert etnofafik
ansamblida honanda va sozanda bo’lib faoliyat olib borgan.. 1926-yildan 1958
yilgacha. Margʻilon va Toshkent teatrlarida, Oʻzbek davlat filarmoniyasi, Oʻzbekiston
radio qoʻmitasi faoliyat olib borganda yakkaxon xonanda bo’lib faoliyat olib borgan.
Muqimiy teatrida bir necha rollarni ham ijro etgan, Ustoz san’atkor, hofiz va bastakor
Joʻraxon Sultonov xalq orasida "katta ashula piri" nomini olgan, shuningdek, yallalar
ustasi, askiyachi sifatida ham tanilgan. Shogirdi hushovoz hofiz Ma’murjon Uzoqov
bilan 25 yildan ortiq, hamnafaslik qilib, oʻziga xos talqin va ijro yo’llarini yaratgan.
Ustozlar repertuaridan "Ushshoq" va "Sodirxon Ushshogʻi", "Dugoh Husayn", "Besh
parda Suvora" va "Savti Suvora", "Hanuz", "Chor zarb", "Chaman yalla" kabi mumtoz
ashula va yallalar, "Bogʻ aro", "Shafoat", "Xayrul bashar", "Otga mindim" va boshqa
katta ashulalar oʻrin olgan. Ustoz san’atkor oʻzbek xalq kuy va usullari asosida bir
qancha ashulalar yaratgan. "Naylayin", "Oʻlmasun" (Navoiy), "Keling, ey ahboblar"
(Furqat), "Bir qadah" (Chustiy), "Mubtaloman" (S.Abdulla), "Ming qadam" (Habibiy),
"Bir kelsin", "Ey dilbari jononim", "Ohkim" kabi katta ashulalarni cholgʻu joʻrligida
ijro etib yangi uslub yaratgan. Jorahon Sultonov ijrolari Oʻzbekiston radiosi
fonojamgʻarmalarida saqlanmoqda. 1965 yil 19 oktyabrda Marg’ilonda vafot
etgan.Vafotidan soʻng 2000 -yilda "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan
mukofotlangan 1997-yildan Margʻilonda Joʻraxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqovlar
nomidagi Respublika yosh xonandalar korik tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.
Mamatbuva hofiz. Asli ismi Muhammad Sattorov 1885 yil 14 yanvar sanasida
Margʻilonda tavallud topdi. Xalq xonanda va sozandalaridan xalq ashula ijro yoʻllarini
oʻrgangan. Boltaboy hofizdan ham ko’plab katta ashulalarni o’rgangan. 1925-30
yillarda Hamza boshchiligidagi agitbrigada, Oʻzbek etnografik truppasida, Hamza
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022
387 http://oac.dsmi-qf.uz
teatrida xonanda bo’lib faoliyat olib bordi.. Urush yillari Yangiyoʻl musiqali drama va
komediya teatri studiyasida yosh sanʼatkorlarga ashula yoʻllarini oʻrgatgan. Gavxar
Raximova rahbarligidagi front konsert brigadasida xizmat qilgan. Hofiz Mamatbuva
"Koʻp erdi hasratim", "Bir kelsun", "Aylading", "Kuling", "Figʻonkim", "Sayding
qoʻya ber, sayyod" kabi katta ashulalarni mahorat bilan ijro etgan. U "Ushshoq",
"Chorgoh", "Munojot", "Segoh" ashula yoʻllarini, ayrim zamonaviy qoʻshiqlar
"Oʻzbekistondir", "Shodlik etsangchi yoshlar", "Dilrabolar" kabi asdhulalarni katta
ashula uslubida aytgan. J. Sultanov, M. Uzoqov singari ko’hlab sanʼatkorlarining
ustozi boʻlgan. Ularga milliy ijro yo’llarini o’rgatgan. 1941yilda Oʻzbekiston xalq
hofizi unvoniga sazovor bo’ldi. Ustoz san’atkor Muhammad Sattorov(Mamat buva)
1969 yil 4 martda Marg’ilonda vafot etgan.
Maʼmurjon Uzoqov. Shirali va jarangdor yoqimli ovoz sohibi Ma’murjon Uzoqov
1904-yili 20 aprelda Margʻilonda tavallud topdi. Ustozlari Mamatbuva hofiz, Boltaboy
Rajabov, Hamroqul qori singari hofizlardan ashula aytishni boshlagan. Hasan qoridan
dutor chalish va yallalarni kuylashni, ustosi Jo’rahon Sultoiovdan katta ashulaning
murakkab yoʻllarini oʻzlashtirgan.ustoz san’atkor Ma’murjon Uzoqov Xudoybergan
hofiz Maqsumov, Hasan qori, Jo’rahon Sultonov bilan hamnafaslikda kuylagan.
Dastlab xalq toʻy sayillarida, choyxonalarda xizmat qilgan. 1937- 1962 yillarda
Margʻilon teatrida xonanda, Muqimiy teatrida artist va xonanda, Oʻzbekiston radio
qoʻmitasi, Oʻzbek davlat estradasida yakkaxon xonanda bo’lib fasoliyat olib borgan.
Baland, shirador va oʻta taʼsirli ovoz sohibi. Repertuaridan xalq ashula, yalla va katta
ashulalar, jumladan, " Ul kun jonon", "Nasihat", "Keldim", "Jonon kelur",
"Koʻzlaring", "Bayet", "Parvo etib ket", "Kalam qoshing", "Aylading", "Yolgiz",
"Koʻp erdi hasratim jono", "Sayding qoʻyaber, sayyod", bastakorlar asarlaridan,
ayniqsa, M. Mirzayevning "Yakka bu Fargʻonada", "Surating", "Dogʻman", "Yor
istab", "Bahor", "Qachon boʻlgʻay, kim", "Bir kelib ketsin" kabi, mumtoz ashulalar
"Feruz", "Mustahzod", "Bayot V"lar o’rin olgan. Ma’murjon Uzoqov Fargʻona
xonandalik maktabi anʼanalarini davom ettirgan va oʻzbek musiqa madaniyati tarixida
chuqur iz qoldirgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi jamgʻarmasiga, bir nechta
gramplastinka va kompakt disklarga yozilgan. 1939 yilda Oʻzbekiston xalq hofizi
unvonini oldi. Vafotidan soʻng 2000-yilda "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan
taqdirlangan. Margʻilon koʻchalardan biri, bolalar musiqa maktabiga Ustoz san’atkor
Ma'murjon Uzoqovlar nomi berilgan. 1997-yildan Margilonda Jorahon Sultonov va
Ma’murjon Uzoqov nomidagi xonandalar tanlovi oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston xalq
hofizi 1963da Marg’ilonda vafot etdi.
Odiljon Yusupov 1928 yil 19-mayda Baliqchi tumanida tug’ildi. 1993.4.9) -
Xonanda, sozanda Odiljon Yusupov milliy sozlarimiz doira, dutor, gʻijjaklarni
mohirona chalgan. 1981 yilda Namangan madaniy oqartuv texnikumini tugatgan.
Xonandalik sanʼati hamda katta ashula yoʻllarini andijonlik H.Fozilov, M.Nishonov,
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022
388 http://oac.dsmi-qf.uz
Mamatxoʻja eshon, Saidali qori, Shokir qori va Joʻraxon Yusupovlardan oʻrgangan.
Keyinchalik ular bilan hamnafas boʻlgan. Ustoz san’atkor Odiljon Yusupov 1950
yildan Norin tumani xalq teatri xonandasi 1950 yildan Baliqchi tumani badiiy
havaskorlik ansambli rahbari bo’lib ishlagan. Kuchli, baland, jarangdor ovoz sohibi,
ijrosiga badihagoʻylik xos bo’lgan katta ashulalardan "Boʻlib dilbar", "Ey sanam",
"Quling", "Ey dilbari jononim" va boshqalarni, ashula va maqom yoʻllaridan "Yor
kelib ket", "Keldim", "Boqqancha boʻlmas", "Dugohi Husayniy" kabi ijrolar oʻrin
olgan. Aka-uka Vahobovlar, A.Shokirov, M.Rahmatullayev, oʻgʻillari - Abduvahob,
Abdusattor, Zokirjon Odilovlar va boshqalarga ustozlik qilgan. Katta ashula ijrochisi
sifatida N.Saidnazarov bilan birga Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.
Respublikada oʻtkazilgan koʻpgina musiqa festivallari va tanlovlari sovrindori. 1990
yilda Baliqchi tumanida katta ashula ijrochilik mahorati maktabini tashkil qilgan. 1991
yilda Oʻzbekiston xalq hofizi unvonini olgan. 1993 yil 4 sentyabrda Andijonda vafot
etgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbek xalq musiqasi. Yu. Rajabiy, Toshkent 1956 yil.
2. O‘zbek xalq musiqasi. Yu. Rajabiy, Toshkent 1958 yil.
3. M.Jo‘rayev, L.Xudoyqulova. Marosimnoma. Toshkent. 2008 yil.
4.Folklor jamoa ijrochiligi. G‘.Yunusov. Toshkent 2021yil.
5.Sahna nutqi. U. Boltaboyeva. Toshkent. 2020 yil.
6.Navobahsh ohanglar. S.Mannopov. Toshkent. 2020 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |