ASQAD MUXTOR (1920-1997) Adib 1920-yil 23-dekabrda Farg’ona viloyatining Farg’ona shahrida tug’ilgan. - Adib 1920-yil 23-dekabrda Farg’ona viloyatining Farg’ona shahrida tug’ilgan.
- Otasidan yosh paytida yetim qolgan Asqad, asosan, bolalar uyida tarbiya topgan.
15 yoshlarida ilk she’rlari gazetada e’lon qilingan. Asqad Muxtorning shundan keyingi yillarda 50 dan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. - 15 yoshlarida ilk she’rlari gazetada e’lon qilingan. Asqad Muxtorning shundan keyingi yillarda 50 dan ortiq kitoblari bosilib chiqdi.
ASARLARI She’riy to`plamlari - “Po’lat quyuvchi”;
- “99 miniatyura”;
- “Karvon qo‘ng‘irog‘I”;
- “She’rlar”;
- “Quyosh belanchagi”;
- “Hamshaharlarim”;
- “Rahmat, mehribonim”;
- “Sizga aytar so’zim”;
- «Chin yurakdan».
Qissalari - “Daryolar tutashgan joyda”;
- “Jar yoqasidagi chaqmoq”;
- “Kumush tola”;
- “Qoraqalpoq qissasi”;
- “Bo’ronlarda bordek halovat”;
- “Buxoroning jin ko’chalari”.
Romanlari - “Opa-singillar”;
- “Tug’ilish”;
- “Davr mening taqdirimda”;
- “Chinor”;
- “Amu” .
Pyesalari - “Mardlik cho’qqisi”;
- “Yaxshilikka yaxshilik”;
- “Zar qadri”;
- “Samandar”.
Bolalarga bag`ishlangan asarlar - «Chin yurakdan» nomli she’rlar to’plami;
- “Hayotga chaqiriq”, “Dunyo bolalari” hikoyalar to’plami
- 1994-yili «Insonga qulluq qiladurmen» deb nomlangan to‘plamidagi hikoyalar ham o‘zining yuksak saviyasi bilan kitobxonlar e’tiborini tortdi.
- Eng so‘nggi kitobi «Uyqu qochganda» (1997) hozirgi hayot, ma’naviyat, madaniyat va badiiy ijod borasidagi mulohazalarini aks ettiradi.
E’tirof - Shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon Asqad Muxtor 1974- yilda “Chinor” romani uchun Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.
- Unga O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berilgan.
O’zbekistonning atoqli va ardoqli farzandi Asqad Muxtor 1997-yil 17-aprelda vafot etdi. - O’zbekistonning atoqli va ardoqli farzandi Asqad Muxtor 1997-yil 17-aprelda vafot etdi.
“CHINOR” ROMANI 1969-1973-yillarda yozilgan. - 1969-1973-yillarda yozilgan.
- Romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz - 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog‘lanadi.
- Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo‘shilishib muallif (demak, o‘quvchi ham!) olis safarga chiqadi. Mana shu o‘ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz.
- Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bog‘lanib, yagona shajarani - azim Chinorni vujudga keltiradi...
Akbarali G`oziyev qismati Ha, avval — ish. Senga kelganimki... menga bir ish topib ber, uka. Shunday kasb kerakki, qasd qilib qo‘ydim: kecha-yu kunduz ishga sho‘ng‘ib ketay. Toki odamlar meni ko‘rmasin, faqat mehnatimni ko‘rishsin. Mehnat! Mehnat! Mehnat! Boshqa narsa kerak emas. Shundagina bir kuni borib xotinim bilan qizimning oyog‘iga bosh qo‘ysam, balki gunohimdan o‘tishar. Akbarali, uka, senga yorildim, yordam qil... - Ha, avval — ish. Senga kelganimki... menga bir ish topib ber, uka. Shunday kasb kerakki, qasd qilib qo‘ydim: kecha-yu kunduz ishga sho‘ng‘ib ketay. Toki odamlar meni ko‘rmasin, faqat mehnatimni ko‘rishsin. Mehnat! Mehnat! Mehnat! Boshqa narsa kerak emas. Shundagina bir kuni borib xotinim bilan qizimning oyog‘iga bosh qo‘ysam, balki gunohimdan o‘tishar. Akbarali, uka, senga yorildim, yordam qil...
-Transformator! - deb qichqirdi Bektemir. - Hozir balkalar bosib tushsa, transformator portlaydi! Bu - yong‘in degan gap, zaboylarda odam bor! Bu yoqqa yur! -Transformator! - deb qichqirdi Bektemir. - Hozir balkalar bosib tushsa, transformator portlaydi! Bu - yong‘in degan gap, zaboylarda odam bor! Bu yoqqa yur! - Qoching! Nima qilmoqchisiz? - Transformatorni o‘chirish kerak, portlaydi! - Qoching, bosib qoladi hozir! - O‘chirish kerak, falokat yuz bermasin, qayoqdasan? Chirs-chirs chaqmoq chaqilar, temir shift dahshatli lopillar edi. Bektemir uning tagiga kirib, qaytib chiqdi… …Uni temir balkalar bosib qoldi. Ulgurmadi. Transformatorni o‘chirdi-yu, o‘zi chiqib olishga ulgurmadi… ASAR BO`YICHA 3 SAVOL! - 1. Asqad Muxtorning “Chinor” romani markazida turuvchi asosiy obraz?
- 2. “Chinor” romanida Bektemir nima uchun aynan Akbaralini qora tortib keladi?
- 3. “Chinor” romanida Ochil buva kimni “mo’rt barg” deb ataydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |