www.ziyouz.com
kutubxonasi
17
burchidan kelgan ajnabiylar uchun taxt qilib qo‘yildi. O'z qarashlarini toshlarga o‘yib
yozishga odatlangan turklar dono Tongyuquq bilan ajnabiylarning shoshib qolganlarini
ko‘rib, ularni mazax qilishdi. Shunga qaramay, ish boshlab yuborildi.
Erta azonlab quyosh dashtlik chetidagi Otukan o‘rmoni ustida ko‘rina boshlaganda,
Forsdan kelgan zardusht ruhoniy Avestodan qo‘shiqlar kuylay boshladi, tibetlik Bulen
sirli zikrini aytishga tushdi, Tabg‘ach generali Ichi Lyang kunni jangovar san'ati bilan
boshladi, So‘g‘ddan kelgan shahzoda o‘tov ichidagi bezaklarga, qayrilma shoxlaru ipak
barglarga qarab, chuqur tafakkur qilishga o‘tirdi. Tardush Inonchi Cho‘r do‘mbirasini
qo‘liga olgandi, butun dashtlik bo‘ylab shamollarni yodga soluvchi mahzun navolar
yangradi, generallar orasidagi birinchi nestoriyalik nasroniy va nestoriyalik nasroniylar
orasidagi birinchi general, qilich va o‘q-yoydan boshqasini bilmaydigan Udar-Sengun Iso
Masihning qiyofasi bo‘lmagan kichik xochga qarab, qo‘llarini bir-biriga qovushtirdi, bu
yerga Ibn-Qutaybaning otlarida kelgan Islom dinining yashirin bilimdoni, buxorolik
shahzoda Nyang-syang esa Allohga ibodat qilish kerakmi-yo‘qmi bilmay, Konfutsiya
an'anasiga sodiq Xitoy Imperatori bundan xabar topishidan qo‘rqib turardi...
Faqat O'n-o‘q tamg‘achilari, Makrach va O'g‘uzgina Bilga-xoqon va uning tilmochlari
buyrug‘iga qaramay, uxlab yotishar, mahalliy shomon Udeghe ularning uyquda uchib
yurgan ruhini saqlab turar edi.
21
Asirning tushlari. O'tgan kecha Liga suyanganim holda, bir chaqam ham yo‘qligini
bilsam-da, bir necha yildan buyon davom etib kelayotgan kechki kurslarim uchun pul
to‘lashim kerakligi haqida tush ko‘ribman. Deyarli yalang‘och holda edim, ichki
kiyimimdan nimadir qidirayotgan ko‘rinaman. Otini esimdan chiqarib qo‘yganim o‘gay
otamning hovlisiga yaqin eshik qarshisida eshak miyasini yeb turgan telbani uchratdim,
u menga hovli egasi do‘kondor ekani va aqldan ozganidan beri kasal holda yotishini
aytdi. Men bu telbadan o‘gay otamning ismini so‘rashga or qilib, uni tushungan misoli
boshimni qimirlatib qo‘ydim. Eshikni ochib, kattakon hovliga ko‘zim tushdi, u qishloq
sport maydoni yonida ekan, paxsa devor uni ochiq va yonib ketgan maydondan ajratib
turardi. Men o‘gay otamni chaqirdim. Hovli to‘rida it emas, naq bir zanjirband sher
uyg‘onib ketdi. Men orqamga tisarilgandim, biroq sherxon jim bo‘lib qoldi. Shu payt
eshik ochilib, o‘gay otamning qorasi ko‘rindi. Birdan sher emas, balki bir gijinglagan ot
zanjirlarini uzib, xuddi tsirk sahnasidagi kabi hovli bo‘ylab yovvoyilarday chopa boshladi.
O'gay otam bir baqirgan edi, orqasida o‘g‘li paydo bo‘ldi. Lekin ot o‘z shijoatidan boshi
aylangan darvish kabi telbalarcha yugurardi. Men uning o‘gay otam ovozidan yoqimliroq
bo‘lgan tuyoq tovushlarini eshitdim. Uni tutmoqchi bo‘lib qilingan barcha harakat zoe
ketdi, hovlidagi tuproq paxsa devorlardagi chang bilan qorishib, to‘zon bu aqlsiz
jonivorning uzun dumi kabi aylanar edi.
Nihoyat, mustang bu halqadan chiqib ketish uchun yetarli kuch to‘plab, birdaniga
qo‘shimcha eshik qarshisida menga hujum qilishga qaror qildi. Men darhol himoya
holatiga kirdim va o‘ng oyog‘imni uning yuziga tomon ko‘targandim, u to‘xtab chunonam
bir kishnadiki, xuddi shu payt o‘gay otam uni tutib oldi. U bo‘ralab so‘kar, «Keyingi safar
seniyam mana bu o‘lik eshakka o‘xshab ta'ziringni beraman!» deya jigarrang terisi
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |