Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
19
Noam hayotidagi barcha muammolarning sababchisiga aylandi. Arxeologiya institutining 
beshinchi kursida ular yozgi amaliy dala ishini Mongoliya dashtlarida o‘n-o‘q urug‘iga 
qarashli qadimgi kishilarning qo‘rg‘onini kavlash bilan o‘tkazishadi. U odamlarning 
jangovar tabiatini hisobga oladigan bo‘lsak, qabilaning bunday nomlanishi u qadar 
ajablanarli emas. O'n o‘q bo‘lsa bo‘pti-da. Garchi Nikitka maqtanchoqligini tan olsa-da, 
biz uning uyatchanligini bilardik. U darhol mavzuni yigirma yil avvalgi Quddus 
voqealariga o‘zgartirdi. U o‘sha joyda topib olgan qo‘lyozma bilan tilla shoxni o‘g‘irladi. 
Shox-ku bir navi, lekin u qo‘lyozmaning na bahosi va na ma'nosini bilardi, magar u bir 
kunmas bir kun ushbu qo‘lyozma qaysidir institut javonlarida sarg‘ayib yotmasdan, o‘z 
o‘rnini topajagini ich-ichidan his qilardi.
Lekin Nikita hozircha faqat tilla shoxni qanday qilib sotish haqida bosh qotirar va nihoyat 
ba'zi o‘rtachi kishilar orqali uni Leningraddagi bir arab konsuliga sotishga muvaffaq 
bo‘ladi. Faqat Isroilga ko‘chishga ruxsat berilgandan so‘nggina, u qimmatbaho 
qo‘lyozmani qayta esga oldi va uni o‘rganishga kirishdi. Buning natijasida qilgan 
kashfiyoti qog‘ozning materiali bahosidan ming karra qimmatliroq bo‘lib chiqdi. Ushbu 
qog‘ozda Alloh Sinoyda Muso alayhissalomga yuborgan O'n Buyruqning nusxasi bor edi. 
Bu O'n-O'q qabilasi deya nomlanuvchi insonlar tarixida mutlaqo yangi bir sahifa ochdi.
Professor Noam Shatskiy o‘sha qabilaning nomi O'n-O'q emas, balki O'n Ahd ekanini 
isbot etdi.
24
Bu kashfiyot Zevni usmonli turklar madaniyati haqidagi izlanishlarini to‘xtatib, qadimgi 
turklarni o‘rganishga ruhlantirdi. Shularni aytar ekan, Noam Quddusda ko‘rsatishga 
arzigulik boshqa narsalar ham borligiga ishora qildi va ishbilarmon odam sifatida darhol 
ikkimizni ikki oyga «Turfa dinlar Anjumani»ga taklif qildi. Men dabdurustdan rozi 
bo‘lishdan tiyilib turar, chunki sezishimcha, u mening ishimdan ko‘ra Fionaga ko‘proq 
qiziqib qolgandi. Fiona esa darhol rozi bo‘ldi. Birdan kayfim uchib ketdi, ancha o‘zimni 
yo‘qotib qo‘yayozdim: mening rashkim kelar, lekin bu rashk boshqa birovning yori uchun 
edi. Odam qariganda sharoitga nechog‘li tez ko‘nikishi mumkinligi ajablanarli emasmi? 
Bir oy avval o‘lim bilan olishib yuruvdim, hozir esa Fionani Quddusga bormaslikka 
qanday ko‘ndirish mumkinligini o‘ylayapman va bunga faqat Noam ham qizga yoqib 
qoldi shekil, deya o‘ylayotganim sababdir.
Keyinroq arzon «Tropiko» mehmonxonasidagi bir kishilik xonamizda men qizga Zevning 
kundaligidagi quyidagi parchani ko‘rsatdim: 
«Biz uzoq muddat xitoycha musiqa jo‘rligida vino ichib o‘tirardik. Shia Chang bilan birga 
o‘tkzayotgan vaqtim ancha huzurbaxsh edi. Lekin birdan qizil kuylakli ofitsiant oldimizga 
kelib, xonimning qulog‘iga nimadir deya pichirladi. Xonim xitoycha javob berarkan, uzr 
so‘rab, bir muddatga meni tark etishini aytdi. Men uni qancha kutish lozim bo‘lsa, 
shuncha kutishga tayyorligimni bildirdim. Biroq yarim soatdayoq zerika boshladim. Meni 
yolg‘iz qo‘yishgani yo‘q: qizil kuylakli ofitsiant har daqiqa biror nima kerakmi, deya 
mo‘ralab turdi. Bir safar men uning ismini so‘radim. U Shia Changning ukasi ekanini 
aytdi. Undan muloyimlik bilan qizning qaerga ketganini so‘raganimda, u ayni paytda 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish