www.ziyouz.com
kutubxonasi
27
ham oson deyishadi. Lekin agar oriq narsa keyinchalik qalinlashib ketsa, uni bukish qiyin
bo‘ladi. Muloyim narsa qo‘pollashsa, uni sindirish qiyin deyishadi. Shunday qilib, u
turklarni bir joyga to‘pladi va turk xoqoni bilan birga Otukan o‘rmoniga boshlab bordi.
Tunlar bedor, kunlar rohatsiz, qizil qonini oqizgan va qora terga botgan holda o‘n yetti
bor xitoyliklarga, yetti bora qitanlarga, besh marta o‘g‘uzlarga qarshi kurash olib bordi.
U turkiy qavmlarni uzoq yurishlarga jo‘natdi va ular jangu jadallar natijasida son-
sanoqsiz tilla, kumush, go‘zal qiz va bevalar, o‘rkachli tuyalar bilan uyga qaytishdi. U na
biror dushmanga Ko‘k Turklari orasidan qutulib ketishiga va na biror yovvoyi otning
betizgin ketishiga yo‘l berardi. Mana hozir uning sharofati bilan Ko‘k Turklari dunyoning
To‘rt Burchida hokimlik qilishmoqda. Agar u g‘olib bo‘lmaganda edi, na davlat va na xalq
bo‘lgan bo‘lur edi. Uning muvaffaqiyati tufayli Ko‘k Turklari gullab yashnagandan
yashnayverdi.
Mana endi u qarib qoldi, yillar madorini quritdi, endi o‘zining sharafli g‘alabalarini emas,
balki og‘riqli yaralarini sanaydi, xolos. Qachonlardir Eltirish-xoqon tirikligida Tongyuquq
O'n-o‘q qabilasiga qarshi yurishga chiqqan. O'shanda u odatiy uslublaridan shunday
xulosa chiqargandi: dushman nimani niyat qilgan bo‘lsa, o‘shani qil, faqat undan
oldinroq. Shu payt xoqon tarafdan bir josus kelgan va «hech qayoqqa jilinmasin!» degan
buyruq keltirgan. Lekin Tongyuquqqa xoqonning boshqa qo‘mondonlarga xabar
yuborganini aytishadi: Dono Tongyuquq zolim va makkor. Unga ergasha ko‘rmang! U
bilan biror masalada sulh ham tuzmangiz! Lekin Tongyuquq o‘z qarorida qat'iy edi va
ular hech bir so‘qmoqsiz Oltoy tog‘iga tirmashishadi, hech bir kechuv joyi bo‘lmagan
Yertish daryosidan kesib o‘tishadi, jang qilib, O'n-o‘q qabilasini batamom tor-mor
etishadi.
Eltirish-xoqon o‘lganda, uning atrofidagilarning bari qoni qaynab turgan Kul-Tegin
tomonidan qatl etilgan. U o‘z inisi Bilgani hokimiyat tepasiga ko‘tarib, uni xoqon deb
e'lon qilgan. Dono Tongyuquq buni oldindan sezgandi. Shu sababdan hali
shahzodaligidayoq qizi Pobekani Bilgaga nikohlab beradi. Garchi boshida bir oz xijolat
qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik kuyovi Bilga-xoqon uni o‘ziga vazir qilib oladi. Yo‘q, birgina
yosh Kul-Teginning qaynoq qilichi emas, balki keksa Tongyuquqning yorqin aqlu
zakovati Turk davlatini hozirgiday kuchli va yengilmas ayladi...
Hozir esa u yana yolg‘iz. Tarozining ikinchi pallasi ham og‘ib ketdi. Kul-Tegin o‘ldi, dono
Tongyuquq esa o‘zini bo‘rining tillarang boshi tasvirlangan bayroq ostida odamlarni
birlashtirgan botir bo‘riday sezmayapti, yo‘q, qaytanga u o‘z o‘qidan azob ko‘rgan qari
mazlum kabi bo‘lib qolgandi. U Bilga-xoqonnnig eng oxirgi qarori - dunyodagi jamiki
dinlarni birlashtirish haqida o‘ylardi. Bir necha yil avval, xuddi shu Bilga-xoqon o‘zini
boshqa Xitoy Imperatori deya da'vo qilishga qaror qilganida va butun dashtni Buyuk
Devor bilan o‘rab olish hamda Budda va Lao-Sziga bag‘ishlangan ibodatxonalarni barpo
qilishni niyat qilganida, o‘z kuyoviga shunday degan edi: «Ko‘k Turklari xitoylik emaslar,
ular o‘t va suvga e'tiqod qilib, faqat harbiy ishlar bilan mashg‘uldirlar. Ular kuchli bo‘lgan
mahalda zafar uchun olg‘a intilishadi, agar zaifliklarini sezishsa, katta yo‘qotishlarga
yo‘liqmaslik uchun ortga chekinishadi. Qolaversa, Budda va Lao-Szining ta'limotlari
odamlarni urushqoq va kuchli emas, balki shafqatli va zaif qilib qo‘yadi.»
Hozir gap faqat Budda yoki Lao-Szi haqida emas, balki jiddiyroq narsa ustida ketyapti.
Tulki Ovchisi ushbu fursatda ham butun umr bo‘yi erishgani kabi muvaffaqiyatga
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |