30
Men hamma narsaning bir sababi bor-ku, deya o‘ylashga o‘rganganman. Agar yor
tashlab ketsa, drama boshlanishi kerak edi, biroq mening holatimda bunday bo‘lmadi,
balki bu vaqtning belgisidir: u qaerga kelishni xohlasa kelardi, kimni tashlab ketishni
istasa, tashlab ketaverardi. Ikki oy burun usiz yolg‘iz, o‘zim bilan o‘zim ovvorai sarson
edim. Ikki oy o‘tib esa yana o‘sha holga tushdim, yana biror narsa qo‘shiladimi,
kamayadimi, mutlaqo bexabar ekanman. Alal-oqibat, bir paytning o‘zida o‘sha nimadir
qo‘shildi va yana ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
Avvalgi ishimni davom ettirishga urinib ko‘rdim: Fionadan qolgan qog‘ozlardan
Valaamov, At-Tohariy haqida o‘qidim, faqat g‘alati taqdirimga sababchi bo‘lgan, deya
Zevning kundaligiga tekkanim yo‘q. Ammo, asosan, urinishlarim yaqin kunlardagi
hayotimning muhofazasiga qaratilgandi. Bu orada Olmoniya va Frantsiyadagi turli
tarjima va sayyohlik kompaniyalariga o‘zimning Osiyoning uzoq o‘lkalari bo‘ylab olib
yurish va tanishtirish bo‘yicha tajriba va malakalarimni taklif qilib maktublar yozdim.
Doimo nima bilandir band bo‘lishga intildim. Balki siz «sinish»ning ma'nosini bilmassiz,
men go‘yo uzlatga chekiinayotganday edim. Hatto ob-havo ham menga qarshiday:
yog‘ayotgan yomg‘ir ostimga, yo‘q, ustimga, yanayam aniqrog‘i, vujudimni kesib
yog‘ardi. «Yomg‘ir shaharga emas, ko‘nglimga yog‘moqda» deya uning eski manziliga
maktublar bitdim, telefonini topishga urindim, lekin hech biri samara bermadi: u jismu
borlig‘imdan butunlay g‘oyib bo‘lib ketdi.
31
Qitanlik Udar-sengun, birinchi Nestoriya generali, boshqa diplomatik-diniy asirlarga
nisbatan yaxshiroq sharoitda yashardi. Gap shunda ediki, marhum Shahzoda Kul-
Teginnnig benihoya go‘zal xotini Ko‘rk-xotin nasroniy dinining ishqibozi edi. Uzoq yillar
avval otasining o‘tov-qasrida yoshgina shoh qizi bo‘lib yurgan kunlarda bir armani
rohibni ko‘rgan, u tilla bilan tikilgan uzun kuylak, qimmatbaho toshlar va tovus pati bilan
bezatilgan g‘aroyib toj kiyib olgandi. Rohibning bir qo‘lida og‘ir tilla xoch va ikkinchisida
atir to‘ldirilgan idish bor edi. Qiz otasining oldida rohib ijro etgan rangin va mungli
qo‘shiqlardan shu qadar ta'sirlanganki, ertasigayoq otasidan u bilan ko‘rishishga ruxsat
olgan. Qiz rohibning kulbasiga biri bog‘dan, biri tog‘dan keladigan savollarini ularning
beo‘xshov qo‘pol tillariga tarjima qilib beradigan tilmoch bilan qo‘shib jo‘natiladi. U Bibi
Maryam va uning odamlar uchun azob chekkan, bir kun qasos uchun qaytib keladigan
o‘g‘li haqidagi eng yaxshi hikoyalarni aytib beradi. Garchi Ko‘rk xotin Bibi Maryam
haqidagi gaplarni to‘liq tushunmasa ham, lekin uning bir kun qaytib keladigan
qutqaruvchi o‘g‘li sahroviy ko‘nglini ishg‘ol qilib olgandi. Tez orada botir Shahzoda Kul-
Tegin nomidan o‘z otasi oldiga qizining qo‘lini so‘rab sovchilar kelganda, chin oshiq
ko‘ngli bilan o‘sha qutqaruvchi o‘g‘ildan sovchi kelganiga ishondi.
Magar endi o‘z Qutqaruvchisidan ayrilgach, u qandaydir mo‘‘jiza yuz berishini kutar, bu
go‘yo haligi armani rohibning qovushmagan tilmoch orqali unga va'da berganiga
o‘xshardi. Shu bois u bir xizmatkorini nasroniylikda qanday yangi narsa kutilayotgani
to‘g‘risida biror narsa bilib kelish uchun Udar-sengunning oldiga yuboradi.
General juda yaxshi, biroq murakkab bir sharoitda edi. Aslida, xudojo‘yligini hisobga
olmaganda, u haqiqiy nasroniy emasdi. Baxt unga kulib boqdi, chunki Qitan
armiyasining masihiy g‘oyalarga boy bo‘lgan boshlig‘i agar hokimiyatni qo‘lga kiritishsa,
o‘z o‘rniga uni tayinlashga va'da berdi. Lekin botir va aqlli jangari Udar-sengun hamma
narsa uning foydasiga o‘zgarib ketganini sezdi. Yagona muammo kuchlarni bir joyga
to‘plash va ularni muhim yo‘nalishga solishdan iborat edi. U Ko‘rk-xotinga o‘zi yuborgan
xizmatkor orqali xabar jo‘natib, Injilning nusxasi kerakligini, uni ko‘k turklarining
kattakon saltanati chegarasida biror rohibgohning armani rohibidan olish mumkinligini
ilova qilib yubordi. Qolgan ishni o‘z zimmasiga oldi.
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |