Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
21
rahmoniy va shaytoniy kuchlarning nima sababdan to‘qnash kelganini, yorug‘lik va 
zimiston kuchlarining uchrashganini, yorug‘lik va qorong‘ulik qanday qilib bir-biridan 
ajratilganini va undan keyin nima bo‘lganini bilardik...» 
So‘g‘dning Manixey Shahzodasi ushbu parchani Berke tilmochga tushuntiraman deb 
qiynalib ketdi. Umri bino bo‘lib Berke ikki bora Xurosonni ishg‘ol qilishga borgandi va 
garchi u maqsadiga erisholmagan bo‘lsa ham, bir qancha asirlarni qul qilib oladiki, 
ularning bari Otukanga borishdagi uzoq yo‘lda halok bo‘lishadi. Shu boisdan Berke So‘g‘d 
Shahzodasining eng yaxshi tilmochi sanalardi. U bir necha yuz so‘g‘dcha so‘zlarni bilar, 
lekin Mani dinining hamma uchun ham tushunarli bo‘lmagan bezakli yozuvlari 
mazmunini unga tushuntirib berish oson ish emasdi. Yorug‘lik va qorong‘ulik o‘rtasidagi 
munosabatni unga qanday qilib tushuntirsa bo‘ladi? Shahzoda Mani diniga e'tiqod 
qiluvchilarning ibodatnomasi «Huastuanift»ning eng oson parchasini to‘g‘ri tarjima 
qilganiga unchalik ishonmayotgandi, shuning uchun undan qayta-qayta o‘girishni 
so‘rayverdi. 
Berkening bunga sabri chidamadi, jahli chiqdi, lekin u Bilga-xoqon va uning farosatli 
maslahatchisi Tongyuquqning dunyodagi eng aqlli so‘zlarni huzurimga keltiring, degan 
buyrug‘ini bajarishi lozim edi. Muloyimligi uni ushbu la'nati so‘zni qayta tarjima qilishga 
majbur qildi, yo‘qsa, bu yigit bir qilich zarbi bilan boshini tanasidan judo qilishi hech 
gapmas. U «Tangri» dedi va osmonga ishora qildi, «arig‘» deya odam qanday qilib qo‘l 
yuvishini namoyish etdi, so‘ngra o‘sha so‘zlarni qaytarib, ularning birgalikda qo‘llanishi, 
ya'ni Allohning pokligi ma'nosini aytdi. Shundan keyin u eski asirlarining biridan ilib 
olgan yana bir so‘zni aytdi - «nomug‘» - «buyruq». Ushbu so‘z Shahzoda tushuna 
oladigan va rohat qiladigan yagona so‘z edi. «Men bilaman» - dedi Berke so‘g‘dchada. 
«Biz bilamiz» deya to‘g‘irladi uni Shahzoda. Berke uni tushundi, boshini qimirlatib, o‘z 
tilida nimadir dedi, lekin Shahzoda Berkening «Biz bilamiz» dedimi yoki Shahzodaga 
ishora qilib «Siz bilasiz» dedimi, tushunmay qoldi. Shahzoda ikki bora ularning 
hammalari bilishiga ishora qildi va Bilga-xon va Tongyuquqning nomlarini eslatdi. Berke 
esa yana boshini qimirlatdi - Xudo biladi nega - va so‘g‘d tilida «Yashasin» dedi. 
Shahzoda hozirgina eshitgani barcha so‘zlarning ma'nosini chaqishga urindi. Berke uni 
xursand qilishga va bu qurgur mashg‘ulotni tezroq tugatishga intildi, qaniydi hozirning 
o‘zida ochiq sahroga, boshi oqqan tomonga qochib qutula qolsaydi... 
Bu kabi har xil o‘ylar qurshovida ikkilari ham O'n-o‘q qabilasidan bo‘lgan Makrach va 
O'g‘uz-Bilganing xoxolab kulayotganini eshitishdi... 
27
Fiona haqida o‘ylash uchun vaqtim yetarli edi. U aqlliligi bilan boshqa ayollardan farq 
qilardi. Men o‘zimni ayolga o‘ch odam deb hisoblashlarini istamayman, lekin nimani 
nazarda tutayotganimni tushuntirib bersam, meni tushunasiz, deb o‘ylayman. Turk 
urug‘laridan tashqari Fionaning o‘tmishda nemislarga bog‘liq jihati ham bo‘lib, yo bobosi
yo otasi nemis bo‘lgan. U falsafiy tafakkurni - men bilgan ayollar orasida kam 
uchraydigan ochiqlilik, samimiylikni meros qilib olgandi. Ha, menimcha, ayollarning 
asosiy kuchi aqllilikda emas va Fiona turklarga xos yovvoyiligi bois bunday toifa 
yaralmishlarning eng yaxshi va muloyim bir namunasi edi. Faqat, avval aytganimday, 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish