Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
26
firmasi meni sobiq sovet Markaziy Osiyosida s'yomka qilishni mo‘ljallayotgan kino 
guruhiga ekskursovodlikka taklif etdi. Bu paytda Fiona bergan qog‘ozlarning yarmini 
o‘qib bo‘lgan, fikrlar qurshovida aqldan ozay deb qolgan edim. Shu bois, ozroq moliyaviy 
tomonni o‘ylab, ko‘proq o‘zimni asrab qolish maqsadida bu ishga rozi bo‘ldim.
Ishimiz haqida ko‘p vaysab o‘tirmayman, u odatiy bir narsa edi: bir jazoirlik yoki 
pokistonlik ko‘zoynakli rejissyor o‘z boshliqlarini turli madaniyatga taaluqli odamlar 
guruhini, xudo biladi, qayoqqadir yuborishga ko‘ndiradi. Buning sababi uning cheksiz 
nafsi yoki ba'zi noaniq oilaviy mojarolar, ya'ni ularning ota-bobolari eng katta qit'aning 
qoq o‘rtasidan kelganlari haqidagi masalaga borib taqalardi... Va ularning ishlagan 
filmlari: gitaraga o‘xshagan cholg‘u asboblari bilan buzib talqin etilgan sharqona musiqa, 
islomiy did va g‘arbona kelajak, nasihat va ertak... va da'vo, da'vo, da'vo... To‘g‘risini 
aytsam, bunaqa yangilik-pangilikka hecham hushim yo‘q, agar pul uchun bo‘lmaganda, 
o‘rislar aytganiday, bundaylar bilan keng dalada hojat uchun ham birga o‘tirmagan 
bo‘lardim. Ular go‘shingni qiyma-qiyma, suyagingni mayda-mayda qiladi, qoningni 
tomchi-tomchilab ichadi va nihoyat kulingni bir qoshiqqa olib, butun dunyo bo‘ylab 
yangilik sifatida yoyib yuradi... Yuragimning urishi ularning zilzilasidan ming karra 
qadrliroq men uchun. Keling unutaylik shularni. 
Sizga tasvirlab bermoqchi bo‘lganim bu kuzgi sahro: yelkalarida zil-zambil osmonni 
ko‘tarib turgan shamolli cheksiz yer yuzasi. Boshqa hech narsa. Va bu ikki vertikallikni 
bir-biri bilan bog‘lab turgan yagona narsa - Inson bolasi. Hayotimda birinchi bor ko‘ngil 
va fikrga mos ikki bo‘shliq qanday qilib bu qadar shirin yolg‘izlikni keltirib chiqara 
olganligini his etdim. Yo‘qlik. Keraksizlik. Ovvorai sarsonlik va ruhning shamoli... 
35
Dono Tongyuquq dashtning o‘rtasida umrining 86 kuzida turib edi. Quyosh ufqda so‘nib 
borar, qizg‘ishlikning so‘nggi tilchalarigina qolgan edi. Hayot shunday kechardi. U 
vaqtdan yutdimi-yo‘qmi, baribir hayot oxirlab borardi. Ko‘k Turklari unga «Tulki ovchisi» 
deb laqab qo‘yib olishgandi, chunki u eng aqlli va ayyor dushmandan ham oqilroq va 
uddaburroroq edi. Turklarning Ko‘k Turklari deya nom qozonishlariga ham u sababchi 
bo‘lgan. U Xitoyda tug‘ilgan va shu yerda katta bo‘lgan. Shu bois u O'rta Qirollikning urf-
odatlarini, yashash tarzini hammadan yaxshi bilardi. U nafaqat mamlakat, balki har bir 
fuqaro chegarasini ham qoyilmaqom o‘zlashtirgandi. Magar Tongyuquqning sahroviy 
qoni endi bularga befarqday edi. Uning chegarasi ufqdan pastga og‘gan, hayot yo‘li 
beto‘xtov va uning o‘zi musaffolik keltiruvchi sahro shamoliday barchaga birday ochiq 
edi.
Turklar o‘zlarining o‘ldirilgani, vayron etilgani, deyarli yo‘q qilib yuborilayozganini 
unutmadilarmi? Ulardan so‘nggi yetti yuz kishi o‘rmonlarda tentirab yurganida, mana 
shu Dono Tongyuquq ularni birlashtirgan va Elturishni xoqon yoxud turklarning xoni etib 
tayinlashga qaror qilgan. Lekin bu ishda u: agar bo‘lajak xoqon ho‘kizning qay biri 
orig‘u, qay biri semiz ekanini bilmasa, u xoqon bo‘lishi kerakmi, deya ikkilanadi. U bir oz 
o‘ylanib turadi va shunga qaror qiladi: Tangri unga aqlu zakovat beribdimi, u Elturishni 
xoqon va o‘zini vazir etib tayinlajak. Shundan beri u tunlar mijja qoqqani yo‘q, kunlar 
esa kayfu safoga berilmadi. Oriq shoxni egish oson bo‘ladi. Muloyim narsani sindirish 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish