www.ziyouz.com
kutubxonasi
28
erishadimi? Ko‘k-qora osmonda yuz ming tumanlari bilan ko‘ringan hilol so‘nggi qilich
misol charxlanib turardi.
36
Taajjubki, Luk bilan Fiona ikki yil avval ayni bir joyda bo‘lishgandi. Men O'rta Osiyoni
nazarda tutyapman. Lekin menga o‘xshab, intervyu uyushtirish, vaqt va to‘lovlarni
nazorat qilish, rejissyor va suhbatdosh og‘zidan chiqayotgan har bir so‘zni tarjima qilish
bilan shug‘ullanishmagan ular. Luk odatiy ishi - ko‘chmanchi va o‘troq aholiga xos
odatlarni bir-biri bilan solishtirish bilan band bo‘lgan. U ko‘chmanchilar va o‘troq aholi
tafakkuridagi farqlarni ko‘rsatib o‘tgan bir muallifning «Yo‘l va maqom» maqolasidan
misollar keltiradi. O'sha muallifning aytishicha, mahalliy o‘troq aholi she'riyat deganda
ayollarga muhabbatni tushungan, ko‘chmanchilarning she'riyati esa birodarlarcha
sevgidan iborat edi. Misol tariqasida u Bilga-xoqonning marhum birodari Kul-Tegin
vafotiga bag‘ishlagan aza qo‘shig‘ini keltiradi.
«Yoshgina ukam Kul-Tegin o‘ldi, men unga aza tutaman. Ko‘rar ko‘zim ojiz, bilar ilmim
notanish bo‘ldi. O'zim anduh ichraman. Xudo vaqtni Inson bolasi o‘lishi uchun
yaratadimi? Men chuqur qayg‘udaman. Ko‘zimga yosh kelganda, ko‘nglimga g‘am
inganda, yondim, azoblandim. Qayg‘uga botib o‘yladimki, ikki shahzoda va yoshgina
ukamning, o‘g‘illarimning, qo‘mondonlarim va xalqimning ko‘zu qoshlariga yig‘idan ziyon
yetgay».
Men esa o‘zimga qanday she'riyat yoqishini juda yaxshi bilardim.
37
Men maqola muallifi bo‘lmish allaqaysi muallifni topishga harakat qildim, biroq uni
quvg‘inda, deb aytishdi. Haqiqatda ham ushbu oddiy dalil s'yomka orasida meni
izlanishni qaytadan boshlashga majbur qilgan bo‘lishi mumkin. Alaloqibat - men
voqealar nuqtai nazaridan aytyapman - Turfanga Shia Chang oilasini ko‘rgani borish
kutilmagan narsa bo‘ldi. Bu haqda avvalroq aytgan edim. Yana turli xil yozuvlar,
shifrlangan, ya'ni ko‘plab qisqartirishlar bilan yozilgan matn (masalan,, F.Yefr. uchrashdi
1.t. Tenz. o‘zining ko‘pl. va dek...) bor edi, lekin unda nima deyilganini aniqlashga
muvaffaq bo‘ldim.
«Rohib Valaamov o‘limiga sabab bo‘lgan holatni aniqladim. Bu taajjublaanarli bir
hikoyadir. Misrliklarning O'liklar kitobidan tashqari tibetliklarning ham ayni shunday
kitobi borligini Tengiz Datsaodan o‘rgangach, bularni qiyoslashga kirishgan. Aniqrog‘i
Tenzigni o‘z joyida so‘nggi bor uchratgan kishi Abo Yefrem bo‘lib, u uzoq Tibet safaridan
keyin turli e'tiqodlar va Hotandagi hayotni bir-biri bilan solishtirishga urinib ko‘rishni
taklif qilgan. Ikki rohib bir qalandarga duch kelishadi. U «Och yuzim, g‘assol, bu dam,
Yorug‘ jahonni bir ko‘ray» deya qo‘shiq kuylardi. Ular qalandarga ergashadilar va u
qabristonga boshlab boradi. O'zi yashashga odatlangan kechki bo‘m-bo‘sh qabristonda
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |