www.ziyouz.com
kutubxonasi
36
45
Eng oxirgi voqealar jarayoni Liga bo‘lgan yaqinligimni yanada mustahkamladi. Negaligini
bilasizmi? Bir tasavvur qilib ko‘ring, bir yarim yil avval u o‘zining Xitoyida, Shinjon-
Uyg‘uristonda asirga tushganini aytib berdi. Xitoyliklar boshqa sharqliklarga o‘xshab,
juda sirli bo‘lishadi, shuning uchun men avval boshda unga ishonmaygina qaradim, lekin
Li Yangi Hududlarni (Shinjonning tarjimasi shunday) o‘rganishga kelgan kishilarga
tarjimonlik qilganini so‘zlaganda, ishonmay turolmadim. Ayniqsa, Frantsiyadan kelgan
Farrah ismli mavristonlik prodyuser xonim boshchiligidagi teleguruh bilan ham birga
bo‘lganmi-bo‘lmaganini so‘raganimda, u boshini qimirlatib ma'qulladi. Tasavvur
qilyapsizmi, Li ayni men tarjima qilgan guruh bilan ishlagan. Lekin bu hammasi emas,
chunki «qo‘poruvchilik maqsadi»da yurgan guruh bilan hamkorligi uchun qamalgan Li
turmadaligida bir amerikalik diniy peshvo bilan uchrashadi, uning ismi... toping-chi,
nima edi uning ismi, - ha, albatta, Luk! Boshida garchi Li inglizchani bilishini tan olmasa-
da, u kundaliklarimni o‘qigan, deb o‘yladim. Biroq, Li o‘zi haqida men bila olmagan ba'zi
tafsilotlarni gapirib berganda, unga ishonishga qaror qildim. Avvalo, Luk mansabdorlar
undan xitoyliklarga qarshi qo‘lyozma topib olishganida qo‘lga olishganini Liga aytib
bergan. Garchi u qo‘lyozmaning qadimiyligi va bugungi Xitoyga mutlaqo tegishli
emasligini isbotlasa ham, uni tarixiy va diniy tadqiqot niqobi ostida aksil-Xitoy g‘oyalarni
targ‘ib qilishda ayblashadi. Lukning hafsalasi ancha pir bo‘lgan chamasi, u qo‘lyozmaning
zamonaviy Xitoy bilan aloqasi yo‘qligiga Lini ishontirishga uringan. Unga ko‘ra,
qo‘lyozma Xitoy Hukmdori ko‘plab sovg‘a-salomlar bilan bir turk shahzodasining
janozasiga yuborgan uch kishi to‘g‘risida bo‘lgan. Ulardan ikkitasi mohir usta bo‘lib,
shahzoda uchun maqbara qurish va xitoycha hamda turkcha yozuvlar bilan bezash ishi
shularga topshirilgan. Lekin uchchalovi ham Turk Xoni tomonidan qo‘lga olinib, Hukmdor
nomiga yozilgan maktublarini uyg‘ur tiliga o‘girishadi, qo‘lyozmada Xitoy hamda dasht
aloqalari bilan bog‘liq masalalar bayon etilgandi. Shularni hayajonda eshitar ekanman,
voqealarning ajoyib bir tarzda bir-biriga mos tushayotganidan yana qayta shubha
girdobi ichida qoldim, biroq Li birdan hikoyasini to‘xtatdi, chunki ikki kundan beri qorasi
ko‘rinmayotgan tunov kungi kishi qo‘mondonimiz bilan boshpanamizga kirib keldi.
U bilan birga yana bir boshqa yigit bor edi, elchi uni o‘zining jangari emas, balki haqiqiy
vakil ekanining isboti sifatida keltirgandi. Yigitning jangari bo‘lishni istashini, shu
maqsadda tinch-totuvlikdagi hayotini qo‘yib, kurashish uchun bu yoqqa kelganini
aytishdi. Biroq jangarilar qo‘mondoni uni yana bir asir kabi bizga qo‘shib qo‘ydi. Rostini
aytsam, u bizdek bo‘lishga da'vogar ekanidan ko‘nglim xijil bo‘ldi va «haqiqiy» asir kabi
unga qarshi yuragimda g‘alayon uyg‘ondi. Bechora yigit bo‘lsa, na bizga va na
jangarilarga qo‘shilolmay, arosatda qoldi hamda elchiga boshqa ishonmay qo‘ydi.
46
Hozir u biz bilan do‘stlarcha suhbat qurardi. Men jangarilar va Li uchun tarjima
qilarkanman, to‘g‘risi, terga botib ketardim, yo‘q, faqat Lining og‘zidan chiqqan ba'zi
qaltis gaplarni tarjima qilish jarayonida emas, balki shugina oddiy xizmatimni deb
e'tibordan mahrum bo‘lishni o‘ylasam shunday bo‘lardi. Hatto ziyrak jangarilarning
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |