www.ziyouz.com
kutubxonasi
34
rohibalar o‘z dinlarini yoyish uchun ularga erga tegishgan bo‘lsa? Bu juda chigal masala
bo‘lib, Bulen undan qanday qilib qutulish ustida o‘ylardi.
Yosh shomon ayollardan biri Shahzodaning qarorgohida yashar, uning ismi Dohun-devon
bo‘lib, ertaklardagi parilarday go‘zal edi. U azob chekayotgan shahzoda va malikalarni
ajdodlar ruhi bilan davolashga odat qilgandi. Lekin ko‘pchilik shahzodalar xudosiz rohiba
ayollarga uylanib olgach, ajdodlar ruhi g‘alayon qilib, uni nafaqat mijozlaridan, balki
mo‘‘jizali kuchidan ham mahrum qildi. Bu go‘zalning barcha urinishlari behuda ketdi:
raqsga tushdi, baqirdi, do‘mbira chertdi, qilmagan narsasi qolmadi, magar ruhlar qaytib
kelmadi.
Shahzodaning rohibasi ko‘zi yoriyotganda, Dohun-devon bir necha tibetlik shomin va
rohiba ayollar bilan tezda uning chodiriga taklif qilinadi. Shominlar chodirga kiraverishda
ibodat qilib turishardi: «Ishqsiz va hissiz yurak zaharga o‘xshaydi. Biroq kimki nafsni
yengsa va nafssiz hayot qursa, u pokiza yerning tishlangan, lekin zaharlanmagan
podshohiga o‘xshaydi...» Doxun-devon chodirga bir necha rohiba ayollar bilan birga kirib
keldi. Shahzoda ham u yerda, volidai muhtaramasining oldida o‘tirardi. Uning xotini
o‘layotgandi. Atrofdagi ayollar bezovtalanib turishardi. Nafratning kuchsizligi Doxun-
devonning yuz qiyofasini o‘zgartirib yubordi va go‘yoki ovozi hayvonlarnikiday bo‘g‘iq
yuz yoshli jodugar kampirga o‘xshab qoldi. Bo‘g‘zidan chiqqan tovushni eshitib, hamma
birdan yalt etib unga qaradi va yana bir yosh va go‘zal Doxun-devonni ko‘rdi. Hech
kutilmaganda uning o‘xshashi, aksi, ruhi tug‘ayotgan ayol ustiga tushdi. Ayolga
yaqinlashar ekan, birdan haligi go‘zal va yosh qizdan kuchli urg‘ochi bo‘riga aylanib
qoldi. Og‘zini katta ocharkan, uning qichqirig‘i o‘tovdagilarning yig‘isi bilan qo‘shilib
ketdi. Chaqaloq o‘lik edi.
Doxun-devon terga botgan va qaltiragan ko‘yi chetda turar, chiroyli chehrasini to‘zg‘igan
qora sochlari berkitgan edi. Boshqa bir Devon-doxun o‘tovni tashlab chiqar ekan, osmon
bilan o‘tovni bog‘lab turgan «teshik» tomonga qiynalib chiqib borardi.
Ertasiga uni o‘limga mahkum qilishadi. Garchi Shahzoda bunga qarshi bo‘lsa-da, onasi
Doxun-devonni zaharlab o‘ldirdi. Ana shundan keyin mamlakatda g‘alayon avj oldi.
Shahzodaning onasi uni jujanlarga qarshi kurashga chorladi. Shahzoda jangu jadalda
yurarkan, onasi kichik o‘g‘lini shoh qilib ko‘tarishga qaror qildi, lekin Shahzodaning
tarafdorlari hokimiyatni o‘z qo‘llariga olib, ayolni va uning o‘g‘lini o‘ldirishdi. Qolganlar
qochib qutuldi va Xitoyga sotilib, dushman qo‘shinini o‘z odamlari ustiga olib bordi.
Garchi turklar Doxun-devonni o‘ldirilgani bois ajdodlar ruhi bezovtalanib qoldi, deya
ishonishsa-da, Bulenning tibetcha kitoblari yangi tug‘ilgan chaqaloqning shafqatsiz o‘limi
bilan bog‘liq voqealarni tushuntirib bera olardi. Shunday qilib, Bulen binafsharang
kiyimda o‘tirar ekan, bu hikoyani Bilga-xoqonga qanday yetkazish to‘g‘risida o‘ylardi.
43
Teleguruh ham jonimga tegib ketdi, chunki Markaziy Osiyodagi eng katta shahar
sanalmish Toshkentga kelar ekanmiz, mavristonlik prodyuser xonimning fikri birdan bir
yuzu sakson gradusga o‘zgarib, qishloq va podachilar haqidagi filmni olmaslikka qaror
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |