www.ziyouz.com
kutubxonasi
15
paytda men bu qizni malikaday xayol qildim, o‘zim esa so‘lagi oqib yotgan och bo‘riday
bir alfozda edim. Uyatim ham qolmabdi!
Uyat-e, chunki birdan barcha ishimni unutib, aqlu hushimdan ayrildim, faqat qizga quloq
tutarkanman, uning nima deyotganini tushunmay, g‘unchadek lablariga va unga uyg‘un
ravishda yonib turgan qaroqlariga suqlanib qarab turardim. Hatto qaerda turganimizni
ham unutib qo‘yayozibman.
18
Jumladan, men rus rohibi Yerem Valaamovni butunlay yodimdan chiqardim. Ertasiga
Fiona (Lukning ma'shuqasi ismi shunday edi) Uyg‘uristonga ketmay turib, Luk o‘tkazgan
so‘nggi tadqiqot xususida so‘zlar ekan, men bu hikoya Abo Yefrem haqida ekaniligini
anglay olmabman. Aslida ham shunday edi. Bu rohib diniy yumush bilan Xitoy va
Tibetga yuborilgach, bunda mahalliy rohib bilan tanishadi va uni pravoslav nasroniylikka
da'vat etadi. Tenzig Datsaoning (rohibning ismi shunday edi) deyarli Muqaddas Uchlikka
e'tiqodini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lingan mahalda uning qiyofadoshi qadim kitoblarda
o‘qigani bir hikoyani aytib beradi. Bir necha asr burun nasroniy missioneri bu yurtlarga
kelib, sodda bir odamni uchratadi va uni Xudo hamda Uning Samoviy saltanatiga
ishontira boshlaydi. Sodda kishi Abadiy Hayotga musharraf bo‘lganiga bir bahya
qolganda, birdan aynib qoladi, chunki, o‘zining aytishicha, nasroniylikda otning sutidan
tayyorlangan qimiz ichish ma'n etilgani yodiga tushib qoladi. Men ham o‘shanga
o‘xshadim, deydi rohib Tenzig. - Sizning diningizda o‘lganlar ruhini ozod qilishga ruxsat
berilmagan. Abo Yefrem bu bilan nima demoqchiligini so‘raganda, u o‘zidagi Muqaddas
Kitobni ko‘rsatib, undan bir necha oyat o‘qib beradi.
Rohib Yefrem Valaamov o‘zi eshitgan oyatlarning ma'nosiga shu qadar qiziqib qoladiki,
hattoki nega bu yurtlarga kelganini-da unutib, rohib Tenzig yordamida o‘sha Muqaddas
Kitobni ruschaga o‘girishga tushadi.
Ushbu hikoyaning Luk bilan bog‘liq tomoni aniq esimda yo‘q bo‘lsa-da, kutilmaganda uni
o‘zim bilan bog‘liqligini sezdim: go‘yoki mening o‘lik ruhim yangi bir hayotga
o‘rlayotganday edi...
19
Harqalay Fiona istagan odam men emas deb o‘ylagandim, lekin aksincha men unga
kerak bo‘lib chiqdim. Buyuk shoirlardan biri yozganidek: «Meni men istagan o‘z
suhbatida arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatin ko‘nglim pisand etmas». Biz
Nyurnbergdan Bambergga o‘tishga kelishdik, chunki men unga ho‘v g‘aroyib darvishning
Lukka berib yuborgan Zevning kundaligi haqida gapirmoqchiydim. To‘g‘risini aytsam, bu
o‘ylab topganim bir tuzoq bo‘lib, kundalik daftar sumkamning ichida turgan edi. Shunga
qaramay, iloji boricha samimiy tarzda qizni taklif etdim, go‘yoki kundalik men bilanmi-
yo‘qmi esimdan chiqarganday edim, biroq, ko‘rib turganingizday, niyatim buzuq edi.
Esimda, yoshligimizda og‘aynilarimdan biri kundaligini o‘qishga ruxsat berishini bahona
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
Do'stlaringiz bilan baham: |