Adabiyot. Quldorlik demokratiyasi rivoj topib, ayniqsa, Afinada,
adabiyotning ommaviy turi - dramatik tomoshalar taraqqiy qiladi. Ular
ommaviy xalq bayramlari asosida tragediya va komediya shaklida
yuzaga keldi.
Butun qadimgi yunon madaniyati singari, tragediya ham
mifologiya asosida rivoj topdi. Lekin biz, “antik mifologiya
harakatsiz, misli qotib qolgan manzara emas; bu mifologiya uning
qaror topishida, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotini aks ettiruvchi
doimiy harakatda olib qaralmog‘i lozim”ligini unutmasligimiz kerak.
Klassika davrida mifologiya polis mafkurasini tarqatuvchi va
ifodalovchi bo‘lib qoldi. Shoirlar o‘z tragediyalariga o‘sha davr yunon
jamiyatini to‘lqinlantirgan g‘oyalarni jo qilganlar. Bu hol qadimgi
Gretsiyada tragediyalar g‘oyat katta shuhrat qozinishiga sabab bo‘lgan
va ular o‘sha davrning jonli va yorqin hujjatiga aylangan.
Yunon tragediyasi o‘z kuchi, favquloddaligi, yuksak g‘oyaviyligi
va obrazlar zabardastligi jihatidan dramaturgiyaning eng yaxshi
namunalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |