Madaniyatshunoslik rivojlanishi asosiy bosqishlari
Reja:
Qadimgi Misr madaniyati.
Qadimgi sharq madaniyati
Yunon va Rim antik madaniyati.
Qadimgi Misr madaniyati. Qadimgi Misrning manbalari, Qadimgi Ikkidaryo oralig'ining tarixi singari, Misrning uzoq o'tmishini muntazam suratda va chuqur o'rganishga faqat XIX asrdagina imkon tug'ildi.
Ungacha Bibliya (Tavrot) dagi ayrim ma'lumotlardan, yunon va lotin mualliflarining asarlaridagina foydalanishga to'g'ri kelgan, ammo bu mualliflarining Misming yozma . hujjatfaridan foydalana olmaganlar, faqat o'zga xaiqning og'izdan - og'izga o'tib kelgan hikoyalarigina bayon qilingan.
Gerodotning bizga ma'lum "tarix" ida Misrning o'tmishi u qadar muntazam bo’lmasada, Bobil- Ossur tarixidan ko’ra hiyla mufassal bayon etilgan.
Misr iqlimining nihoyatda quruqligi tufayli bunda hatto juda mo’rt materiallardan ishlangan qadimgi yodgorliklar ham g'oyat yahshi saqlangan. Chunonchi bunda qog'ozdan oldin kashf etilgan (haqiqiy qog'ozni qadimgi xitoyliklar ixtiro qilganlar) papirusga, yog'ochga va polotnoga yozilgan yozuvlar topildi. Toshtaxtalardagi yozuvlar ayniqsa yaxshi saqiangan, ammo bu yozma yodgorliklarning ko'pi bir tomonlama diniy - sehriy mazmundagi yozuvdir.
Diniy aivanalar. Nil vodiysida ayniqsa mustahkam va turg'un bo'lgan Koxinlar g'oyat katta kuchga ega bo'lib, uiar bilan podsho hokiniyati o'rtasida ba'zan ixtiforlar bo'lib tursa - da, fir'avn lam ing ilohiyligi tog'risida ta'limotlar va ahoii ommasini "Quyosh farzandi" ga (Misr hukmronlarini shunday deb ataganlar) itoat qilishga undaganlar.
Xullas, Misrdagi har xil diniy - e'tiqodlar eski urf -odatlarni qo'llab - quvvatlagan va mulkdorlar hokimiyatiga itoat qitishga chaqirganlar. Shubhasizki, Misrning dini yillar davomida o'zgarib, ijtimoiy siljishlarga va siyosiy o'zgarishlarga mosiashib turgan. Ammo tugab borayotgan urug' - qabilachtlik urf- odatlari bilan hali bog'liq bo'lgan qadimgi mamlakatlardagidan ko'ra uzoqroq va qattiq saqlangan, Misrda nihoyat darajada ko'p tarqalgan yirtqich va uy hayvonlariga sig'inish, shuningdek , har xil qushlarga, baliq va hashoratlarga sig'inish yunon sayyohlarini hayratda qoldirgan.
Misr dinining yana bir o'ziga xos hususiyati narigi dunyoga juda katta ahamiyat berilganligidir. Shumer bilan Bobilda narigi dunyoni ko'ngilsiz va mudhish deb, o'lganlarni bu dunyoni qo'msaydigan baxtsiz banda, deb tasawur qilgan bo'lsalar, bu haqda Misrdagi ta'limot boshqacha bo'lgan. Masalan, ular bu dunyodagi uy - joy musofirxona bo'lib, uzoq yashab bo'lmagani uchun ularni mustahkam qilib qurishning ham hojati yo'q, undan ko'ra o'zingga "abadiy yotoq joy"ni maqbarani oldindan tayyorlab qo'yishing kerak, degan qoidaga ama) qilganlar.
Mumiyolashga alohida e'tibor berilgan. Jasadni mumiyolashning qimmat va arzon usullari bo'lgan. Fir'avn va katta mansabdorlarning mumiyolari ayniqsa yaxshi saqlangan. Ichak -chovoqlari olinib alohida idishlarga (kanoplarda) saqlangan. Ichak -chavoqdan tozalangan gavda 70 kuncha nomakobda turgan, keyin xushbo'y qatron (smola) quyilib ustidan polotno o'rtikka o'ralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |