2021-yil ham yakunlanib bormoqda. Shubhasizki, ushbu yilning eng katta astrofizik va umuman eng katta ilmiy yangiliklaridan biri tarixda ilk bora inson qo‘li bilan yasalgan apparat Quyoshga yetib borganligi bo‘ldi



Download 19,5 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi19,5 Kb.
#617894
Bog'liq
document-office2003


2021-yil ham yakunlanib bormoqda. Shubhasizki, ushbu yilning eng katta astrofizik va umuman eng katta ilmiy yangiliklaridan biri – tarixda ilk bora inson qo‘li bilan yasalgan apparat Quyoshga yetib borganligi bo‘ldi!


Biz saytimizda NASAning Parker Solar Probe zondi Quyosh tomon yo‘lga chiqqani haqida 2018-yilning avgust oyida xabar bergan edik. Ushbu kosmik apparat astrofizik olim Yujin Parker sharafiga nomlangan bo‘lib, missiyaning maqsadi – imkon qadar Quyoshga yaqin borish va yulduzimizni bevosita ichkarisini o‘rganish hisoblanadi. Apparat o‘sha yilning noyabrida Quyoshga yaqin yetib borgan bo‘lib, shu choqqacha bir necha marotaba unga maksimal yaqinlashishga erishdi. Shunday yaqinlashishlardan biri 2021-yilning aprel oyida sodir bo‘lgan edi va kuni kecha Physical Rewiew Letters jurnalida chiqqan maqolada aytilishicha, apreldagi o‘sha yaqinlashuv paytida, Parker zondi Quyosh toji ichkarisiga kirishga muvaffaq bo‘lgan! Bu degani, demak tarixda ilk bora odamzot qo‘li bilan yasalgan apparat Quyoshga yetib bordi demakdir. Ushbu misli ko‘rinmagan yirik ilmiy natija albatta astrofizika sohasi uchun 2021-yil tarixiy yil bo‘lib qolishini kafolatlaydi. Zero endi insoniyat Quyoshga yetib bordi deb bemalol aytish mumkin.


Parker zondi aprel oyida haqiqatan ham Quyoshga sho‘ng‘ib chiqqani borasida dalillarni o‘rganib chiqish va tasdiqlash uchun albatta yetti oydan ziyod muddat ketdi. Quyoshning bevosita «shaxsiy hududi» va sayyoralararo fazoni ajratib turuvchi chegara fanda «Alfven kritik yuzasi» deb nomlanadi. Zond yuborgan ma’lumotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2021-yilning 28-aprel sanasida zond Alfven chegarasini kesib o‘tgan va Toshkent vaqti bilan 14:33 da Quyosh tojining ichkarisiga kirib, 5 soat mobaynida o‘sha joyda bo‘lgan.

Alfven kritik yuzasini o‘rganish Quyosh fizikasi uchun shunisi bilan qiziqki, yulduzimizning tojidagi harorat uning sirtidagiga nisbatan o‘ta keskin darajadagi katta farq qiladi va bu zamonaviy astronomiyaning eng asosiy jumboqlaridan biri hisoblanadi. Raqamlar bilan gapiradigan bo‘lsak, Quyosh sirtidan harorat bir necha ming daraja bo‘lgani holda, tojidagi harorat 1 million darajadan ham ortiqroq bo‘ladi. Bunday keskin harorat farqining sababi fan oldida hozircha mavhum bo‘lib turibdi va olimlar Parker zondi orqali ushbu savolga javob topish umididalar. Hodisaning ehtimoliy sabablaridan biri sifatida ilgari surilgan nazariyalardan biriga ko‘ra, Quyosh qa’ridan chiqayotgan magnit to‘lqinlari yuzadagi energiyani o‘zi bilan olib chiqib ketishi va shu energiya evaziga tojni o‘ta keskin qizdirishi mumkin deb faraz qilinadi. Nazariyani 1942-yilda shved fizigi Xans Alfven o‘rtaga tashlagan edi. Shu sababli ham Quyosh va sayyoralararo fazo chegarasi Alfven chegarasi deb nomlanadi.


Xans Alfven taxmin qilgan magnit to‘lqinlarini olimlar 2009-yilga kelibgina kuzatishga muvaffaq bo‘lishdi. Lekin ushbu to‘lqinlar tojni bu darajada keskin qizdirib yuborishga yetadigan energiya tashimasligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli ham tojning bu qadar ulkan haroratgacha qizishi sababi yana mavhumligicha qolavergan. O‘shanda Quyosh fizikasi mutaxassislari gap mazkur magnit to‘lqinlarining Quyosh toj tomonga yuqorilashida qanday harakatlanishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak degan g‘oyani o‘rtaga tashlashgan edi. Lekin, hanuzgacha olimlar hali ushbu chegaraning qayerdan o‘tishini ham bilishmas edi.


Nazariy hisob-kitoblarga ko‘ra, Alfven kritik chegarasi Quyoshning bizga ko‘rinadigan sirtidan boshlab taxminan 10-20 Quyosh radiusi (o‘rtacha 7 – 13,8 million km) masofasida joylashishi mumkin deb qaralgan. Lekin Parker bunday qarashlarni chippakka chiqardi. U Alfven chegarasini kesib o‘tgan nuqta Quyosh sirtidan 19,7 radius masofasida joylashgan bo‘lib, apparat toj ichkarisiga 18,4 radius masofasigacha sho‘ng‘igan.


Parker ichkariga kirgach, unga o‘rnatilgan asboblar mahalliy magnit maydoni kuchlanganligining ortishini va zaryadlangan zarralar zichligining kamayishini qayd etgan. Alfven chegarasidan tashqarida zaryadlangan zarralar oqimi Quyosh tarafdan kelar edi. Toj ichkarisida esa aksincha, ko‘plab to‘lqinlar orqaga – Quyoshning o‘zi tarafga qayrilib qaytar ekan.


Shuningdek, chegaraning o‘zi ham bir tekis emas ekan. U to‘lqinsimon bo‘lib, Parker undan uch bora kirib chiqqanligi ham buni tasdiqlab turibdi. Ushbu kirib-chiqishlar tufayli zond Alfven chegarasi o‘ziga xos strukturaga ega ekanini ham payqagan. Ushbu struktura ham albatta Quyoshdagi ko‘plab fenomenlarga katta ta’sir qilishi mumkin. Bu borada olimlar endilikda katta izlanishlarni olib borishlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek Parker Quyoshdagi «qayta ulanish» (solar switchback) hodisasi borasida ham muayyan ma’lumotlar to‘plagan. Bu Quyosh shamoli magnit maydonini «Z» shaklida qayrilishi hodisasi bo‘lib, fenomen 1990-yillarda aniqlangan bo‘lsa-da, lekin hanuzgacha uning ham mohiyati aniq emas.


Kelgusi yillarda Parker Quyoshga yanada va yanada yaqinlashib boraveradi. U yulduzimizga 6 million km gacha yaqin borishi rejalashtirilgan. Umumiy hisobda Parker Quyoshga 26 bora yaqin borishi ko‘zlangan bo‘lib, apreldagi o‘sha tarixiy yaqinlashuv hisob boshidan buyon sakkizinchisi bo‘lgan edi. Olimlar shuningdek apparat avgust oyida ham Quyosh atmosferasiga kirib chiqqan degan taxmindalar. Faqat buni dalillovchi faktlarni hali o‘rganish kerak va shu bois xulosaga hozircha shoshilishgani yo‘q. Navbatdagi yaqinlashuv esa 2022-yil yanvarida sodir bo‘lishi kutilmoqda. Keyingi sho‘ng‘ishlar esa yana ham ichkariroqqa bo‘ladi va apparat yanada uzoqroq vaqt Quyosh bag‘rida bo‘lib qaytadi. Ushbu sho‘ng‘ishlar orqali esa ilm-fan Koinotdagi biz uchun eng asosiy obyekt bo‘lgan – Quyosh haqida ko‘plab yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritadi.


Parker solar probe zondi Quyosh fonida, musavvir tasavvuri


© NASA/Johns Hopkins APL/Steve Gribben
Download 19,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish