Sharq falsafasi va madaniyati



Download 29,3 Kb.
bet1/2
Sana11.02.2022
Hajmi29,3 Kb.
#442753
  1   2
Bog'liq
Sanjarbek Usmonov


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ FALSAFASI VA MADANIYATI” KAFEDRASI
G‘oyalar falsafasi fanidan
Mustaqil ish


Mavzu: G’oyalar falsafasining tarixiy ildizlari, ma’naviy va falsafiy asoslari


Bajardi: 5120800 - “sharq falsafasi va madaniyati” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs arab-ingliz guruhi talabasi Usmonov Sanjarbek
Qabul qildi: “Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi o‘qituvchisi Saydaliyeva Nigora

TOSHKENT – 2021


G’oyalar falsafasining tarixiy ildizlari, ma’naviy va falsafiy asoslari
Reja:

  1. Ilk g’oya va mafkuralarning shakllanishi.

  2. G’oya va mafkuralarning rivojlanishi va insoniyat tarixiga ta’siri.

  3. Siyosiy, mifologik va diniy ulkan g’oyalar.

“Mafkuraning ijtimoiy mohiyati uning voqelikni buzishida emas balki uni qanday ijtimoiy maqsadda amalga oshirishidadir!”
A.A. Zinoviev
Tarixiy taraqqiyotda eng ustun tushunchalardan biri mafkura va g“oya tushunchalaridir. Insoniyatning o‘tmishi buni yaqqol tasdiqlaydi. Yer yuzida dastlabki odamzod paydo bo‘lib, uning urug‘ yoki jamoa xalq sifatida shakllanishi ro‘y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va mafkuralarga ehtiyoj tug‘ildi. Qadimgi Sharq zamini xalqlari dunyoda birinchilardan bo‘lib yerga ishlov berganlar, tabiatdan tanlab olish yo‘li bilan madaniy o‘simliklarning ko‘plab navlarini yetishtirdilar. Ular murakkab sug‘orish inshoatlari va moslamalari yaratdilar, tarixga ma’lum bo‘lgan birinchi suv tegirmonlari va objuvozlarni qurdilar, dastlabki uy hayvonlarini qo‘lga o‘rgatdilar, ipak qurti boqib, undan tabiiy ipak olishni kashf etdilar. Nihoyatda murakkab me’morchilik san’atiga asos soldilar, tabiat kuchlari qarshisida qanchalik sabr-toqatli, irodali, o‘tkir fikrli, jismonan baquvvat va ruhan yengilmas bo‘lishni jahonga namoyon etdilar. Shu asnoda xilma-xil g‘oyalarni yaratdilar, ularni amalga oshirdilar. Bu misollar xolisona, “Osiyomarkazchilik” g‘oyalaridan xoli bo‘lgan holda, umuminsoniy nuqtai nazaridan tushuntirilishi lozim.
Mafkuraviy jaryonlar tarixiy va ijtimoiy shart-sharoit bilan uzviy aloqador bo‘lib, davrlar almashuvi bilan yangilik tomon o‘zgaradi. Ma’lumki, milliy g‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari va ko‘rinishlari xalqimizning ko‘p ming yillik o‘tmishi davrida rivojlanib keldi. Qadimgi Xorazm, So‘g‘diyona va Baqtriyada ilk bor shakllangan, ajdodlarimiz tomonidan bundan 2700 yil oldin yaratilgan dastlabki yozma manba – “Avesto” kitobida ham ezgulik g‘oyalari ilgari surilgan. Yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi azaliy kurash aks ettirilgan. 1Zardushtiylikning ezgulik va insonparvarlik haqidagi qarashlari mintaqamizga islom dini kirib kelgunga qadar asosiy g‘oyalar edi. Shuningdek, Turkiy xalqlar o‘rtasdagi Ko‘k tangrisiga (osmon va quyoshga) sig‘inish (shamanizm) va buddizm ( buddaviylik) ham diniy et’iqod sifatida zardushtiylik bilan yonma-yon yashab keldi.
Qariyb uch ming yil mukadddam — ma’rifat ziyosini jaholat bulutlari qoplab olgan davrda buyuk vatandoshimiz Zardusht yakkaxudolik va ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qilishni boshlagan edi. Zardusht ta’limotida insonni ezgulikka da’­vat etuvchi g‘oyalar markaziy o‘rinni egallaydi. Ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasidagi g‘oyaviy kurash zar-dushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham bayon etilgan. Unda harbiy to‘qnashuvlar, bosqinchilik urushlari, jonivorlarni, hayvonlarni azoblash, odamlarga adolatsizlik, yolg‘onchilik, ahdga vafosizlik, hiyonat qilish g‘oyalari qoralanib, o‘troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da’vat etadigan g‘oyalar ulug‘lanadi. Zardushtiylik dinida yer, suv, musaffo havo, ona tabiat e’zozlanadi, quruq yer ochib, uni bog‘u rog‘ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi, aksincha, bog‘lar, ekinzorlarni, sug‘orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladi. Zardushtning bunyodkor g‘oyalari insonlarni tinch-totuv yashashga, halol mehnat qilib Vatanni obod qilishga da’vat etadi.
Zardushtiylik mintaqada ilk bor shakllangan dastlabki davlat birlashmalari: Xorazm, So‘g‘diyona va Baqtiriyada davlat dini darajasiga ko‘tarildi va rasmiy mafkura vazfasini ham bajardi. Kushon davlati davriga kelib zardushtiylik bilan bir qatorda, buddaviylik ham davlat dini vazifasini o‘tay boshladi.2
Ammo, Turonning vaqti vaqti bilan bosqinchilar xujumiga uchrab turishi jamiyatdagi barqarorlikni izdan chiqarar edi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Ahmoniy shohlari, 329-327 yillarda Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik yurishlari mintaqada mavjud bo‘lgan mustaqil davlatchilikka ma’lum muddat chek qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Xalqimiz o‘z mustaqilligini qayta tiklash uchun dushmanga qarshi yillar davomida kurash olib bordi. Mustaqillik g‘oyalari o‘z milliy davlatchiligini tiklash uchun kurash xalqimizning o‘sha paytdagi orzu-umidlari, ta’bir joiz bo‘lsa, uning g‘oya va mafkurasini tashkil qiladi. Ularga asoslangan xalqimiz Kushon podsholigi va Buyuk Turk Xoqonligi kabi ulkan saltanatlarga asos soldilar.3
Biroq, tarixiy jarayon o‘zgarishi bilan mintaqada mustaqil davlatchilikka yana vaqtincha chek qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Turon VII asrning oxiri – VIII asrning boshlarida arab bosqinchilari tomonidan bosib olindi. Bunda istilo va istibdodga qarshi kurash g‘oyalari yagona maqsad yo‘lida, masalan, Turon zaminini arab istilochilaridan ozod qilish uchun janglarda birlashtiruvchi g‘oya bo‘ldi. Muqanna qo‘zg‘aloni va uning ozodlik uchun kurash g‘oyalari istiqlolchilarga qarshi kurashda mafkura vazifasini o‘tadi.
Movarounnahrda islom dini xalqni yagona maslakka birlashtirdi.
Bu g‘oyalar o‘zbek davlatchiligining rivojlanishida ham muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Nizom-ul-mulkning “Siyosatnoma” kitoblarida davlat idorasi va ahli fuqoroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g‘oya sifatida ilgari surildi. Bu g‘oyalar Temuriylar davlati g‘oyaviy tamoyillarining ustuvor yo‘nalishi edi.4
XVII-XIX asrlarda umummilliy manfaatlar o‘rniga tor va cheklangan, shaxsiy va sulolaviy manfaatlarning ustun qo‘yilishi, jamiyat hayotida ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ilm-manfaatni rivojlantirishga yetarlicha e’tibor berilmagani o‘zbek davlatchiligining tanazzulga yuz tutishiga, mustaqillikning qo‘ldan berilishiga, Turkistonda mustamlakachilik tuzumi o‘rnatilib, pirovardida milliy davlatchilikning yana bir bor tugatilishiga olib keldi. Shunga qaramasdan, chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan milliy g‘oyalar tamomila yo‘q bo‘lib ketmadi. Aksincha, mustamlakachilik sharoitida ular milliy davlatchilikni tiklash, millat taraqqiyoti va istiqboli uchun kurash bayrog‘i sifatida yana ilgari urila boshladi.
Bu intilishlar XIX asrda ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan chiqqan Ahmad Donishning ilg‘or qarashlarida, XX asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik harakatining taraqqiyparvar namoyondalari – Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy ijodi va faoliyatida yana ham kuchaydi. Jadidlar Turkistondagi xalqlarni birlashtirish va butun o‘lkaning milliy mustaqilligi uchun kurash g‘oyasini ilgari surdilar. Turkistonda bosqinchi qizil armiya va sovet tuzumiga qarshi ko‘tarilgan istiqlolchilik harakatining mafkurachilari ham aynan jadidlar bo‘ldilar. Biroq, mustabid sovet tuzumi bu g‘oyalarga qarshi g‘ayriinsoniy mafkurani ilgari surib, xalq manfaatlarini inkor etdi. Bu utopik, xayoliy g‘oyalar real hayot talablariga javob bermas, xalqning an’anaviy turmsh tarziga, jamiyat taraqqiyoti qonunlariga mutlaqo zid edi. Ular milliy istiqlolni tan olmas, milliy qadryatlarni toptar, diniy et’qodga qarshi kurash asosiga qurilgan edi. Lekin, mustabid hukumat ularni xalqqa tan oldirish uchun jon-jahdi bilan kurashdi. Bu siyosat ayovsiz kurashlar, ta’qib, tazyiq va zo‘ravonliklardan iborat edi. O‘sha yillardagi mash’um qatag‘onlar bu kurashning fojeali namoyon bo‘lishi edi.
Bu tuzum o‘lkamizda zo‘rlik bilan o‘rnatilgach, xalqimiz uning siyosati va mafkurasiga qarshi kurash olib bordi. Bu kurash shafqatsizlik bilan bostirlgach esa, yashirin tarzda davom etdi. Va nihoyat, 1937 yildagi ommaviy qatog‘on bu tuzum va uning mafkurasiga, g‘oyalariga qarshi chiqqan, umummilliy manfatlarni himoya qilgan, har qanday “o‘zgacha fikrlaydigan” kishini “xalq dushmani” deb e’lon qildi. Ular ba’zi milliy g‘oyalarni ilgari surib, xalqimiz manfaatlarini himoya qilganliklari uchun ularni yo‘q qilib yubordi.5
Shundan keyingina, zo‘ravonlik bilan o‘rnatilgan bu g‘oyalar jamiyatning yakkayu yagona va hukmron mafkurasiga aylandi. Butun omaviy axborot vositalari – radio, matbuot, televidenie, madaniyat, san’at, adabiyot, ijtimoiy fanlar shu mafkurani targ‘ib qilish va singdirishga xizmat qildi, davlat tashkilotlari uning hukmronligini kuch va zo‘rlik bilan ta’minlab turdilar. Lekin bu g‘oyalar har bir xalq qalbidan chuqur joy ololmadi, jamiyatning o‘z mafkurasiga aylanmadi, xalqimizning milliy g‘oya va asriy qadriyatlarini yo‘q qila olmadi. Xalqimiz hayotida chuqur ildiz otgan, uning azaliy orzusi bilan milliy g‘oyalar 80-yillar oxirida davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan izchil va jasorat bilan yana kun tartibiga qo‘yildi va Vatanimiz ozodligi hamda mustaqillikni qo‘lga kiritishda muxim omil bo‘ldi. Ular mamlakatimizda mislsiz o‘zgarishlarni amalga oshirish, xalqimiz hayoti va taraqqiyotini belgilab olishda umuminsoniy qadriyatlar ustivorligiga asoslangan ozod va obod Vatan va farovon hayot qurish kabi oliy maqsadlarimiz ifodasi bo‘lib kelmoqda.6
Jamiyat rivoji va bunyodkorlik g‘oyalari. Bunyodkorlik g‘oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat sivilizatsiyasiga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab kelmoqda. Prezident I.Karimovning “O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir”, degan so‘zlarida ham ana shu boqiy g‘oyalarning ma’no-mazmuni o‘z ifodasini topgan. Bunday bunyodkorlik xalqimizga ota-bobolaridan merosdir.
«Avesto»da vatanparvarlik g‘oyasi ulug‘lanib, odamlarni barkamol bo‘lishga da’vat etilgan. «Menga barkamol va dino-goh, vatansevar va anjumanoro, ahil, ezgu andishali, zulmatdan, tanglikdan qutqaruvchi farzandlar bag‘ishla. Toki ular manzil, shahar, o‘lka va uning nom hamda ovozasini ko‘tarsinlar», deyiladi. Shuningdek, asarda ona zaminni e’zozlash, uni obod qilish g‘oyalari targ‘ib qilinadi. Jumladan, «Avesto»da yozilishicha, Zaminni hammadan ko‘proq baxtiyor qilgan shaxs, hammadan ko‘p bug‘doy, giyoh va mevali daraxtlar ekkan zotdir! U quruq yerlarga suv chiqargan va suvli yerlarni shudgor qilgan zotdir..., — deyiladi.
Hindistonda paydo bo‘lgan buddaviylik dini asta-sekin Janubiy, Sharqiy Osiyoda yashaydigan ko‘pchilik xalqning mafkurasiga aylandi. Eramizning birinchi asrida Rim imperiyasida shakllangan xristianlik dini jahonning ko‘pgina xalqlari va millatlari tomonidan qabul qilindi, ularning ma’naviy hayotiga singdi. VI asrning oxirida Arabiston yarim orolida paydo bo‘lgan islom dini o‘rtadagi ahillik, birodar-lik, hamjihatlik, ezgulik, yaratuvchilik g‘oyalarini targ‘ib qilganligi sababli dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlari xalqlari o‘rtasida tarqaldi, ularning ma’naviy hayoti, turmush tarzi va madaniyati rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xitoy va hind mutafakkirlarining jamiyat rivoji haqidagi qarashlari va bunyodkorlik g‘oyalari ham Osiyoning «sharqona» ma’naviyatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Jumladan, buyuk Xitoy mutafakkiri Konfusiyning (mil.av. 551-479) g‘oyalari hanuzgacha Xitoy xalqi mafkurasida yetakchilik qilib kelmoqda.
Konfusiyning falsafiy va axloqiy g‘oyalari markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o‘rni, vazifasi muammolari turadi. Bu g‘oyaning asosi jamiyatni har qanday ijtimoiy larzalardan asrab qolish va insonlar manfaatini yuqori qo‘yishga qaratilgan.
Sobiq ittifoq davrida yurtimizga begona g‘oyalar kirib keldi. Begona ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy hayot qaror topdi. Turmush tarzimizdan begona urf-odat, an’analar joy oldi. O‘zimizga xos va moe bo‘lmagan kommunizm g‘oyasi bilan yashay boshladik. Xalqimizning azaliy turmush tarzi, urf-odatlari psixologiyasi, qadriyatlari, insoniy munosabatlari, tarbiyasiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatdi.7
Bunday g‘oyalar inson tabiatiga zid bo‘lib, uni salbiy tomonga o‘zgartiradi, unda nosog‘lom turmush tarzini shakllantiradi, fikrlar xilma-xilligini cheklaydi, qaramlik, tobelik, mutelik muhitini yaratadi. Milliy tafakkur tar­zini o‘z negizlaridan begonalashtiradi, begona urf-odat, an’analarni targ‘ib qiladi, ularning kirib kelishiga mu-hit yaratadi, mamlakatni, xalqni o‘z milliy qadriyatlaridan, oxir oqibat o‘z taraqqiyot yo‘lidan begonalashtiradi, jamiyatda xalqlar va millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglikka rahna solib, ichki ixtiloflar, parokandalikka olib keladi.
8Tasavvuf ta’limoti ham islomning dastlabki asrlaridayoq paydo bo‘la boshlagan bo‘lib, avval taqvoga o‘ta qattiq rioya qilish, nafl ibodatlarga berilish bilan ko‘zga tashlangan bu yo‘nalish VIII asrga kelib Robiyayi Adaviya siymosida ilohiy ishqni ulug‘lashni birinchi o‘ringa chiqardi. IX asrdan Zunnun Misriy (vafoti 859), Xoris Muhosibiy (791-857), Boyazid Bistomiy (vafoti 875 yil) kabi sufiy shayxlari tasavvuf nazariyasiga ilk poydevor toshlarini qo‘ya boshladilar. IX asr oxiri X asr boshlarida Junayd Bag‘dodiy (vafoti 910 yil) , Mansur Xalloj (858-922) kabi mashhur siymolar yetishib chiqdi. X asr oxirida tasavvuf bo‘yicha ilk umumlashtiruvchi kitoblar «Kitob al-luma’ fit-tasavvuf» (Abu Nasr Abdulloh ibn Ali Sarroj -vafoti 988 yil), «Kitob at-taarruf li mazhab-ul-tasavvuf» (Muhammad ibn Ibrohim Buxoriy Kalobodiy - vafoti 995 yil) kabilar yozildi. Tasavvuf ta’limotining keng yoyilishi XI asrdan boshlandi, deyish mumkin. Bu asr tasavvuf nasriy adabiyotining yirik vakili - Alisher Navoiy tarafidan «piri Hirot» deb ulug‘langan Abdulloh Ansoriy (1006-1089), fors tilida ijod etgan xalqchil tasavvuf she’riyati vakillari Bobo Tohir Uryon, Abusaid Abulxayr (967-1049), Abdulhasan Xaroqoniy (vafoti 1033 yil), Bobo Kuhiy (vafoti 1050 yil), tasavvuf haqida turli risolalar mualliflari Kushayriy (987-1073), Hujviriy (vafoti 1076 yil), As-Sulamiy (937-1021) va tasavvufning boshqa mashhur amaliyotchi va nazariyotchilari yashab o‘tgan davrdir. Bular ichida bizning diyor vakillari Arslonbob ota, Bob Farg‘oniy, Husam ota kabilar ham bor. Kengayib borayotgan bu yangi ma’naviy jarayon aql va mantiqiy tafakkurni ma’naviyat asosi deb bilgan, insoniylik mohiyatini avvalo aqliy bilimlarni o‘zlashtirish va ularni hayotga tatbiq etishda ko‘rgan islom ma’rifatchiligi bosqichi namoyandalariga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymadi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilik» dostonida zohid sufiy alohida timsol O‘zg‘urmish qiyofasida aks ettirildi. Ammo shunga qaramay, XI asrda hanuz islom ma’rifatchiligi - faylasuflar, mutakallimlar, botiniylar, tabiiy va aniq fan allomalari, qisqasi, aql va bilimni birinchi o‘ringa qo‘yuvchilar yetakchilikni qo‘ldan bergan emas edilar. Bu davrga o‘z ijodi bilan yakun yasagan kishi ham aslida XI asr oxiridagi mantiqiy tafakkurning eng zabardast vakili Imom Abu Homid G‘azzoliy (1058-1111) bo‘ldi. G‘azzoliy nihoyatda baquvvat mantiqiy tafakkur egasi, faylasufdir. G‘arbda uni hatto materialistik tamoyildagi donishmand deb bilishgan. Buning sababi, olimning «Maqosid al-falosifa» («Faylasuflarning maqsadlari») asari bo‘lib, uni o‘qigan kishi, darhaqiqat, G‘azzoliyni ham Forobiy va Ibn Sino yo‘nalishidagi odam deb o‘ylashi mumkin. Bu kitob 1145 yildayoq lotin tiliga tarjima qilingan va arab tilida yozilgan islom falsafiy merosidan yevropaliklar birinchi navbatda shu kitob orqali xabar topishgan edi. G‘azzoliy haqida Gegel ham yuqori fikrda bo‘lgan.9
10Ammo G‘azzoliy keyingi «Taxofut al-falosifa» («Faylasuflarning o‘z-o‘zini inkor qilishi») asarida mantiqiy tafakkurning ichki ziddiyatlarini, islom ma’rifatchiligi davri faylasuf allomalarining asarlaridagi o‘zaro zid keluvchi o‘rinlarni chuqur tahlil qilib berdi. G‘azzoliy ko‘proq mutakallim-faylasuf edi, ammo u asarlarida mutakallimlarni ham ayab o‘tirgani yo‘q, ular mantig‘idagi zaif joylarni ham keskin fosh etdi. Alloma behudaga «Haqiqat izlovchilar»ning turli toifalarini sanab ko‘rsatgan emas. Maqsad ularning qarashlarini birma-bir tahlil qilib chiqib, o‘zaro ichki ziddiyatlarni aniqlash, oradagi mo‘’tadil muvozanat holatini topishga urinish edi. G‘azzoliy faqat faylasuflar bilan emas, balki barcha yo‘nalish vakillari bilan bahsga kirishadi, xristianlarning, botiniylarning (ismoiliya bid’ati vakillarining), sufiylarning qarashlaridagi ifrotiy (ya’ni umumiy me’yordan chiqib ketgan) joylarini ilmiy tahlil asosida ochib beradi. G‘azzoliyning tafakkuri turli nazariyalardagi ichki ziddiyatlarni teran ko‘ra bilish qudratiga ega edi. Uning Sharqdagi eng mashhur va keng qamrovli asari «Ehyoyi ulum ad-din» («Diniy bilimlarning qayta jonlanishi») bo‘lib, bu asarda alloma o‘z qarashlarini muntazam bir tarzda bayon etgan. G‘azzoliyning falsafiy qarashlari islom mintaqa ma’naviyatining ma’lum bir bosqichi yakunlanib, yangi bosqich boshlanayotganidan yorqin bir nishona edi. G‘azzoliy dunyoga kelgan davrda Saljuqiylar islom mintaqasining katta va muhim qismini qamrab olgan, mustahkam markazlashgan islom davlatini tuzishgan edi. Mintaqada harbiy kuch va hokimiyat to‘liq turkiy sulola qo‘liga o‘tgan bo‘lib, arab xalifalari faqat rasmiy diniy peshvolik hurmatini saqlab qolgan, turli davlat ishlarini boshqarishda esa ko‘proq yangi fors tili qo‘llanilar edi. Shu sababli ulug‘ vazirlarning ko‘pchiligi fors tilida gaplashuvchilardan bo‘lib, kelib chiqishi turkiy elat vakillari bo‘lgan amaldorlar ham odatiy qoidaga ko‘ra davlat ishlariga oid yozuvlarni fors tilida yuritar edilar. G‘azzoliy Xurosonda turkiy va forsiy elatlar azaldan aralash yashaydigan Tus shahrida tug‘ildi. U ukasi Ahmad bilan erta yetim qolishdi. G‘azzoliy boshlang‘ich ta’limni Tusda olgach, ilmini oshirish uchun Jurjon (Astrobod) va Nishopurga keldi va ash’ariy oqimining atoqli namoyandalaridan Imom al-Haramayn (ikki muqaddas dargoh imomi) deb shuhrat topgan mutakallim al-Juvayniy (vafoti 478/1085) qo‘lida to uning vafotigacha ta’lim oldi.11
Kuchli mutakallim va fiqh olimi bo‘lib yetishgan G‘azzoliy ulug‘ vazir Nizomulmulk (1063-1092)ning diqqatini tortdi va Nizomiya madrasasida dars berishga jalb etildi. 1095 (488 hijriy) yilda kuchli ruhiy iztirobga tushgan G‘azzoliy o‘zining butun mudarrislik va faqihlik faoliyatini to‘xtatib, hajga yo‘l oldi va tasavvuf yo‘liga kirib, 11 yil mobaynida zohidlik va tarkidunyo bilan kun kechirdi. Shu davr ichida o‘zining eng mashhur va mukammal asari - «Ehyoyi ulum ad-din»ni yozib tugatdi. 1106 yilda Nizomulmulkning o‘g‘li Faxrulmulk iltimosiga quloq osib, yana Nizomiyada dars berishga qaytdi va shu davrda o‘z falsafiy qarashlarining takomil bosqichlarini aks ettiruvchi «al-Munqiz min ad-dalal» asarini yozdi. Umrining oxirida yana ona shahri Tusga qaytib, sufiy xonaqohini ixtiyor etdi va muridlariga sufiyona hayot tarzidan saboq bera boshladi.
G‘azzoliyning bosh kitobi «Ehyoyi ulum-ad-din» to‘rt qism (rub’-chorak)dan iborat bo‘lib, har bir qism 10 kitobdan tashkil topgan. Birinchi qism «Ibodatlar» deb ataladi va unda ilm va aqoyid haqida umumiy ruhdagi muqaddimadan so‘ng, tahorat, namoz, zakot, ro‘za, haj, Qur’on tilovati, zikr va Allohga munojot amallarining ichki mohiyati, ruhiy mazmuni asosli ravishda ochib berilgan.
Ikkinchi qism «Odatlar» deb nomlangan va «Taom iste’mol qilish qoidalari»dan tortib «Payg‘ambarlik axloqi»gacha, inson hayot tarziga oid barcha muammolar batafsil tahlil qilib chiqilgan.
Uchinchi qism - «Muhlikot»(«Insonni zalolatga boshlovchi ishlar va xislatlar») haqida bo‘lib, unda ko‘ngil mo‘’jizalari va dil tarbiyatiga oid suhbat boshlanadi va turli zararli hoyu havaslar - ochko‘zlik va hirs, ezmalik, hasad va nafrat, baxillik va dunyo to‘plashga intilish, kibr va munofiqlik kabilar qoralanadi.
To‘rtinchi qism - «Munjiyot» («Najotga eltuvchi xislatlar») deb unvon olgan bo‘lib, ko‘proq tasavvuf maqomlari yo‘nalishida - tavba, sabr va shukronalik, xavfu rijo (yomon amallar uchun Alloh jazosidan qo‘rqish va yaxshi amallar evaziga Alloh inoyatiga umid bog‘lash), zuhd va faqr, tavhid va tavakkul, ishq, hijron, qanoat, niyat, samimiyat va haqgo‘ylik, o‘z-o‘zini ehtiyot va nazorat qilish, o‘z holini mushohada qilish va o‘limni yodda tutish masalalariga maxsus e’tibor qaratilgan. Asar muallifi ham faylasuf, ham muqaddas kitoblar bilimdoni, ham huquqshunos-faqih ham tasavvuf sirlaridan chuqur xabardor alloma, ham axloqshunos-nosih (nasihat etuvchi) sifatida o‘zini namoyon etadi. Kitobda axloqiy, diniy, huquqiy, irfoniy tushuncha va muammolar baquvvat mantiqiy dalillar yordamida jiddiy tahlil etiladi va ishonarli tarzda tushuntirib beriladi. Ulug‘ allomaning ushbu asaridagi g‘oyalar ixchamlashgan tarzda «Kimyoyi saodat» nomi bilan fors tilida ham bayon qilingan. Bu asar muqaddimasida birinchi marta inson vujudida
Download 29,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish