311
Miloddan avvalgi IV asrda binolar korinf uslubida barpo etildi.
Uning ioniy uslubidan farqi, ustunlari uzun (orderga mutanosib
ravishda), tagkursi va qoshi ancha murakkab bo‘lib, akanf o‘simligi
yaproqlari bilan bezatilgan.
Afina akropolining saqlanib qolgan Parfenon va Erexteyon
ibodatxonalari yunon arxitekturasining eng yorqin namunalari deb
aytish mumkin.
Ajoyib Parfenon ibodatxonasi ma'buda Afinaga bag‘ishlangan.
Hozir ham u jahon arxitekturasi durdonasi hisoblanadi. Parfenonning
ustunlari
doriy uslubida, ammo binoning o‘zi ioniy uslubida qurilgan.
Parfenon qarshisida joylashgan Erexteyon ham tarixiy yodgorliklardan
biri. Bu bino ioniy uslubida barpo etilgan. Uning ustunlari kelishgan
va nafis. Kariatida (qiz haykal)lari ham ajoyib, ibodatxona devori
oldidagi kichkina peshayvon tomini ular ustunlar o‘rnida ko‘tarib
turishadi.
Miloddan avvalgi IV asrda qadimgi Afina markazida afinalik
fuqaro
Lisikratga qo‘yilgan yodgorlik haykalini ham korinf uslubi
namunasi deyish mumkin. U ham hozirga qadar saqlanib qolgan.
Akropolning
markazida Pramaxos (ya'ni jangga kirgan
Afina)ning haykali joy olgan. Bu ma'buda boshida dubulg‘a, qo‘lida
nayza bilan tasvirlangan. Nayzaning uchidagi zarhal yaraqlab turadi.
Haykal baland tagkursiga qo‘yilgan. Tireydan bir necha chaqirim
naridan o‘tayotgan kemalardan ham bu nayza ko‘rinadi.
Fidiy
ma'budalarni tasvirlashda ularning go‘zalligi va hashamatini bo‘rttirib
ko‘rsatadi. Bu genial haykaltaroshlarning asarlaridan tashqari, nomlari
noma'lum yana ko‘pgina asarlar ham saqlangan.
15 -
16 yoshlik,
olimpiya o‘yinlari g‘olibi - yuguruvchi qiz haykali, ayniqsa, e'tiborga
loyiq.
Miloddan avvalgi IV asrda qadimgi yunon haykaltaroshligi
mohiyatan o‘zgardi. Bu
narsa yangi ijtimoiy Sharoit, polisning
inqirozi, aholi o‘rtasida mulkiy tabaqalanish kuchayishi, davrning
alg‘ov-dalg‘ov voqyealari bilan bog‘liq bo‘ldi.
Qadimgi Yunonistonda rassomlik keng rasm bo‘lgan, ammo
hozirga qadar uning namunalari deyarli saqlanib qolmadi. Yunon
rassomlari uchun odatda ayrim mifologiya manzaralari syujet bo‘lib
xizmat qilgan, shu bilan birga zamon voqyealari va yunonlarning
turmushi ham aks ettirilgan. Italiyadan va Rossiyaning janubidan
312
arxeologlar topgan sag‘ana freskalari, bizgacha ko‘plab
yetib kelgan
qizil va qora shaklli guldor vazalar monumental va stanokli yunon
rassomligi haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Naqshkor
rassomlar shu tariqa syujetni batafsil aks ettira olganlar.
Din yunon klassik madaniyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib,
arxitektura, tasviriy san'at, adabiyot yodgorliklarida ham o‘z aksini
topgan. Qadimgi yunon dinining asosiy shakllari arxaik davrdayoq
tarkib topib, uning ildizlari eng qadimgi krit-mikena davriga borib
taqaladi.
Polis dini hamda eski diniy tasavvurlarning miloddan avvalgi IV
asrda ana shunday tanglikka uchragani ma'lum. Bu o‘sha
zamon
adabiyoti, san'ati va falsafiy qarashlarida o‘z aksini topgan.
Qadimgi Yunonistonda klassik davr falsafasi. Klassik
zamondayoq tabiat va inson faoliyati ustidan olib borilgan kuzatish
natijalarini umumlashtirishga intilish oqibatida falsafiy-estetik fikr
ravnaq topdi. Yunon falsafasi fan sifatida paydo bo‘lishi jarayonida
materializm bilan idealizm o‘rtasida boshlangan kurash bu
taraqqiyotga ko‘maklashdi.
Periklning do‘sti faylasuf
Anaksagor o‘z salaflarining materiya
tuzulishi bilan bog‘liq qarashlariga qiziqdi. U
barcha jismlar eng
mayda zarralarning tegishli sifati: havo - o‘ta mayda havo
zarrachalari, daraxt - eng mayda yog‘och zarralari, metall - tegishli
metall zarralaridan, go‘sht - eng mayda go‘sht zarralaridan tuzilgan,
deb ta'lim berardi. Shu bilan birga, u materiyaning
kelib chiqishiga
“olamiy aql” sababchi deb hisoblagan.
Do'stlaringiz bilan baham: