264
qurollanganidan dalolat beradi. In davlatining sinfiy xususiyati
qo‘shinlar tuzilishida ko‘rinadi. Piyodalar oddiy dehqonlardan, jang
aravalari egalari esa zodagonlar bo‘lgan. Ko‘chmanchilar bilan
bo‘lgan urushlar In davlatini zaiflashtiradi, natijada jangovar Chjou
qabilalari
In shohligini tugatib, yangi Chjou shohligini barpo etadilar.
Davlat tuzumi.
Chjou-li traktati asosida
Chjou sulolasi davridagi
davlat tuzumini o‘rganish mumkin. Bu davrda Xitoyda murakkab
davlat tuzilmasi shakllandi. Davlat apparati mamlakatni shoh nomidan
boshqardi. Hukmdor atrofida zodagon amaldorlar guruhi bo‘lib, ular
Yuqori lavozimlarni egallaganlar. Davlat boshida shohdan so‘ng
birinchi yordamchi turadi. Bu amaldor bilan bir qatorda uch
oqsoqoldan iborat guruh: yer ishlari boshlig‘i (amloqdor), ikkinchisi -
ot-ulov hamda shoh qo‘shinlari sardori, uchinchisi - ijtimoiy ishlar
boshlig‘i vazifasini ado etganlar.
Amloqdor mamlakatda qishloq
ishlarini tashkil qilish, yer ishlari bilan band bo‘lgan aholini
boshqarish bilan shug‘ullangan. Ikkinchisi, harbiy vazir sifatida
mamlakat harbiy boshqaruvini amalga oshirgan. U askar yig‘ish,
harbiy ta'limga rahbarlik qilish, qo‘shin ta'minoti bilan shug‘ullangan.
Uchinchi boshliq mamlakatdagi barcha
yer fondlarini boshqarib,
davlat suv ta'minotiga rahbarlik qilgan. Xitoydagi barcha sug‘orish
inshootlari ustidan nazorat qilish shu shaxslar qo‘lida edi.
Keyinchalik mamlakatda boshqa amaldorlar ham paydo bo‘ldi.
Ular shoh yerlari, turar-joylari, saroyi, sud ishlari, diniy ishlarni
boshqaradilar. Qadimgi Xitoyda sud ishlari yozma qonun va
huquqlarning shakllanishiga olib keldi. Chjou davridagi qonunlar
hukmdor shaxsi va uning hokimiyatini himoya qilishga qaratilgan edi.
Masalan, shohni tahqirlashga qarshi qabul qilingan qonunda shohni
kamsitgan shaxs o‘lim jazosiga mahkum etilishi yozilgan.
Jinoiy
qonunlar majmui, yaxlit jazo tizimi ishlab chiqildi. Unda
o‘lim jazosi, erkaklarni bichish, ayollarni saroyga qamab qo‘yish,
oyog‘ini kesib tashlash kabi og‘ir jazolar joriy etildi. Bu to‘plam
qadimda shoh Mu tomonidan ishlab chiqilib,
3 ming moddadan iborat
bo‘lgan. Oliy sud og‘ir jinoiy ishlarni, quyi sudlar esa kichikroq
ishlarni ko‘rib, hukm chiqargan.
Qadimgi
Xitoyning Veyxe
daryosi havzasida joylashgan
Chjou davlati (miloddan avvalgi
XII - VIII asrlar)
265
Chjou qabilalari qadimgi In shohligi ustidan bir necha bor g‘alaba
qozonib, uning o‘rnida yangi davlatga asos soldilar. Bu davlat qabila
nomidan Chjou deb nom oldi. Chjou qabilalari haqidagi ilk
ma'lumotlar U-din hukmronligi davridagi epigrafik yodgorliklarda
keltiriladi. O‘sha vaqtda Chjou qabilalari
In davlatining siyosiy
ta'sirida bo‘lgan.
Chjou davlatining asosi bo‘lgan qabilalar neolit davridan boshlab,
Shimoliy Xitoyning Shensi viloyati Veyxe daryosi havzalarida
yashaganlar. Yillar o‘tishi bilan Chjou qabilasi Veyxe daryosi
havzasining boshqa qabilalari ustidan hukmronlik o‘rnatadi va yirik
qabilalar ittifoqini tashkil qiladi. Manbalarda Chjou qabilasi In davlati
bilan chegaradosh bo‘lganligi aytiladi.
“Chjou” so‘zi
manbalarda
ko‘p uchraydi. Ko‘zga ko‘ringan oilalar, hatto In davlati hukmdorlari
qizlarini Chjou qabilasi sardorlariga uzatishgan. Chjou qabilalari
Shan-In davlati madaniyatiga ega bo‘lganlar. Jumladan, Chjou
qabilalari inlardan yozuv,
xronologik tizim, me'morchilik hamda ba'zi
diniy jihatlarni o‘rganganlar.
Qadimgi Xitoy adabiyotida saqlangan rivoyatlarga ko‘ra, Chjou
shohi Ven Van
(“Van” - shoh) juda katta harbiy yurishlar qilgan.
Natijada Chjou davlati hududlari kengaygan. Ven Van In shohligini
bosib olish rejasini ishlab chiqqan. Chjou hukmdorlaridan biri:
“Biz
Do'stlaringiz bilan baham: